Agar sizning ham shunday umr chekingiz boʻlganda bir kunda eng koʻp toʻlovni nima uchun qilgan boʻlardingiz, keling bugun hisoblaymiz?! ✨ 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Открыть в Telegram
Deyl Karnegi | Psixologiya
Hayotning 6 etikasi !!! Duo qilishdan oldin, ishon! Gapirishdan oldin, tingla! Sarflashdan oldin ishlab top! Yozishdan oldin o'yla! Tark etishdan oldin harakat qilib ko'r! O'lishdan oldin yasha! Reklama: @Deyl_Karnegi_rek
Подписчики, 30 дней
28 нояб. – 29 нояб.+3 (0%)
Показать таблицей
| Дата | Подписчики |
|---|---|
| 28 нояб. 2026 г. | 9 595 |
| 29 нояб. 2026 г. | 9 598 |
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 10 нояб. 2026 г. | 4 450 |
| 21 нояб. 2026 г. | 2 450 |
Новые посты
#subektiv Insonlar nima uchun boshqa insonlardan koʻra ChatGPT bilan koʻproq suhbat quradi? Chunki : *️⃣ U sizning fikrlash uslubingizga moslashgan tarzda javob qaytaradi. U sizning tipingizga tushishga harakat qiladi. Unda aniq xarakter va his-tuygʻulari yoʻq. Shuning uchun siz unga moslashishingiz tuygʻulariga qarashingiz shart emas. Shu tufayli siz istagan emotsiyangizni unga namoyon qilsangiz boʻladi. *️⃣ChatGPT shunchaki aqlli maslahatgoʻy emas. U aniq qaror yoki maslahat aytmaydi. Balki oxirida qaror qabul qilishni yana oʻzingizda qoldiradi. Shuning uchun inson unga nisbatan "tushunadigan" ni topgandek hisga ega boʻladi va oʻzi bajarayotgan ishni toʻgʻri deb biladi. *️⃣ChatGPTda qat'iy qarshilik yoʻq. Balki u sizga yaxshiroq variantlarni ochib beradi. *️⃣Suhbat yakunida esa sizga har qanday vaziyatda javob berishga tayyor boʻlgan doimiy suhbatdosh modelini ochib beradi va miyangizda fikrlar yigʻilib ketganda ham doimo oshkor qilsa boʻladigan biri bor degan fikr uygʻonadi. *️⃣Uni sizga qanday ohangda javob qaytarishini boshqara olasiz. *️⃣ChatGPT bilan har qanday mavzuda gaplashsa boʻladi. Siz yana qanday sabablarni qoʻshgan boʻlar edingiz, izohlada qoldiring! 💬 @Deyl_Karnegi
Открыть в TelegramKimning maslahatlariga quloq solsa bo’ladi? Agar ular bilan hayotlarni almashishga tayyor bo’lmasangiz, unda ularni eshitmagan ham yaxshi. Baxtsiz odamning maslahatlari sizni baxtsiz qiladi. Semiz odamning maslahatlari sizni semiz qiladi. Sizga kerak narsa ularda bo’lmasa, ularga quloq solish shart emas. Do'stlarga ulashing 👉 @Deyl_Karnegi
Открыть в TelegramAdminkadan yumor bilan! - Ayol kishi sifatida nima deb oʻylaysiz aqlli erkak qanday ayol modelini qidiradi. 🤔 - Aqlli erkak oʻzini sevgan ayolni qidiradi. Chunki oʻzini sevgan ayol oʻziga nima kerakligini, tanasi miyasi nimani istashini bemalol aytadi. Aqlli erkak esa uning ichidagini topish uchun ortiqcha vaqt va energiya sarflab oʻtirmaydi. - Unda oqil erkak-chi? - Oqil erkak qidirib oʻtirmaydi boriga koʻnadi. - Iya nimaga 😃 - Chunki oqil erkak biladi-ki, ayol qaysi tipda boʻlmasin, u qiyshiq qovurgʻa va u baʼzan oʻzini sevgan taqdirda ham, rivojlangan ayol boʻlsa ham oʻzini oʻzi nima xohlashini bilmay qolishi mumkin ‼ Siz-chi, siz nima deb oʻylaysiz❓
Открыть в Telegram📌Oʻz hayotidan mamnunlar koʻproq baxtlidir. Hamisha noliydigan inson esa bir joydan siljiy olmay, qolib ketadi. Siz uchun mif yoki haqiqat?
Открыть в TelegramBir rassom go’zal rasm chizdi. Va uni ko’pchilik yig’iladigan joyga qo’yib, sinab ko’rmoqchi bo’ldi. Rasmni qo’yib, tepasiga yozib qo’ydi: «Kimda-kim bu rasmda ozgina bo’lsada kamchilik ko’rsa, ustiga qizil qalam bilan belgi qo’ysin!». Kechqurun kelib qarasa, rasm qizil bo’yoqqa to’lib ketibdi. U ustozi oldiga borib rasmdan voz kechmoqchiligini aytadi. ⸺Yo’q. ⸺ dedi ustozi unga. ⸺Sen yaxshisi iborani o’zgartir: kim rasmda kamchilik ko’rsa, uni tuzatsin, deb yozib qo’y. Rassom ustozining aytganini bajardi. Buni qarangki, oradan bir necha kun o’tsa ham, rasmga hech kim yaqinlashmadi. ⸺ Ko’rdingmi, ⸺ deb kuldi rassomning ustozi. ⸺ Bu hayotda hamma narsadan xato topadiganlar ko’p, biroq shu xatoni tuzatadigan ⸺ isloh etadiganlar juda kam. Xulosa oʻzingizdan. 📘 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Открыть в TelegramKo‘pchilik manipulyatsiyani insonlarni boshqarish uchun o‘rganish kerak, deb biladi. Bugun esa uning ikkinchi tomoniga nazar tashlaymiz. 🧐 Manipulyatsiyani avvalo kimnidir Boshqarish uchun emas, uning qurboni bo‘lib qolmaslik uchun o‘rganishimiz kerak. Chunki siz manipulyatsiya qanday ishlashini bilmasangiz, qachon sizni boshqarishga urinayotganlarini ham anglamasligingiz mumkin. 📚 Sizga nisbatan eng ko‘p qo‘llaniladigan manipulyativ usullar: ✔️Aybdorlik hissini uyg‘otish — “Agar meni chindan yaxshi ko‘rsang, buni qilarding.” ✔️Gaslighting — odamning o‘z xotirasi yoki fikriga shubha uyg‘otish: “Bunday voqea umuman bo‘lmagan, sen o‘ylab topyapsan.” Bu toʻgʻridan toʻgʻri zoʻravonlik hisoblanadi. ✔️Qo‘rqitish — qo‘rqinchli oqibatlarni aytib, qaror qildirish: “Buni qilmasang, keyin pushaymon bo‘lasan.” ✔️Jimlik bilan jazolash — muammoni gaplashish o‘rniga ataylab sukut saqlab, bosim o‘tkazish. ✔️Shoshiltirish — o‘ylashga imkon bermaslik: “Hozir qaror qil, keyin kech bo‘ladi.” ✔️O‘zini qurbon qilib ko‘rsatish — mas’uliyatni boshqasiga yuklash: “Men sen uchun shuncha narsa qildim, sen esa…” ✔️Taqqoslash — boshqa odamlarni misol qilib, sizni kerakli qarorga undash: “Boshqalar buni allaqachon qilishgan.” ✔️Haddan tashqari maqtov — ishonchni qozonib, keyin undan foydalanish. "Chin koʻngildan aytyapman siz yaxshi insonsiz" deya sizdan foydalanish. ✔️Haqiqatni qisman aytish — faqat o‘ziga foydali qismini aytib, muhim ma’lumotni yashirish. ✔️“Hamma shunday qiladi” usuli — noto‘g‘ri ishni odatiydek ko‘rsatish. ✔️Emotsional bosim — mehr, achinish, rashk, qo‘rquv yoki uyat kabi hislardan foydalanish. ✔️Ultimatum qo‘yish — “Buni qilasan yoki munosabatimiz tugaydi” kabi tanlovni majburlash. 💭 Eng qiziq tomoni: manipulyatsiya har doim qo‘pol ko‘rinmaydi. Ba’zan u mehr, g‘amxo‘rlik, maslahat yoki hatto hazil ko‘rinishida keladi. 📌Har bir aybdorlik hissi, jim qolish yoki qo‘rqish — manipulyatsiya degani emas. Oddiy jarayonlarda farqli jihati ko‘pincha maqsad va harakatlarning takrorlanishida bo‘ladi. ☑ Sizga qiziq bo‘lsa buni biror vaziyat ustida tahlil qilamiz. Xohlasangiz vaziyatni yozib qoldiring birgalikda bu manipulyatsiya yoki oddiy harakat ekanligini aniqlaymiz! 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Открыть в Telegram📌 Baʼzi insonlar sizning mehribonligingizni xarakteringiz deb emas, cheksiz imkoniyatingiz deb qabul qilishadi. Doim tinglaysiz, chunki sabrlisiz. Doim tushunasiz, chunki mehribonsiz. Doim yon berasiz, chunki janjalni yoqtirmaysiz. Ammo bir kun charchab, oʻzingizni tanlay boshlasangiz, birdan oʻzgarib qolgan odamga aylanasiz. Qiziq, shundaymi? Shuning uchun ham atrofdagi insonlarni tanlashda eʼtiborli boʻlish zarur. Chunki doimo noliydigan inson sizni noshukurga, doim agressiv yuradigan inson badjahlga aylantiradi. Inson energiyasi yuqumlidir. Baʼzida oʻzingizni taniy olmay boshlasangiz. Shu joyda toʻxtang, oʻzingizga juda koʻp savollarni berishni bas qilib, atrofingizdagi insonlarni qayta saralang. 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉🏻 @Deyl_Karnegi
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Uma Kimple@umakimpleПсихология9,12 тыс.
ibratli vaqt@ibratlivaqtПсихология8,13 тыс.
1% Bilim@birfoizbilimПсихология14,1 тыс.
ШАХНОЗА || MAATA МАХСУМОВА@shaxnoza_maxsumovaПсихология5,56 тыс.
Сапфирия — Муштарий Юлдашева (Психолог)@psixologПсихология17,5 тыс.
“Келажак инсонлари академияси”- Талиа Халаба@taliaxalaba_kiaПсихология5,25 тыс.
Psixologiya_Online@zebosalidjanovaПсихология5,07 тыс.
Psixologik bilimlar@psixologikbilimlarПсихология5,01 тыс.