⚠️ 13-avgust kuni Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga nisbatan yana bir shafqatsiz munosabat holati qayd etildi.
Tashrif buyuruvchilardan biri sher Aleks va jayralarga tosh ota boshlagan. Jayralar volyeri ochiq bo‘lgani sababli, tashlangan toshlar haqiqatan ham hayvonlarga tekkan.
Eng achinarlisi, katta odamning xatti-harakatini uning farzandi ham darhol takrorlay boshlagan — u ham hayvonlarga tosh ota boshlagan. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchi toshlar hayvonlarga tekkanidan so‘ng, go‘yo bu voqea ko‘ngilochar tomosha bo‘lgandek, o‘z harakatidan mamnun bo‘lib qarsak chalgan.
Hozirda jayralarning holati ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar orqali ushbu shaxsni aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Bunday holatlar haqida bizga xabar beradigan barcha tashrif buyuruvchilardan minnatdormiz. Agar siz hayvonlarga nisbatan shafqatsiz yoki nomaqbul munosabatning guvohi bo‘lsangiz, iltimos, befarq bo‘lmang va darhol hayvonot bog‘i xodimlariga quyidagi telefon raqami orqali xabar bering:
📞 +998 71 289 16 01
Boshqa birov ogohlantiradi yoki qoidabuzarlik haqida xabar beradi, deb kutib o‘tirmang. Bitta qo‘ng‘iroq insonni o‘z vaqtida to‘xtatishga va hayvonlarga zarar yetishining oldini olishga yordam berishi mumkin.
Biz bu haqda yana yozyapmiz, chunki bunday holatlar yana sodir bo‘lmoqda. Va biz bu haqda yozishda davom etamiz. Bizning vazifamiz — hayvonlarni himoya qilish. Har kuni. Kattalarga oddiy xulq-atvor qoidalarini qanchalik ko‘p eslatishimizga to‘g‘ri kelishidan qat’i nazar.
___
⚠️ 13 августа в Ташкентском зоопарке произошел очередной случай жестокого обращения с животными.
Один из посетителей начал бросать камни в льва Алекса и дикобразов. При этом вольер дикобразов является открытым, поэтому камни действительно попадали в животных.
Самое страшное, что пример взрослого человека тут же начал повторять его ребенок — он также стал бросать камни в животных. Более того, после попаданий посетитель аплодировал сам себе, словно происходящее было развлечением.
Сейчас проводится осмотр дикобразов. Также ведется поиск человека по записям камер видеонаблюдения.
Мы благодарны всем посетителям, которые сообщают нам о подобных случаях. Если вы стали свидетелем жестокого или неадекватного поведения по отношению к животным, пожалуйста, не проходите мимо и сразу сообщайте сотрудникам зоопарка по телефону:
📞 +998 71 289 16 01
Не ждите, что кто-то другой сделает замечание или сообщит о нарушении. Один звонок может помочь вовремя остановить человека и предотвратить вред животным.
Мы снова пишем об этом, потому что такие случаи продолжают происходить. И будем писать дальше. Наша задача - защищать животных. Каждый день. Независимо от того, насколько часто нам приходится напоминать взрослым людям о простых правилах поведения.