26 NAFAR TIKUVCHI AYOLNING ISH HAQI TO‘LIQ UNDIRIB BERILDI 🔎 Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida faoliyat yurituvchi “Xo‘jaobod Turon tekstil” MCHJda ishlagan 26 nafar tikuvchi ayolning ish haqi bo‘yicha murojaati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi. ⚖️ Murojaatni o‘rganish jarayonida xodimlarga ish haqi to‘lanmaganligi aniqlanib, mavjud qarzdorlikni bartaraf etish hamda ularning mehnat huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. ✅ Natijada, 26 nafar xodim foydasiga jami 82,1 million so‘m ish haqi to‘liq undirib berilishi ta’minlandi. 👮♂️ Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish haqi bo‘yicha qarzdorliklarni bartaraf etish va mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda. Davlat mehnat inspeksiyasi
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 649 |
| 6 ч | 681 |
| 23 ч | 1 095 |
- Через 6 часов681
- Через 24 часа1 095
- Всего сейчас1 095