BILASIZMI? 3 YOSHGA TO‘LMAGAN FARZANDI BOR XODIMLAR UCHUN ISH VAQTI QISQARTIRILADI !
🖋 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 397-moddasiga muvofiq, 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onadan biriga (vasiyga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanishi shart.
💵 Eng muhimi — ish haqi kamaytirilmaydi!
✅ Ish vaqti qisqartirilgan bo‘lsa ham, xodimning mehnatiga to‘liq ish vaqtida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda haq to‘lanadi.
🏢 Xususiy sektorda-chi?
✅ Budjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilotlarda ham ushbu kafolat jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan ichki hujjatlarda belgilanishi mumkin.
❗️Esda tuting!
⚠️ Bu huquq faqat ayollarga emas, balki 3 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga yoki vasiyiga tegishli.
📖 Huquqiy asos: Mehnat kodeksining 397-moddasi.
👮♂️Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat huquqlaringizni eslatadi: huquqlaringizni biling va ulardan foydalaning!
Davlat mehnat inspeksiyasi