"Senior Code Review" prompti (Nusxalab ishlatish uchun) Kodingizni loyihaga qo'shishdan oldin AI'ga mana bunday tekshirtiring! Shunchaki "shu kodimni tekshirib ber" desangiz, AI sizga "Zo'r yozibsiz!" deb maqtab qo'ya qoladi. Haqiqiy foyda olish va yashirin xatolarni (bug, xavfsizlik, sekin ishlash) topish uchun mana bu tayyor promptni nusxalab, tagidan o'z kodingizni tashlang: "Sen 10 yillik tajribaga ega qattiqqo'l Senior dasturchisan. Quyidagi kodimni xuddi katta loyihaga (Production) chiqayotgandek tekshirib ber. Menga maqtov kerak emas, faqat quyidagi 4 ta nuqta bo'yicha aniq kamchiliklarni top: 1. Xavfsizlik bo'shliqlari (Security) 2. Tezlik va xotira muammolari (Performance) 3. Kutilmagan xatolar (Edge cases) 4. Kodni qisqartirish va tozalash (Clean code) Har bir xatoning yoniga to'g'rilangan kod variantini ham yozib ber." O'zingizning birorta eski yoki hozirgi kodingizni shu prompt bilan tekshirib ko'ring. Nechta xato topdi? Izohlarda natijasi bilan bo'lishing 👇 #ai #prompt #codereview #amaliyot #dasturlash 👉 @dasturlash_hayoti
Открыть в Telegram
Dasturlash hayoti️️ ️
✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉 t.me/techno_ads/243
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 2 нояб. 2026 г. | 2 120 |
| 4 нояб. 2026 г. | 2 190 |
| 9 нояб. 2026 г. | 2 010 |
| 10 нояб. 2026 г. | 2 010 |
| 12 нояб. 2026 г. | 1 930 |
| 15 нояб. 2026 г. | 1 060 |
| 16 нояб. 2026 г. | 1 985 |
| 20 нояб. 2026 г. | 1 780 |
| 23 нояб. 2026 г. | 1 310 |
| 24 нояб. 2026 г. | 1 070 |
| 25 нояб. 2026 г. | 980 |
| 26 нояб. 2026 г. | 943 |
| 27 нояб. 2026 г. | 675 |
| 28 нояб. 2026 г. | 394 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры2,34 тыс.Пересылки—Реакции36Комментарии—
- 02Просмотры2,29 тыс.Пересылки—Реакции12Комментарии—
- 03Просмотры2,13 тыс.Пересылки—Реакции22Комментарии—
- 04Просмотры2,1 тыс.Пересылки—Реакции19Комментарии—
Новые посты
Oldingi JavaScript savolining javobi: Nega 1, 2, 3 emas, balki 4, 4, 4 chiqdi? 🤯 Ko'pchilik 1, 2, 3 chiqadi deb o'yladi, lekin konsolga 3 marta 4 chiqadi. Keling, buni hech qanaqa qiyin terminlarsiz, jaydari tilda tushuntiraman: Tasavvur qiling, var i — bu bitta umumiy doska. 1. for sikli juda tez ishlaydi. U setTimeout'ga "1 soniyadan keyin doskadagi raqamni aytib ber" deb 3 marta topshiriq beradi. 2. setTimeout 1 soniya kutib turgan paytda, for sikli allaqachon yugurib aylanib bo'ladi: doskaga 1 yozadi, o'chirib 2 yozadi, o'chirib 3 yozadi va oxiri 4 yozib to'xtaydi (chunki 4 <= 3 sharti buziladi). 3. Mana endi 1 soniya o'tdi! Uchala setTimeout uyg'onib, o'sha bitta umumiy doskaga qaraydi — u yerda esa allaqachon 4 turibdi! Shuning uchun hammasi 4, 4, 4 deb chiqaradi. Yechimi esa bitta so'z: var o'rniga let yozish. for (let i = 1; i <= 3; i++) { setTimeout(() => { console.log(i); }, 1000); } let nima qiladi? let umumiy doska ishlatmaydi — u har bir aylanishda alohida qog'ozchaga (1, 2, 3) yozib, har bir setTimeout'ning qo'liga berib ketadi. 1 soniyadan keyin har biri o'zining qog'ozchasiga qarab, to'g'ri 1, 2, 3 deb chiqaradi! Endi tushunarli bo'ldimi? 😉 Reaksiya qoldiring: 🔥 — Juda zo'r tushuntirildi, endi umuman esimdan chiqmaydi! 😎 — Men shundoq ham to'g'ri topgandim! #javascript #javob #intervyu #amaliyot #dasturlash 👉 @dasturlash_hayoti
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 11 ч | 362 |
| 30 ч | 683 |
- Через 24 часа683
- Всего сейчас683
"Xatoni toping" (Amaliy kod tahlili — Interaktiv) Bu JavaScript kodi nega kutilganidek ishlamaydi? Ko'pchilik dasturchilar intervyuda yoki real loyihada aynan shu joyda "tuzoqqa" tushib qoladi. Kodga diqqat bilan qarang va konsolga nima chiqishini toping: for (var i = 1; i <= 3; i++) { setTimeout(() => { console.log(i); }, 1000); } Ko'pchilik 1, 2, 3 chiqadi deb o'ylaydi. Lekin hozir brauzer konsolini (F12) ochib shu kodni tashlasangiz, umuman boshqa natija ko'rasiz! Vazifa: 1. Konsolga aniq nima chiqadi? 2. Buni to'g'ri ishlashi (1, 2, 3 chiqishi) uchun kodda faqat bitta so'zni qanday o'zgartirish kerak? To'g'ri javobni bilganlar izohlarda yozing (boshqalarga "spoyler" bo'lmasligi uchun Telegram'ning yashirin matn — Spoiler funksiyasidan foydalaning 😉). #challenge #javascript #intervyu #amaliyot #dasturlash 👉 @dasturlash_hayoti
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 16 ч | 594 |
| 27 ч | 672 |
- Через 24 часа672
- Всего сейчас672
🤖 AI Journey 2026: sun’iy intellekt bo‘yicha 300 dan ortiq yetakchi mutaxassis 26–28-noyabr kunlari Moskvada Rossiya va boshqa mamlakatlardan olimlar, dasturchilar hamda texnologiya kompaniyalari vakillari yig‘iladi. 📅 26-noyabr — Jamiyat. Sun’iy intellekt agentlari dunyosida insonning o‘rni qanday? Xitoylik fantast yozuvchi, «AI 2041» kitobi hammuallifi Chen Qiufan shu savol haqida so‘z yuritadi. Dasturda tibbiyot, sport va transportda sun’iy intellektdan foydalanish ham muhokama qilinadi. 💼 27-noyabr — Biznes. Mavzu — iqtisodiyotda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish. Ma’ruzachilar orasida ByteDance bosh eksperti Li Tan va 16 yoshli hindistonlik tadbirkor Raul Aju bor. 🔬 28-noyabr — Fan. Natasa Przulj (MBZUAI), Valeriy Babushkin (BP) va Ivan Oseledets (AIRI) ishtirokida ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt, yangi avlod modellari va avtonom agentlar muhokama qilinadi. ▶️ Dastur bilan tanishing va konferensiyani jonli efirda tomosha qiling.
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 16 ч | 598 |
| 28 ч | 669 |
- Через 24 часа669
- Всего сейчас669
AI soniyada 500 qator kod yozib beryapti. Xo'sh, unda dasturchiga nega katta maosh to'lashyapti? Hozir istalgan odam Cursor yoki Claude orqali 10 daqiqada sayt ko'tarib qo'yishi mumkin. Shuning uchun "kod yozish"ning o'zi endi noyob qobiliyat emas. Bugungi bozorda kompaniyalar kod yozadiganlarga emas, AI yozgan kodni tekshira oladigan va unga javobgarlik oladigan muhandislarga pul to'layapti. AI bilan ishlashda ko'pchilik tushib qolayotgan 3 ta tuzoq: ⭕️ Tushunmasdan nusxalash: Loyiha kichikligida hammasi zo'r ishlaydi. Lekin 2 haftadan keyin kichik bir o'zgarish qilsangiz, butun tizim qulaydi va AI ham o'zining chalkash kodini tuzata olmay qoladi. ⭕️ Yashirin xatolar (Edge cases): AI odatda "ideal sharoit" uchun kod yozadi. Real foydalanuvchi noto'g'ri ma'lumot kiritsa yoki internet uzilib qolsa, tizim qanday reaksiya berishini faqat tajribali dasturchi o'ylab topadi. ⭕️ Arxitektura va tezlik: AI sizga ishlaydigan funksiya beradi, lekin saytga bir vaqtda 10 000 kishi kirganda ma'lumotlar bazasi "yonib ketmasligi"ni u kafolatlamaydi. Kod yozishni AI'ga topshiring, lekin tizimni tushunish, xatolarni oldindan ko'rish va arxitekturani o'zingizda olib qoling. #ai #dasturlash #arxitektura #karyera #senior 👉 @dasturlash_hayoti
Открыть в TelegramHTML va CSS'ni chala-yarim o'rganib yoki umuman o'rganmasdan, birdaniga eng yuqoridagi Claude va Sun'iy intellekt yordamida Full-stack dasturchi bo'lib ketmoqchi bo'lganlar! Bunaqa katta "sakrash"ning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi, poydevorni mustahkam qilish shart. Sizningcha, zinapoyalarni rasmda ko'rsatilgandek sakrab o'tish to'g'rimi yoki har bir bosqichni tartib bilan o'rganish kerakmi? 👇 Reaksiya qoldiring: 🔥 — Tartib bilan o'rganish kerak, poydevor bo'lmasa qulash aniq! 😎 — Yo'g'e, hozir AI zamoni, birdaniga sakrasa ham bo'laveradi! #dasturlash #hayotiy #fullstack #html #css #js #ai 👉 @dasturlash_hayoti
Открыть в TelegramРоссияда яшаб, ишлаб, ўз юртидаги оиласига мунтазам пул юборадиганлар учун нафақат пул ўтказмаси, балки тушунарли ва ишончли хизмат ҳам муҳим. «Мир Привилегий» банки Ўзбекистонга пул юбориш ҳақиқатан ҳам қулай ва фойдали бўлиши учун барча имкониятларни яратди: ✅ Барчаси битта иловада — банк филиалларига бориш ва навбат кутиш шарт эмас ✅ Бир дақиқада рўйхатдан ўтиш — телефон рақами орқали ✅ Россиянинг исталган банки картасидан пул ўтказинг ✅ Комиссиясиз — кутилмаган пул ечимлари йўқ ✅ Она тилингиздаги интерфейс — иловадан осон фойдаланиш учун ✅ Промокод билан янада фойдали — MIRU26 «Мир Привилегий» иловасини юклаб олинг
Открыть в TelegramData Science va Sun’iy Intellekt (AI) o‘rganayotganlar uchun barcha kerakli kodlar bitta postda! 👉 https://www.instagram.com/p/DgIhNWTDBgS/?bqrl=NG9obWtsdjU1eTky
Открыть в TelegramDasturchining hayoti 4 ta suratda: reja boshqa, reallik boshqa, deadline esa umuman boshqa olam 😂☕️ Kofe ichib, xato qidirib o‘tirgan dasturchi tanishingizga yuborib qo‘ying! #dasturlash #ithumor #deadline 👉 @dasturlash_hayoti
Открыть в TelegramMijoz: "Shu kichkina funksiyani qo'shishga qancha vaqt ketadi?" Dasturchilarning eng qiynaladigan joyi — kod yozish emas, balki "qachon bitadi?" degan savolga javob berish. Mijoz savol berganda miyangizda o'tadigan jarayon: 🧠 "Aslida bu 2 soatlik ish. Lekin... ...eski kodlar bunga mos kelmasligi mumkin (+1 soat) ...server injiqlik qilib qolishi mumkin (+1 soat) ...mijoz oxirida yana nimadir qo'shishni xohlab qoladi (+2 soat) ...umuman olganda men bugun charchaganman (+5 soat)" Dasturchining ovoz chiqarib bergan javobi: "Bu ancha murakkab jarayon ekan, kamida 2 kun ketadi!" 😂 Bu dangasalik emas, bu "Buffer time" (xavfsizlik yostig'i). Tajribali dasturchilar hech qachon o'ylagan vaqtini aniq aytishmaydi, chunki IT olamida "kutilmagan xato" (bug) degan qoida bor. Siz odatda aytgan vaqtingizga ulgurasizmi yoki muddat (deadline) cho'zilib ketadimi? 👇 #hazil #frilans #mijoz #hayotiy #dasturlash 👉 @dasturlash_hayoti
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Kiberxavfsizlik markazi@cyber_csec_uzТехнологии10,4 тыс.
Tilmoch@tahrirchi_uzТехнологии12,3 тыс.
Jakhongir Rakhmonov - IT@jakhonrakhmonovТехнологии9,4 тыс.
IT | Ishkal@it_ishkalТехнологии12,7 тыс.
Javohir Berdiyev | IT@javohir_webdevТехнологии8,99 тыс.
Turon Telecom@turontelecomchannelТехнологии8,77 тыс.
Sherzod Shermatov@shshermatovТехнологии8,62 тыс.
IT specialist@itspecuzТехнологии8,55 тыс.