Посты канала Yoʻldoshev | Kontentblog
Boshiga qozon kiyib olgan odamlar)) Uzum' Aviasalesdan kimnidir yollagan shekilli) Toshkentda boshiga tovar kiyib olgan odamlarni yuribdi (videoda qozon kiyib olgan) Xayolimga birdan Uzum keldi) Aytgancha, Uzum Market 1000 so'mlik tovarlar aksiyasini uzaytiribdi Marketing tomondan yaxshi ish. Billbord yonidan odam qaramasdan o'tib ketadi. "Tovar boshli" odamni ko'rganda esa to'xtaydi, suratga oladi, do'stlariga tashlaydi. Brend shunchaki aktyorga pul to'laydi, tarqatishni esa odamlar tekinga qilib beradi)) Shartlari ham yengillashibdi. Endi 175 000 so'mdan buyurtma berib, Uzum karta bilan to'lasangiz bo'ldi *ko'chada shunaqasini uchratsangiz, suratini izohga tashlang) @copirayt
Открыть в TelegramBugun tushlik uchun 45000 so'm ishlatdim... Moliyaviy nazoratni doimiy qilib borish uchun ayni shu noqulaylik halaqit beradi. Ilovani ochish, chiqimlar bo'limiga summani qo'shish, izoh yozish, kerakli tegni tanlash... KarmonAI'da osonroq. Telegram botini ochaman, 3-5 soniyalik ovozli xabar yuboraman, operatsiya avtomatik qo'shiladi Bot: @karmon_ai_bot Moliyani boshqarish haqida kitoblar o'qishni to'xtatib, moliyamni boshqarishni boshlaganimga 1 oy bo'lyapti)))
Открыть в TelegramAI bilan birga yangi atama paydo bo'ldi: MEAT PROXY Proxy — bu internet va sizning orangizdagi o'tkazgich, vosita Meat Proxy nima?) 1. Boshliq AI'ga "Marketing menejer uchun vazifa o'ylab top" deydi va uni marketologga yuboradi 2. Marketolog o'zi AI'siga "Vazifani bajar" deb prompt beradi va natijani boshliqqa yuboradi 3. Boshliq natijani AI'ga joylab, "Tekshir" deydi va ijobiy javob oladi Shunday qilib 2 ta inson 2 ta AI orasida shunchaki vositaga (meat proxy – goʻshtli oʻtkazgich) aylanib qoladi *meat proxy bo'lib qolmanglar))) @copirayt
Открыть в TelegramUzum Market bozorda Toshkent bozorlarida Uzum Market chodirlari paydo bo‘libdi. Ichkarida g‘ildirakni aylantirib, tovar yoki sovg‘a yutib olishingiz mumkin ekan. Omadni sinab ko‘rish kerak)) Chodirni koʻrmadingizmi? Xafa bo‘lmang. Uzum Market’da «Yilning katta aksiyasi» hali davom etyapti. Maxsus to‘plamdagi tovarlarni esa Uzum karta bilan atigi 1000 so‘mga olsa bo‘ladi. Oxirgi yillardagi eng yaxshi 11.11 boʻlyapti Kuzatib borish kerak @copirayt
Открыть в TelegramBOZOR KELDI, BOZOR! 📣 Bolaligimizda shu ovozni eshitsak, ayam "Yugur, to‘xtat, [nimadir] olamiz" der edi. Yugurib ko‘chaga chiqsak, faqat biz emas, qo‘shnilarni bolalari ham ko‘chada bo‘lar edi Uzum Market o‘sha hissiyotlarni qaytarishga qaror qilgan shekilli, Toshkent bo‘ylab tovarlar va musiqa bilan Damas yuribdi Agar bozor hali sizning mahallangizga kelmagan bo‘lsa, o‘zingiz unga yo‘l oling. Uzum Market’da 11.11 yilning katta aksiyasi bo‘lyapti! (eng so‘zini ishlatib bo‘lmaydi)) Yaxshigina chegirmalar va Uzum karta bilan xarid qilganda 1 000 so‘mlik tovarlarni ham topishingiz mumkin *shunaqa narsalarni ko‘rganimda "Har bir yangilik bu unutilgan eskilik" degan gap esimga kelaveradi @copirayt
Открыть в TelegramTilmochni 3 yildan beri ishlataman Har bitta lokalizatsiya loyihasi, yarim kechagacha cho‘zilgan dedlaynlar, mijozlarning «shuni tezda tarjima qilib bering» degan iltimoslari bor-ku, hammasi shundan o‘tgan. Endi Tilmoch Claude’ning ichida U oynadan bu oynaga o‘tishga hojat qolmadi. TZni yozsam bo‘ldi. Claude xomaki matnni chiqarib beradi, Tilmoch esa uni tabiiy o‘zbekchaga o‘giradi. Hammasi bitta chatning o‘zida bitadi. Kuni bo‘yi rus, o‘zbek va ingliz tillarida ishlaydigan odamga bu kichkinagina, lekin ancha vaqtni tejaydigan yangilik. O‘zbekcha matnlar bilan ishlasangiz, albatta ishlatib ko‘ring. Claude’ning «Connectors» bo‘limiga Tilmochni ulang-da, so‘rov bering. @copirayt
Открыть в TelegramMetroda yuradiganlarga: Apple Pay yoki Google Pay oʻrnatib oling. Shunda bilet sotib olish, kartaga pul tashlash, kartani choʻntaklardan izlash kabi mikrotashvishlardan qutulasiz
Открыть в TelegramNegadir Magic City’da hamma raqsga tushyapti) Ko‘chaning o‘rtasida ommaviy fleshmob o‘tkazilyapti. Ko‘pchilik to‘xtab, videoga olyapti. Ko‘raylik-chi, voqealar rivoji qanday davom etadi *so‘nggi paytlarda shu kabi nostandart kampaniyalar ko‘paymoqda va soha ancha rivojlanayotganidan darak @copirayt
Открыть в TelegramJunior kopirayterlar va kontent meykerlarga Faoliyatim davomida yuzlab kishilarning matnlarini o’qiganman. Xatolar deyarli hammada bir xil. Shu yillar davomida o’zim uchun 5 ta qoidaga amal qilishni boshladim, sizga ham foydasi tegadi)) 2 daqiqa qoidasi. Biror ishni qilmoqchi bo’lsangiz, 2 daqiqa ichida boshlang. Post yozish, mijozga javob berish, brifni ochish... “Keyinroq qilaman” degan ish keyin ham qilinmaydi. Boshida bitta postni 3 kun “o’ylab” yurganman. Aslida yozishga 15 daqiqa ketgan)) G’oyani yozib qo’ying. Zo’r g’oya doim noqulay paytda keladi. Metroda, ovqatlanayotganda, uxlash oldidan. “Esimda qoladi” deysiz, qolmaydi. Bunaqa holatlar o’zimda ham juda ko'p bo'lgan, 1-2 soatdan keyin esa faqat “nimadir zo’r edi” degan tuyg’u qoladi xolos. O’shandan beri hammasini Telegramda yopiq kanalga tashlayman. Hozir u yerda 2 mingdan ortiq yozuv bor, ko’pi keyinchalik ishda kerak bo’ldi. Birinchi variant bu qoralama. Yozgan matningizni darhol yubormang. Bir soat qo’yib turing, keyin qayta o’qing. Yarmini o’chirasiz, qolgani ancha yaxshi bo’ladi. Ovoz chiqarib o’qing, qayerda qoqilsangiz o’sha joyni qayta yozing. Tushunmasangiz, so’rang. Juniorlar savol bersam tajribasiz ko’rinaman deb o’ylashadi. Aslida brifni tushunmasdan yozilgan matn yomonroq ko’rinadi)) Men ham birinchi matnimni 3-4 marta qayta yozganman, chunki bitta savol berishdan uyalganman. Tahrirdan xafa bo’lmang. Muharrir matningizni tuzatyapti, sizni emas. Har bir izoh bu bepul dars. Muharrir bo’lganimda ko’rdim, izohga “lekin men boshqacha demoqchi edim” deb javob beradiganlar bir joyda qolib ketadi. “Tushundim, tuzataman” deydiganlar bir yilda o’sib ketadi. Kopirayting iste’dod emas, odat. Har kuni yozing, hatto hech kim o’qimasa ham. *sizda qanday qoidalar bor? @copirayt
Открыть в TelegramTalabalarga Talabalik katta hayot oldidan beriladigan oxirgi imkon)) Bu davr tugagach, hamma sizdan muvaffaqiyat kutadi. Kimdir magistraturaga kirib bu davrni yana 2 yilga cho'zadi... Kanalimni kuzatib boradigan talabalar uchun bir nechta tavsiyalar bermoqchiman 1. Noutbuk. Kuzataman, metrodagi ko'plab talabalarda iPhone 14-17... Bilaman, ko'pi bo'lib to'lashga olgan. Aynan shu eng katta xato, agar mobilograf bo'lmasangiz. Talaba vaqtingizda siz universitetni bitirgach, nima ish qilishingizni o'ylashingiz kerak, bu uchun telefondan ko'ra noutbuk ko'proq kerak. Men ilk ishga kirgan davrlarimda o'zimni noutbukim bo'lmagan. Ishxonada ham bo'lmagan va ishsiz qolganman)) 2. Bepul amaliyot. O'zingiz qiziqqan sohangizda istalgan joyga borib, 3-4 oy shunchaki choy puliga ishlang (agar ishlamayotgan bo'lsangiz). Nega? Ish o'rganasiz. Nega faqat choy puliga? Axir universitet o'zingiz aytgandek "hech narsa o'rgatmasa" ham lekin yiliga 10-15 mln to'laysiz-ku. Nega kimdir sizga real ishni o'rgatganiga pul to'lamasligingiz kerak?) Pul to'lamang, lekin falon so'm oylik deb ham olmang 3. YouTube. Bu juda kerakli, foydali platforma. Unda artistlaru, qiziqchilardan, masxarabozlardan tashqari millionlab foydali kontentlar bor. Misol: jiyanim YouTube orqali videomontajni o'rganib, hozir oyiga 500-600$ topadi. O'zini kontraktini o'zi to'layapti (37 mln so'mni) Biror narsani maqsad qiling va shu bo'yicha uzun videolar ko'ring 4. Universitet darslari. Ko'pchilik aytadi: bizda Yevropadagidek o'qitmaydi, ta'lim sifati past. Bizda Yvropadagidek ish ham yo'q, sizga juda katta talab ham qo'yilmaydi. Universitetda mutaxassislik fanlarini 50% o'zlashtirsangiz ham ancha bilim olasiz. Yuqorida aytganimdek, tushunmagan narsangizni YouTube'dan ko'ring, bu uchun esa noutbuk kerak)) 5. Til. Rus yoki ingliz tilini o'rganing. Chunki deyarli hamma joyda til talabi bor. Bu uchun hamma kontentni o'sha tilda ko'rish kifoya. Masalan, men rus tilini shunday o'rganganman, faqat rus tilida "yashaganman". Telefon sozlamalaridan boshlab, instagramgacha faqat ruscha kontent edi. 6. O'rganishni o'rganing. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik ayb. Hozir o'zbek tilida ham yetarlicha ma'lumotlar bor, istagan narsani o'rgansa bo'ladi Bu sobiq talabaning hozirgi talabalarga maslahatlari edi Asosiy maslahat: Har haftada bir marta 20-30 daqiqa yolg'iz qoling. Telefonsiz, tanishlarsiz. Shunchaki o'ylang: nima qildim, nima qilyapman, nima qilishim kerak? Shu 3 ta savolga javob izlang Shundagina vijdonda nafsga qarshi kurashish uchun imkon bo'ladi *talabalarga yuborib qo'ying) @copirayt
Открыть в TelegramKarmon AI boʻyicha Mana, anchadan beri ishlatyapman ilovani. Xulosalarim bilan boʻlishmoqchiman 1. Kirimlar nazorati. Ba’zida frilans ishlar oilb turganim uchun doimiydan tashqari kirimlar ham boʻlib turar edi. Oy oxirida shu pul qayerdan kelganini bilmay qolar edim)) Buni bilish nega kerak? Mijozlar bilan doimiy aloqani ushlab turish uchun 2. Chiqimlar nazorati. Ba’zida pul qayerga ketganini bilmay qolardim) Masalan, 500 ming pulim bor edi. 450 ming qayerga ketganini bilaman, qolgan 50 mingni bilmas edim. Endi hamma kirim-chiqimlarimni bilaman 3. Odatlar. Ba’zida nafs qurgʻur bir narsalarni istab qoladi. Oʻsha istaklarga ham oyiga yaxshigina summa ketar ekan)) Odatlarni oʻzgartirdim 4. Jamgʻarma. Moliyaviy nazorat boʻlganidan keyin jamgʻarma ham oʻz-oʻzidan yaxshilanib borar ekan *summalarni ba’zi sabablarga koʻra, ochiqlay olmayman Siz ham Karmon AI ilovasini minimum 2 hafta test qilib koʻring. Natijalarni ulashing @copirayt
Открыть в TelegramOʻzi kompaniyalar 2 ta instagram akkaunt yuritgani ma’qul: bitta public, bitta private Ayrim kontentlarni avval private akkauntda e’lon qilishi kerak Ertasi kuni ertalab turib, sovuq aql bilan oʻsha kontentni koʻrsin. Oʻzlariga ma’qul boʻlsa, public chiqarishsin Ayni shunda videolarni oʻchirib yuborish, talvasa ichida kontent e’lon qilish, keyin botqoqqa yanada botish boʻlmaydi…
Открыть в TelegramMetroda TIM kolbasa reklamasidagi pekshot (soʻnggi kadr). Toʻyimli, imtiyozli, mazali Toʻyimli — odatdagidan koʻra koʻproq toʻyganlik hissini beradi, demoqchi *menimcha Mazali — boshqa kolbasa mahsulotlari bilan solishtirilsa, mazaliroq. Aslida maza individual tushuncha Imtiyozli — … Bu kolbasani yeganlarga davlat universitetlarida alohida imtiyozli kvotalar bormi? Yoki metto avtobusda 70% imtiyozli keshbek?) Soʻzlarni oʻz oʻrnida qoʻllaylik, azizlar) @copirayt
Открыть в TelegramJuda koʻp ishlarni insonlar oʻzi boʻrttirib koʻrsatadi Masalan, “Bir oy yugurdim” yoki “Juda koʻp hujjat toʻpladim”… Aslida shu kabi ishlarning aksariyati juda oson hal boʻladi. Shunchaki ayrimlar oʻzining ishbilarmon emasligini berkitish uchun muammo koʻlamini koʻpaytirib koʻrsatadi Klassik reklamalarda esa aynan shu boʻrttirishlardan foydalaniladi Yana bir misol: hamma qarindoshlar soʻraydi, biznikida keladi Yoki kimdir bormi bir oy ichida hamma qarindosh (amaki-togʻa, amma-xola) larini koʻrgan, uchratgan?) @copirayt
Открыть в TelegramKim koʻrdi? Chorsu va Oloy bozorida stikerlar yopishtirilgan doskalar paydo bo‘lib qolibdi. Stikerlarning tagida kiyim-kechak, uy texnikasi va hatto zargarlik buyumlari uchun promokodlar yashiringan ekan Hamma stikerlar olinsa, qandaydir yozuv ochilarkan. Qiziq, nima yozilgan ekan? Kimdir aytib yuborsin @copirayt
Открыть в TelegramShunday qilib bu yil ancha yaxshi keldi: 2 ta festival — 5 ta medal SEED tarkibida Uklon Uzbekistan uchun Brandalism kampaniyasini ishlab chiqdik. Oktyabr oyida loyiha ikkita festivalda qatnashdi va ikkalasida ham medallar oldik. Jolbors Awards Central Asia 🥇 Low Budget Campaign 🥈 Use of Media TAF!26 🥈 Budget Breakthrough Campaign Effectiveness 🥈 PR Campaign Effectiveness 🥉 Creative Use of Single Media Yaxshi va nostandart g‘oyaga byudjetning kichkinaligi ta'sir qila olmadi) SEED va Uklon jamoalariga rahmat 🙌 *qatnashgan ishlarimni ko'rsatib turmasam, odamlar "Nurbek ishlamayapti" deb o'ylashyapti ekan)) Ishga havola @copirayt
Открыть в Telegram21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami Bu kunni bayram sifatida nishonlashimiz tilimiz rivojiga salmoqli hissa qoʻsha olmaydi Tilimiz rivojiga hissa qoʻshish uchun avvalo uni oʻzimiz hurmat qilishimiz kerak. Uning rivoji uchun har kuni, hamma joyda harakat qilishimiz kerak. Uyda, ishda, koʻchada… Bir kunlik katta bayramdan koʻra, har kunlik kichik harakatlar uni tirik qolishiga hissa qoʻshadi Oʻzbek tili rivojiga hissa qoʻshib kelayotgan tilmoch.ai jamoasiga ham rahmat *sovgʻa uchun alohida rahmat @copirayt
Открыть в Telegram