AI-чатbetaКабинет

Посты канала MM "MUFEED MOLIYA"

сначала новые

#2368Текст
Просмотры907−66%к среднему
Пересылки—
Реакции24
Комментарии—
#2367Текст
Просмотры927−65%к среднему
Пересылки—
Реакции24
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
2 ч792
4 ч875
7 ч927
  1. Через 6 часов927
  2. Всего сейчас927
#2366Фото
Просмотры1 140−58%к среднему
Пересылки—
Реакции66
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
1 ч532
7 ч851
26 ч1 140
  1. Через 1 час532
  2. Через 6 часов851
  3. Через 24 часа1 140
  4. Всего сейчас1 140
#2365Текст

Olim, pul va mas’uliyat chegaralari Musulmon jamiyatlarida bir holat bor, menimcha, bu haqda xotirjam va ochiq gapirish kerak. Biz imom, ulamolarni odatda dunyoviy manfaatlardan xoli inson sifatida tasavvur qilamiz. Lekin real hayotda u ham moddiy ehtiyojlar ichida yashaydi: maosh, ehsonlar, ba’zan esa muayyan tashkilot yoki odamlarning qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq bo‘ladi. Va shu yerda ikki xil xavf paydo bo‘ladi. Birinchisi - olimning moliyaviy qaramligi. Agar ilm ahli kichik maosh, tartibsiz ehsonlar yoki ayrim diniy xizmatlardan tushadigan tasodifiy daromadga tayanib yashasa, bu uning erkinligi, xotirjamligi va o‘z vazifasini to‘liq bajarishiga ta’sir qilishi mumkin. Gap har bir olim tadbirkor bo‘lishi kerak ekanligi haqida emas. Lekin barqaror, halol daromad va ma’lum darajadagi moliyaviy mustaqillik juda muhim narsani beradi: daromad manbasini yo‘qotishni qo‘rqmasdan yashashi. Ikkinchi xavf - bizneslar olimning obro‘sidan marketing vositasi sifatida foydalanishi. Olim bir mahsulot yoki tuzilmaning islom moliyasi qoidalariga muvofiqligi haqida baho berishi mumkin. Lekin keyinchalik uning nomi amalda butunlay boshqa ma’noda ishlatila boshlaydi: “Bu yaxshi investitsiya.” “Bunga bemalol pul qo‘ysa bo‘ladi.” “Bu ishonchli loyiha.” Lekin bu allaqachon boshqa savol. Olim o‘z vakolati doirasida tuzilmaning joizligi haqida gapirishi mumkin. Investitsion jozibadorlik esa boshqa tahlilni talab qiladi: biznes modeli, moliyaviy holat, risklar, likvidlik, boshqaruv, aktivlar sifati, nazorat va boshqa ko‘plab omillar. Agar olimning obro‘si u o‘zi chuqur tahlil qilmagan xavfli loyihani targ‘ib qilish uchun ishlatilsa, oqibatlar faqat shaxsiy emas, ijtimoiy ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mahsulotni “halol” yoki islom moliyasi qoidalariga muvofiq deb baholashning o‘zi ham ideal holatda jiddiy shariat tekshiruvi, real operatsiyalarni tekshirish va nazorat tizimini baholash natijasi bo‘lishi kerak. Bu alohida professional yo‘nalish va bizda bu borada hali yetuk tajriba juda kam. Shuning uchun men uchun to‘g‘ri balans shunday: olim moliyaviy jihatdan yetarlicha mustaqil bo‘lishi kerakki, o‘zi baho berayotgan tomonlarga qaram bo‘lib qolmasin. Va professional jihatdan shunchalik ehtiyotkor bo‘lishi kerakki, o‘zi haqiqatan tekshirgan va bilgan narsasi doirasidan chiqib ketmasin. Eng muhimi esa investorlarning o‘zi uchun: halollik/muvofiqlik bahosini hech qachon investitsion tavsiya bilan aralashtirmang. Agar olim “bu tuzilma joiz” desa, bu “unga investitsiya qilish foydali” degani emas. Hatto olimning o‘zi loyiha haqida ijobiy gapirsa yoki unga e’tibor qaratishni tavsiya qilsa ham, bu sizni o‘z mas’uliyatingizdan ozod qilmaydi. Faqat loyiha yonida obro‘li diniy ism turgani uchun pul kiritish mumkin emas. Bu allaqachon sizning shaxsiy moliyaviy savodxonligingiz, risklarni tushunishingiz va pulni nimaga qo‘yayotganingizni anglay olishingiz masalasi. Halollik va muvofiqlik bir savolga javob beradi. Investitsion qaror esa butunlay boshqa savolga. @chiroylimoliya

Открыть в Telegram
Просмотры2 490−7%к среднему
Пересылки—
Реакции80
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
2 ч997
5 ч1 650
26 ч2 490
  1. Через 1 час997
  2. Через 6 часов1 650
  3. Через 24 часа2 490
  4. Всего сейчас2 490
#2364Текст

Assalomu alaykum, Ba’zan buyumlar bizga faqat komfort yoki zavq bermaydi. Ular og'ir psixologik yuk ham yaratadi. Ayniqsa, biror narsani o‘zimizga haqiqatan kerak bo‘lgani uchun emas, balki boshqalarga mos ko‘rinish, kam bo‘lib qolmaslik, taassurot qoldirish yoki muvaffaqiyatliroq ko‘rinish uchun olganimizda. Keyin esa bog‘liqlik boshlanadi. - Darajani ushlab turish kerak. - Boshqalarda nima borligini kuzatish kerak. - Yangilash kerak. - Taqqoslash kerak. - Sun'iy ravishda qurilgan tasavvurdan chiqib ketmaslik kerak. Shunda oddiy buyum ham boshimizda joy egallay boshlaydi. Men barcha narsaga faqat utilitar (foyda) nuqtai nazaridan qarash kerak demayapman. Chiroyli uy, yaxshi mashina, sifatli kiyim, yoki ma’lum bir status belgisi hayotning tabiiy qismi bo‘lishi mumkin. Masala boshqa joyda: bu sizning haqiqiy hayotingiz va qadriyatlaringizning bir qismimi yoki boshqalarga nimanidir isbotlash vositasimi? Ijtimoiy muhitga mos bo‘lish boshqa narsa. Doim boshqalardan kuchliroq, boyroq yoki muvaffaqiyatliroq ko‘rinishga ehtiyoj sezish esa boshqa narsa. Va inson tashqi tasdiqqa qanchalik bog‘liq bo‘lsa, shunchalik ko‘p narsani nafaqat saqlashi, balki ruhiy jihatdan ham ularga “xizmat ko‘rsatishi” kerak bo‘ladi. Ba’zan atrofga qarab bitta savolni berish foydali: Menda bor narsalarning qanchasi hayotimni haqiqatan yaxshilaydi, qanchasi esa shunchaki men yaratgan obrazni ushlab turish uchun kerak? Sizda ham shunday “ruhiy yuk” beradigan buyumlar bormi? @chiroylimoliya www.mufeed.uz (islom moliyasi va banking bo‘yicha amaliy ta’lim va kurslar) @islamic_finance_plus (rus tilida)

Открыть в Telegram
Просмотры2 340−13%к среднему
Пересылки—
Реакции41
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
24 ч2 190
27 ч2 340
  1. Через 24 часа2 190
  2. Всего сейчас2 340
#2363Превью ссылки

Noqulay haqiqat baribir haqiqatligicha qoladi Yaqinda bir maqolani o‘qidim (quyida). Unda qisqacha shunday fikr ilgari suriladi: zamonaviy pullar inflyatsiya sabab qadrsizlanadi, shuning uchun pulni foizli depozitga qo‘yib, hech bo‘lmasa uning qiymatini saqlash mumkin. Shuningdek, depozitdan olingan foizni soliqlar, jarimalar va boshqa davlat to‘lovlariga ishlatish mumkinligi aytiladi. Muallif ilm ahli vakili, shuning uchun men insonning o‘ziga emas, aynan fikrning mantiqiga e’tibor qaratmoqchiman. Menda bitta oddiy mezon bor. Agar bir haqiqat aslida aniq bo‘lsa, uni to‘g‘ri ko‘rsatish uchun juda ko‘p murakkab izoh kerak bo‘lmaydi. Masalan, Alloh bitta. Bu fikr sodda, tushunarli va qalbga tabiiy qabul qilinadi. Agar esa ko‘p xudolikni to‘g‘ri deb ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, allaqachon uzoq izohlar, istisnolar va mantiqiy konstruktsiyalar kerak bo‘ladi. Maqoladagi foizli depozitni oqlash masalasida ham men shunga o‘xshash xavfni ko‘raman. Agar puldan pul qilish aniq man qilingan bo‘lsa va bu haqiqat bugungi sharoitda juda noqulay tuyulsa ham, savol: “Bu taqiqni qanday boshqacha talqin qilsak bo‘ladi?” emas. Savol: “Mol-mulkimizni taqiqni buzmasdan qanday saqlaymiz va ko'paytiramiz?” bo‘lishi kerak. Chunki iqtisodiy foyda deyarli har qanday narsadan topiladi. Alkogol ishlab chiqarish ham ish o‘rinlari yaratadi va soliq keltiradi. Qimor ham davlatga daromad beradi. Harom biznes ham yuzlab oilalarni boqishi mumkin. Lekin foyda mavjudligi taqiqni bekor qilmaydi. Haqiqat sizga noqulay bo‘lib qolgani uchun haqiqat bo‘lishdan to‘xtamaydi. Menimcha, eng xavfli nuqta ham shu. Islomni mavjud moliyaviy tizimga moslashtirish uchun uning chegaralarini asta-sekin surish emas, aksincha mavjud sharoitda ham islomiy prinsiplarni buzmaydigan yechimlarni topish kerak. Aks holda bugun inflyatsiya sabab riboni qayta talqin qilamiz. Ertaga boshqa bir iqtisodiy manfaat uchun yana boshqa taqiqni. Keyin esa biz din va qadriyatlarimizga qanday rioya qilish haqida emas, o‘zimiz xohlagan hayot tarzini din bilan qanday oqlash haqida o‘ylay boshlaymiz... @chiroylimoliya www.mufeed.uz https://umma.ru/hranenie-deneg-na-depozite-v-islame-vidumannii-zapret?fbclid=Iwb21leAVqDepjbGNrBWoNPWV4dG4DYWVtAjExAHBkb2YBc3J0YwZhcHBfaWQMMzUwNjg1NTMxNzI4AAEftI_qK6pRAyXlqwGLxDhepVaGS-Xf3OJ2gwYmBdvW6s1FwOVsSGILt7oIB6k_aem_OjrNFclfFl6phijZkmBzyg

Открыть в Telegram
Просмотры2 000−25%к среднему
Пересылки—
Реакции84
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
48 ч1 790
67 ч2 000
  1. Всего сейчас2 000
#2358Текст
Просмотры1 990−26%к среднему
Пересылки—
Реакции13
Комментарии—
#2357Текст

Shaxsiy strategiya nima? Yaqinda bir podkastdan keyin mendan shu haqda so‘rashdi. Men uchun keng ma’noda shaxsiy strategiya - bu bugungi komfortdan ko‘ra kelajakdagi manfaatni ustun qo‘ya olish qobiliyati. Darrov savol berishdi: komfortning nimasi yomon? Axir hammamiz yaxshi va komfortli yashashni xohlaymiz. Muammo yaxshi mashina, katta uy yoki qulay hayotda emas. Qachonki siz o‘zingiz, oilangiz yoki muhimroq maqsad uchun biror ish qilish kerakligini bilsangiz-u, lekin osonroq yo‘lni tanlab, uni qilmasangiz, ana o‘shanda komfort muammoga aylanadi. - Qiyin suhbatni boshlamadingiz. - O‘qishni boshlamadingiz. - Yomon odatni o‘zgartirmadingiz. - Noqulay qarorni qabul qilmadingiz. - Anchadan beri kechiktirayotgan ishni yana surdingiz. Va asta-sekin qiziq narsa sodir bo‘ladi: inson katta muammolarni hal qilmasa, uning hayoti muammosiz bo‘lib qolmaydi. U shunchaki mayda muammolar bilan band bo‘la boshlaydi. Chunki hech kim muammosiz, qo‘rquvsiz va qiyinchiliksiz yashamaydi. Farq faqat qaysi muammolarni tanlashimizda. Kimdir o‘z hayotini va boshqalarning hayotini yaxshilaydigan katta masalalarni hal qilish bilan band. Boshqalar esa avval hatto e’tibor bermagan narsalardan, yoki boshqalar uchun muammo yasay boshlaydi. Men uchun shaxsiy strategiya - bugungi o‘sish va qiyinchilikni ongli ravishda tanlab, kuchliroq kelajak qurishdir. Oxir-oqibat har kim o‘z muammolarini o‘zi tanlaydi. @chiroylimoliya @islamic_finance_plus (rus tilida) www.mufeed.uz (islomiy moliya va banking bo‘yicha amaliy ta’lim va kurslar)

Открыть в Telegram
Просмотры4 130+54%к среднему
Пересылки—
Реакции75
Комментарии—
#2355Текст

Assalomu alaykum Yaqinda bir yigit menga yozdi. Uning aytishicha, uni nohaq ishdan bo‘shatishgan. Juda ranjigan. Yana yaxshi ish topish uchun qancha vaqt ketishini bilmaydi, jamg‘armasi ham juda kam. U menga oldin moliyaviy xavfsizlik haqida aytgan gaplarimni eslaganini yozdi. O‘sha paytda bunga unchalik jiddiy qaramagan ekan. Bu yerda menimcha juda muhim dars bor. Har bir ishdan bo‘shatish bir narsani eslatadi: sodiqlik ko‘pincha bir tomonlama bo‘ladi. Shuning uchun asosiy maqsadingiz shunchaki “yaxshi kompaniyaga kirish” bo‘lmasligi kerak. Avval bozorda kerakli ko‘nikmalarni yarating. Keyin shu ko‘nikmalar sizga daromad yaratadi. Daromad esa vaqt o‘tishi bilan sizga moliyaviy kapital yaratishi kerak. Mana shunda munosabat o‘zgaradi. Siz ish beruvchiga yopishib olmaysiz. Aksincha, "ish beruvchi sizni yo‘qotishni istamaydigan darajadagi mutaxassisga aylanasiz." Bu esa sizga eng muhim narsalardan birini beradi: muzokara kuchi: Maosh bo‘yicha. Lavozim bo‘yicha. Ish sharoiti bo‘yicha. Qayerda va kim bilan ishlashingiz bo‘yicha. Agar sizga ish juda zarur bo‘lsa va zaxirangiz bo‘lmasa, muzokara kuchingiz deyarli yo‘q. Agar sizda kuchli ko‘nikmalar, obro‘, jamg‘arma va alternativalar bo‘lsa, vaziyat butunlay boshqacha. Shuning uchun haqiqiy xavfsizlik ish beruvchidan kelmaydi. U sizning qobiliyatingizdan keladi. Ko‘nikma → daromad → kapital → alternativalar → muzokara kuchi. Yana bir narsani ham aytaman. Menimcha, ko‘p erkaklar xodim sifatida ishlayotgan davriga faqat maosh olish bosqichi deb qaramasligi kerak. Bu davrda imkon qadar ko‘proq: - ko‘nikma - tajriba - aloqalar - bozorni tushunish - odamlar bilan ishlash qobiliyati to‘plash kerak. Chunki ideal holatda bularning hammasi bir kun kelib sizga "o‘z biznesingizni yaratish imkonini berishi mumkin". Menimcha, o‘z muvaffaqiyatingiz uchun ishlashning alohida qiymati bor. Lekin albatta, tadbirkorlik hamma uchun emas. Hamma ham biznes qilishi shart emas. Ammo biznes qilasizmi yoki yo‘qmi, bitta tamoyil o‘zgarmaydi: hech qachon bitta ish beruvchiga qaram bo‘lib qoladigan darajada zaif pozitsiyada bo‘lmang. Yoshligingizda aynan shu zanjirni qurishga harakat qiling: ko‘nikma → daromad → kapital → alternativalar → muzokara kuchi → imkon bo‘lsa, o‘z biznesingiz. Maqsad ish beruvchiga qaram bo‘lish emas. Maqsad shunday qiymat yaratishki, sizga ehtiyoj kuchliroq bo‘lsin. @chiroylimoliya www.mufeed.uz

Открыть в Telegram
Просмотры3 780+41%к среднему
Пересылки—
Реакции97
Комментарии—
#2354Текст
Просмотры3 320+24%к среднему
Пересылки—
Реакции78
Комментарии—
#2353Превью ссылки
Просмотры2 570−4%к среднему
Пересылки—
Реакции71
Комментарии—
#2351Превью ссылки

O‘zbekistonning islomiy moliya va bankchilik sohasidagi rivojlanishi haqida maqolam dunyodagi eng nufuzli ixtisoslashgan axborot platformalaridan biri - Islamic Finance News (IFN)da e’lon qilindi. Maqolada 2026-yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekistonda islomiy moliya va bankchilik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari haqida so‘z yuritilgan. Buning ahamiyati nimada? Islamic Finance News - xalqaro islomiy moliya informatsion sanoatining yetakchi vakili. Yirik islom banklari, investitsiya institutlari, sukuuk emitentlari, investorlar va kapital bozori ishtirokchilari muntazam kuzatib boradigan nufuzli platformalardan biri. Shu sababli, O‘zbekistonning islomiy moliya sohasidagi rivojlanishi haqida bunday xalqaro maydonda muntazam va mazmunli axborot berib borilishi juda muhim. Bu, bir tomondan, mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni global professional hamjamiyatga yetkazadi. Ikkinchi tomondan esa, xalqaro miqyosdagi yetakchi moliya institutlari va investorlar orasida O‘zbekistonga nisbatan amaliy qiziqish uyg‘otadi, yangi hamkorlik va investitsiya imkoniyatlari uchun zamin yaratadi. Eng muhimi, O‘zbekiston xalqaro islomiy moliya hamjamiyati uchun shunchaki istiqbolli bozor emas, balki real jarayonlar, tashabbuslar va imkoniyatlarga ega mamlakat sifatida namoyon bo‘lmoqda. https://www.islamicfinancenews.com/uzbekistans-islamic-finance-market-a-new-chapter-begins.html?ifn-contributor-key=1fc9704684f29de56e40959b288f553570abc597ce3dfd1e232072c996ca3c0b

Открыть в Telegram
Просмотры3 910+46%к среднему
Пересылки—
Реакции48
Комментарии—
#2349Видео
Просмотры3 870+44%к среднему
Пересылки—
Реакции37
Комментарии—
#2348Превью ссылки
Просмотры4 360+62%к среднему
Пересылки—
Реакции25
Комментарии—
#2347Фото

Переслано из Ислом молияси | Islom moliyasi

#хабар   Ассалому алайкум! Кеча хабар берганимиздек, Тошкент ислом институтида 📖«Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар» китоби тақдимоти бўлиб ўтди. Ушбу китоб жорий йилнинг май ойида нашрдан чиққан бўлса ҳам устозларнинг тавсиясига кўра тақдимот бир неча ойдан кейин бўлиб ўтди, чунки бу орада китоб олим ва мутахассисларга тарқатилди, сотувга қўйилди ва шу орқали мутахассислар ва оддий ўқувчиларнинг фикри олинди. Аллоҳга шукр, барча олинган фикрлар ижобий бўлди ва шу билан бирга йўл қўйилган баъзи имло хатолар бўйича мулоҳазалар эътиборга олинди. Шундан кейингина китоб тақдимоти ўтказилди. Китоб нашрдан чиққан пайтдан бошлаб кенг реклама қилинмаган бўлса ҳам босмадан чиққан китобларнинг аксарияти сотилиб бўлинди. Бугунги кунда қолган китоблар адади таҳминан 500 донани ташкил қилади. Китобдан сотиб олмоқчи бўлганлар қуйидаги телефон рақамлари орқали Islamic Business and Finance компанияси ходимларига мурожаат қилишлари мумкин (@IslomMoliyasi телеграм саҳифаси ҳамда islommoliyasi.uz вэбсайти обуначиларида китобни 65 минг сўмдан сотиб олиш имконияти бор).   📞 +998338880059; +998997522262 ✈️ @IsBF_admin 📱 @IslomMoliyasi

Открыть в Telegram
Просмотры3 170+18%к среднему
Пересылки—
Реакции24
Комментарии—
#2346Фото

«Biz axir eski qadrdon do‘stlarmiz. Yozma shartnoma tuzishning nima keragi bor?» Qanchadan-qancha biznes sherikliklari aynan shu so‘zlar bilan boshlangan. Va ularning qanchasi keyinchalik nizolar, o‘zaro ayblovlar va buzilgan munosabatlar bilan yakunlangan. Mening mufeed.uz ta’lim platformamda islomiy moliya bo‘yicha kurs mavjud. Unda biz nafaqat fundamental tamoyillarni, balki ularning biznesdagi amaliy qo‘llanilishini ham o‘rganamiz: savdo, bo‘lib to‘lash, moliyalashtirish, investitsiyalar va sheriklikning turli shakllari. Kursning ayrim tinglovchilari muntazam ravishda real hayotdagi vaziyatlar yuzasidan savollar berib turishadi. Masalan, yaqinda shunday savol berildi (yuqoridagi skrinshotda): «Agar bir sherik pul tiksa, ikkinchisi esa biznesni boshqarsa, ular o‘zaro kelishuvlarini yozma ravishda rasmiylashtirishlari shartmi? Axir bu qarz emas, investitsiya-ku». Aynan shunday savollar juda muhim. Ko‘p yillik amaliyotim davomida ko‘plab nizolar, barbod bo‘lgan sherikliklar va buzilgan munosabatlarga guvoh bo‘lganman. Ko‘pincha buning sababi kimdir boshidanoq boshqasini aldamoqchi bo‘lganida emas, balki sheriklar eng muhim va noqulay bo‘lgan masalalarni oldindan kelishib olmaganida. Boshida hammasi oddiy tuyuladi: «Biz axir do‘stmiz», «Bir-birimizga ishonamiz», «Hozir bu haqda gapirish noqulay, andisha qilamiz», «Ish davomida hal qilamiz». Keyinchalik esa oddiy kelishmovchiliklar adolatsizlik, aldov va hatto xiyonat sifatida qabul qilina boshlaydi. Shuning uchun bizne sheriklarga maslahatim: • Ish boshlashdan oldin (kegin emas) kelishib oling. • Muhim va ikkinchi darajali masalalarning barchasini kelishib oling. • Kelishuvlaringizni yozma ravishda rasmiylashtiring. • Eng muhimi, adolatli kelishing. Kurs tinglovchisining savoli va unga bergan qisqa javobimga kelsak, ularni yuqoridagi skrinshotda ko‘rishingiz mumkin. Va nihoyat, bir narsani unutmang: Yaxshi munosabatlar puxta kelishuvlarning o‘rnini bosa olmaydi. Puxta va adolatli kelishuvlar esa yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga yordam beradi. @chiroylimoliya www.mufeed.uz amaliy bilim manbai

Открыть в Telegram
Просмотры2 770+3%к среднему
Пересылки—
Реакции25
Комментарии—
#2345Текст

Alif Moliya (O‘zbekiston emitenti) tomonidan chiqarilgan ilk sukukkni Astana International Exchange birjasida joylashtirdi. Bu shunchaki navbatdagi bitim emas - bu ancha muhim voqea. O‘zbekistonning Alif Moliya kompaniyasi Qozog‘istondagi AIX birjasida 10 million dollarlik sukuk joylashtirdi. Bu O‘zbekiston emitenti tomonidan amalga oshirilgan ilk sukuk emissiyasidir. Nima uchun bu muhim? Chunki O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish uchun qonunchilik bazasi endigina shakllanayotgan bir paytda, Alif kutib o‘tirmadi. Kompaniya ichki bozor doirasidan tashqariga chiqib, xalqaro birja orqali kapital jalb qildi. Bu butun bozor uchun juda yaxshi signaldir. Alif mavjud imkoniyatdan shunchaki foydalanib qolmadi, balki boshqa kompaniyalarga ham yo‘l ko‘rsatmoqda. Ya’ni, mamlakatda islomiy moliyalashtirish bo‘yicha maxsus qonun hali qabul qilinmagan bo‘lsa ham, sukuk orqali mablag‘ jalb qilish mumkinligini amalda namoyish etdi. Endi tasavvur qiling: zarur qonunchilik bazasi yaratilsa, sukuklarni chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha aniq qoidalar joriy etilsa, investorlar va emitentlar uchun yanada qulay va tushunarli sharoitlar yaratilsa, nimalar yuz berishi mumkin? Menimcha, qonun qabul qilinganidan keyingi 2–3 yil ichida O‘zbekistonda sukuk bozori jadal rivojlanishi mumkin. Albatta, bu ko‘p jihatdan tartibga solish sifatiga, soliq sharoitlariga va kompaniyalarning bozorga chiqishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo eng muhimi, jarayon allaqachon boshlangan: bozor faqat qog‘ozda emas, balki real bitimlar orqali ham shakllanmoqda. Qonun sharoit yaratadi. Bozorni esa ana shu sharoitlar mukammal bo‘lishini kutib o‘tirmay, bugunoq harakat qilishga tayyor bo‘lganlar yaratadi. Alif Moliya emissiyasi bunga yaqqol misol. @chiroylimoliya www.mufeed.uz Sukuk va islomiy moliya haqida chuqurroq bilim olishni istagalar uchun

Открыть в Telegram
Просмотры2 620−2%к среднему
Пересылки—
Реакции36
Комментарии—
#2344Превью ссылки
Просмотры3 500+30%к среднему
Пересылки—
Реакции15
Комментарии—