“Avtomobilsiz kun” aksiyasida siz ham faol ishtirok eting! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 46-son Farmoniga ko‘ra, 2026-yilning 1-may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi belgilangan. Farmon ijroni ta’minlash hamda atmosfera havosining ifloslanishining oldini olishga hissa qo‘shish maqsadida jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi. Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi xodimlari ham ushbu aksiyada faol ishtirok etmoqda. Bugun boshqarma xodimlari ish joylariga jamoat transportida keldilar. Ushbu aksiyani viloyatdagi korxona, tashkilotlar va muassasalarda keng joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. ❗️Qadrli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” aksiyada siz ham faol ishtirok eting! Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati 📲Bizni kuzating : 🔹Telegram 📸Instagram🌍 Web-site
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 36 |
| 2 ч | 112 |
| 4 ч | 157 |
| 7 ч | 191 |
- Через 6 часов191
- Всего сейчас191