Переслано из BuxDU •БухГУ •BukhSU
🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️ 📘 Korrupsiyaga qarşi kuraş — barçamizning burçimiz! Buxoro davlat universiteti Aniq fanlar va intellektual muhandislik texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Korrupsiyaga qarşi kuraş — barçamizning burçimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbirni Buxoro davlat universiteti rektori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Rustam Ğaniyeviç Jumayev kiriş sözi bilan oçib berdi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini oliş, ta’lim tizimida oçiqlik, şaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlaş hamda korrupsiyaning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşişda har bir fuqaroning, ayniqsa, talaba-yoşlarning mas’uliyati, huquqiy madaniyati va faol fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati ta’kidlandi. Mazkur tadbir universitetda soğlom va şaffof ta’lim muhitini mustahkamlaş, yoşlar ongiga halollik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini singdirişga qaratildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐BuxDU.uz | 🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | ▶️Youtube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 6 ч | 255 |
| 15 ч | 305 |
- Через 6 часов255
- Всего сейчас305