YOŞLAR BILAN OÇIQ MULOQOT: TAKLIFLAR, TAŞABBUSLAR VA YANGI IMKONIYATLAR! Payşanba — Yoşlar kuni munosabati bilan Bulunğur tumanidagi 2-son texnikumda tuman hokimi S.Astonov iştirokida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi. Oçiq muloqot ruhida taşkil etilgan uçraşuvda yoşlarning fikr-mulohazalari, taşabbus va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan samimiy suhbat olib borildi. Yoşlarning ta’lim olişi, kasb-hunar egallaşi, bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda böş vaqtini mazmunli taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegişli mas’ullarga topşiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. Yoşlar bilan muloqot — ularning orzu-intilişlarini röyobga çiqariş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va kelajak sari dadil qadam taşlaşiga kömak beriş demakdir! Ulaning va ulaşing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook
Открыть в TelegramПосты канала Bulunğur.uz
🇺🇿 MARDLAR QÖRIQLAYDI VATANNI! 🪖 2000–2008-YILLARDA TUĞILGAN YIGITLAR DIQQATIGA! Vatan himoyasi — şarafli burç, harbiy xizmat esa mardlik, jasorat va fidoyilik maktabidir! Özbekiston Respublikasi Çegara qöşinlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Içki işlar vazirligi hamda Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qismlarda 1 yillik muddatli harbiy xizmatni ötaş istagida bölgan yigitlar uçun qabul davom etmoqda. NOMZODLARGA QÖYILADIGAN TALABLAR: ▪️ 2000–2008-yillarda tuğilgan bölişi; ▪️ Böyi kamida 165 sm; ▪️ Vazni 55 kg dan kam bölmasligi; ▪️ Soğliği harbiy xizmatga yaroqli bölişi; ▪️ Bulunğur tumani hududida yaşaşi. 📍 MANZIL VA QABUL VAQTI Bulunğur tumani Mudofaa işlari bölimi. 🗓 Dushanbadan jumagacha; 🕘 Soat 09:00 dan 16:00 ga qadar. Nomzodlardan fuqarolik pasporti bilan kelişlari söraladi. ☎️ Murojaat uçun telefonlar: 📞 93 727 11 17 📞 99 383 82 19 Yigitlar, Vatan sizni çorlamoqda! Mardlik va jasorat yölini tanlang! Ulaning va ulaşing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook
Открыть в TelegramZÖRAVONLIKSIZ HAYOT — XOTIN-QIZLAR UÇUN XAVFSIZ VA FAROVON KELAJAK! 25-noyabr — Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni. Ayolning qadri, şa’ni va daxlsizligi — jamiyat taraqqiyoti va inson qadrini uluğlaşning muhim mezonidir. Har bir xotin-qiz oilada, iş joyida, köçada va internet makonida zöravonlikdan xoli, xavfsiz hamda munosib hayot keçiriş huquqiga ega. Zöravonlikning har qanday körinişiga befarq bölmaslik, jabrlanganlarni qöllab-quvvatlaş va bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş barçamizning insoniy burçimizdir. Şu munosabat bilan Bulunğur tumanida xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş, ularning huquqiy savodxonligini oşiriş, qonuniy manfaatlarini ta’minlaş hamda jamiyatda soğlom ijtimoiy muhitni mustahkamlaşga qaratilgan tarğibot-tuşuntiriş işlari tuman Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği N.Mamadiyarova, Samarqand iqtisodiy sudi sudyasi N.Tursunova, tuman Içki işlar bölimi hamda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari iştirokida tarğibot tadbirlari olib borilmoqda. Ma’lumot uçun, BMT Boş Assambleyasi tomonidan 25-noyabr Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni etib belgilangan. Uşbu sana munosabati bilan 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar butun dunyoda «Gender zöravonligiga qarşi 16 kunlik faollik» xalqaro kampaniyasi ötkaziladi. Unutmang: zöravonlikka sukut saqlaş — unga yöl oçişdir. Befarq bölmang, befarqlikka yöl qöymang! Ulaning va ulaşing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook
Открыть в TelegramAHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI: MUAMMOLAR JOYIDA ÖRGANILMOQDA Bulunğur tumani hokimi S.Astonov tomonidan Guliston va Mehrjon mahallalari aholisi uçun tumandagi 2-son texnikum binosida sayyor qabul ötkazildi. Qabul davomida fuqarolar özlarini qiynayotgan muammo va takliflar, ijtimoiy masalalar, bandlik, infratuzilma hamda boşqa yönalişlardagi murojaatlarini bildiridilar. Har bir murojaat mas’ul taşkilotlar vakillari iştirokida atrofliça körib çiqilib, ularning yeçimi yuzasidan tegişli topşiriq va körsatmalar berildi. Murojaatlarning ijrosi va hal etilişi mas'ullar tomonidan nazoratga olindi. Zero, aholi bilan muloqot — muammolarga yeçim topişning eng samarali yölidir! Ulaning va ulaşing: 📱Telegram •📱Instagram•📱YouTube •📱Web-sayt • 📱Facebook
Открыть в Telegram