Buxoro tibbiyot instituti vakillari yoshlar va ta’lim sohasiga oid uchrashuvda ishtirok etdi Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov viloyatda faoliyat yuritayotgan xususiy o‘quv markazlari rahbarlari, yosh tadbirkorlar hamda yoshlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari ham ishtirok etdi. Muloqot davomida ta’lim sohasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning xorijiy tillarni o‘zlashtirishi, xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanishini kengaytirish hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishga yo‘naltirish, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi. Tadbir doirasida soha vakillarining taklif va tashabbuslari tinglanib, ta’lim sifatini oshirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda davlat va xususiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Открыть в TelegramПосты канала BSMI.UZ | Rasmiy kanali
📢 Talabalar diqqatiga! 🔐 Kiberxavfsizlik bo‘yicha BEPUL ta’lim olish va xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatlari Prezidentning 2026-yil 10-martdagi PF–38-son Farmoni doirasida yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun bepul imkoniyatlar yaratildi: 1️⃣ Bepul onlayn kurslar Aileaders.uz platformasida kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha 30 ta bepul kurs: • Oracle — Cloud Security Professional (2025) sertifikatiga tayyorgarlik • Huawei — HCIA-Security V4.0 Course • MohirDev — Kali Linux asoslari • IT Study — Kiberxavfsizlik asoslari • DataCamp — Ma’lumotlar xavfsizligiga kirish 🔗 https://aileaders.uz 2️⃣ Bepul videodarslar It-istedod.uz portalining “Video resurslar” bo‘limida kiberxavfsizlikka oid 20 ta videodars. 🔗 https://it-istedod.uz 3️⃣ Xalqaro IT-sertifikatlar xarajatlarini qoplash Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qaroriga muvofiq, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan fuqarolarning xalqaro IT-sertifikatlar olish hamda t
Открыть в TelegramPREZIDENT MAKTUBI — YOSHLAR KELAJAGIGA DAXLDOR YUKSAK ISHONCH VA MAS’ULIYAT! 🇺🇿 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘z nabirasiga yo‘llagan, mazmun-mohiyatan butun O‘zbekiston yoshlariga qaratilgan samimiy maktubi talabalarga o‘qib eshittirildi. Tadbirda institut rektori, professor Shuhrat Teshayev so‘zga chiqib, mazkur maktubning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Rektor o‘z nutqida bugungi yoshlar uchun ilm olish, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallash, vaqtni qadrlash, Vatanga sadoqatli bo‘lish hamda tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondashish eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. 🇺🇿 Davlatimiz rahbarining ushbu maktubida Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatga intilish, qat’iyat, halollik va mehnatsevarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar teran ifodasini topgan. “Yurt kelajagi sen kabi millionlab yoshlarga bog‘liq ekanini aslo unutma! Ilm-ma’rifat o‘rganishga sidqidildan harakat qil! Chunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir”, — deya ta’kidlaydi Prezidentimiz. 📌 Ushbu maktub shunchaki boboning nabirasiga nasihati emas, balki butun bir avlodga qaratilgan ezgu da’vat, hayotiy saboq va kelajak oldidagi mas’uliyat ifodasidir. Zero, bugungi yoshlarning bilimi, tafakkuri va shijoati — ertangi Yangi O‘zbekistonning qudrati va taraqqiyotini belgilaydi!
Открыть в Telegram🇺🇿 KONSTITUTSIYA BILIMDONI – BILIMLAR SINOVI! 📚 “Konstitutsiya – inson qadri ulug‘langan erkin hayot va yangi kelajak poydevori” Hurmatli talabalar shu mavzu doirasida 26-noyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida “Konstitutsiya bilimdoni” test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 📅 Sana: 26-noyabr 🕑 Vaqt: 14:00 📍 Manzil: Buxoro davlat tibbiyot instituti 1-qavat 114 va 115-o'quv auditoriyalari Barcha bilimga chanqoq, faol va tashabbuskor talabalarni test sinovlarida ishtirok etishga chorlaymiz! Konstitutsiyani bilish — o‘z huquq va erkinliklaringni anglash, kelajagingni mustahkam qurish demakdir! 🇺🇿 Bilimli yoshlar — Yangi O‘zbekiston kelajagi!
Открыть в Telegram🏢⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Buxoro shahrida oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Intellektual olimpiada – 2026” musobaqasining “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur saralash bahslarida Buxoro davlat tibbiyot instituti terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ushbu natija orqali institut jamoasi joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Intellektual olimpiada – 2026” turnirining Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun: 2025-yilda o‘tkazilgan “Intellektual olimpiada” musobaqasida Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi “Erudit kvartet” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egallab, 100 million so‘mlik vaucher sohibiga aylangan edi. Jamoamizning ushbu yutuqlari institutda intellektual salohiyatni rivojlantirish, yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarali natijasidir. Jamoamiz a’zolarini erishilgan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz hamda Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, yangi marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz! Buxoro davlat tibbiyot instituti — bilim, tafakkur va yuksak natijalar sari!
Открыть в Telegram🌐 HALOLLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING MUHIM TAMOYILLARI! Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Buxoro viloyati Volontyorlar markazi hamda institutimiz yoshlari hamkorligida «Antikorrupsiya kvesti» tadbiri tashkil etildi. 🎓 Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida tushuncha va tasavvurlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. ➡️Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish, qonuniylikka rioya etish, shaxsiy mas’uliyat va halollik kabi muhim qadriyatlarga alohida e’tibor qaratdilar. Kvest formati yoshlarning faolligini oshirish, ularni jamoaviy hamkorlikka undash va dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘z qarashlarini ifoda etish uchun o‘ziga xos imkoniyat yaratdi. ➡️ Korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina davlat tashkilotlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchi hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi yosh avlod qalbida halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik va qonunga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish kelajakda sog‘lom va ochiq jamiyat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🎓 Institutimiz yoshlari bunday ma’rifiy va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarda faol ishtirok etish orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, jamiyatda ishonch va adolat muhitini mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. 🔆 Zero, halollik — inson qadrini, shaffoflik — jamiyat ishonchini, adolat esa taraqqiyotni ta’minlaydi! ✈️Telegram ✅ Facebook 📹You tube 🔍www.bsmi.uz
Открыть в Telegram🧠🧠🧠 🔤🅰️🔤🔤🔤🅰️🔤 Buxoro davlat tibbiyot institutining bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari diqqatiga! 🔴 Buxoro davlat tibbiyot instituti Zakovat klubi doirasida kuzgi mavsum oʻyinining to'qqizinchi (final oldi) turiga start beramiz! 🟢Kuzgi mavsumning to'qqizinchi o‘yini ertaga haftaning payshanba kuni 26.11.2026 sanasida soat 14:30 da Institut oshxonasida boʻlib oʻtadi. 📌 Turnirda ishtirok etish uchun fakultetingizdan 6 kishilik jamoa tuzing va ro'yxatdan o'ting 😎 Ro'yxatdan o'tish uchun: @DoctorVanGogh ga murojaat qilishingiz mumkin. 🧠 Buxoro davlat tibbiyot instituti Zakovat ligasi uchun qo'shimcha xabarlar ushbu kanalda e'lon berib boriladi : @ZakovatBSMI
Открыть в TelegramPrezident maktubi — yoshlarga mehr, ishonch va hayotiy saboq Bugungi kun — ma’rifat, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya va Vatanga sadoqat sabog‘i! Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasiga yo‘llagan maktubi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida institut kasaba uyushmasi raisi M. Jumayev tomonidan davlat rahbarining maktubi talaba-yoshlarga ifodali o‘qib eshittirildi. Unda maktubda ilgari surilgan hayotiy saboqlar, ezgu fazilatlar, ilm olishga intilish, ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat hamda insoniy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Открыть в Telegram