Посты канала BookloverCouple ✨| Kitobxon oila
Bir yo‘la “O‘smir” romaniga to‘liq review yozib qo‘ya qoldim. 📝 Shaxsan bu asar mening eng sekin o‘qigan kitoblarimdan biri bo‘ldi. Roman avvalroq aytib o‘tganimizdek, o‘smir qahramonimiz Arkadiy Dolgorukiy tilidan hikoya qilinadi. Xo‘sh, Arkadiy kim o‘zi? Nega Dostoyevskiy aynan bu o‘smirning hayoti orqali bizga shunchalik ko‘p narsalarni hikoya qilib bermoqchi bo‘lgan? Arkadiyning hayotida ikkita otasi bor: biri biologik otasi Makar Dolgorukiy, ikkinchisi esa uning haqiqiy otasi deb bilgan Andrey Versilov. Bu ikki insonning hayot tarzi, dunyoqarashi va xarakteri bir-biridan keskin farq qiladi. Ularning har biri Arkadiyning hayotida o‘ziga xos iz qoldiradi. Ayniqsa, Versilov obrazi meni ko‘p o‘ylantirdi. U bir qarashda aqlli, ziyoli, nozik didli va o‘ziga tortadigan inson. Boshqa vaziyatda esa xudbin, beqaror, o‘z manfaatlari va his-tuyg‘ulari orasida adashgan odamga aylanadi. Ba’zan uning harakatlarini tushunishga, hatto oqlashga urinasiz, ba’zan esa undan qattiq ranjiysiz. Eng qizig‘i, bu ikki xil Versilov aslida bitta inson. Dostoyevskiy shu obraz orqali inson tabiatidagi qarama-qarshiliklarni juda yaxshi ochib bergan. Arkadiy esa ana shunday murakkab insonlar orasida o‘z yo‘lini topishga urinadi. Uning o‘ziga yarasha orzulari, rejalari, g‘ururi va hayotiy qarashlari bor. Ammo hayot u tasavvur qilganidek oddiy emas. Oila, ota-ona, pul, muhabbat, jamiyat va turli insonlar bilan munosabatlar uning qarashlarini tobora o‘zgartirib boradi. Menimcha, romanning eng qiziq jihatlaridan biri ham shunda. Dostoyevskiy 🌟shunchaki bir o‘smirning ulg‘ayishini emas, balki insonning ichki dunyosi qanday shakllanishini ko‘rsatadi. Asarni o‘qir ekansiz, bir narsani anglaysiz. Insonning o‘zgarishi faqat yoshiga bog‘liq emas. Ba’zan birgina uchrashuv, birgina voqea yoki hayotdagi og‘ir tajriba insonning butun qarashlarini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Arkadiyning hikoyasi orqali biz ham o‘zimizning o‘smirlik davrimizni, o‘sha paytdagi orzularimizni, hayot haqidagi tasavvurlarimizni eslaymiz. Balki bugungi qarashlarimiz bilan o‘sha paytdagi fikrlarimiz orasidagi katta farqni ham sezarmiz. “O‘smir” men uchun shunchaki ulg‘ayish haqidagi roman emas, balki insonning o‘zini anglashi, hayotda o‘z o‘rnini izlash va turli insonlar ta’sirida shakllanishi haqidagi asar bo’ldi. Romanini yanada yaxshiroq tushunish va ayrim jihatlarini chuqurroq anglash uchun kitob haqida tayyorlangan podcastni ham tingladim. Menimcha, asarni o‘qiganlar uchun juda foydali suhbat bo‘ladi. Qiziqqanlar uchun podcast🎧 havolasini ham qoldiraman. 📸 Instagram ✉️Telegram
Открыть в TelegramHammaga xayrli tun! Shunchaki rasm chiroyli bo‘lgani uchun tashlab qo‘ydim. 😍 Bugun kechqurun Instagram uchun ancha-muncha kontent oldik. 📸 Instagram ✉️Telegram
Открыть в TelegramO‘qituvchi sifatida ayta olamanki, PhD darajasini himoya qilishgacha bo‘lgan yo‘l oson emas. Ayniqsa, tadqiqotchi murakkab mavzuni tanlab, ilmiy ishini o‘z kuchi va mehnati bilan mustaqil yozgan bo‘lsa. Bu juda uzoq, mashaqqatli va murakkab jarayon. Tabriklaymiz! Himoyalaringiz muvaffaqiyatli o‘tsin. 📸 Instagram ✉️Telegram
Открыть в TelegramRostanam, nega aynan yakshanba kuni ertalabdan uyg‘onib olamiza? 👀 Chunki bugun birgalikda post yozadigan kunimiz! 📸 Instagram ✉️Telegram
Открыть в Telegram#birgalikda “O‘smir”ni birgalikda o‘qiymiz. Hozircha dastlabki 150 sahifani o’qidim. Bu qismini asar qahramonlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanishish davri desak bo‘ladi. Barcha voqealar bosh qahramon Arkadiy Dolgorukiy tilidan hikoya qilinadi. U hali yosh bo‘lsada, o‘zining katta maqsadlari va hayotiy qarashlariga ega. Arkadiy o‘zi uchun bir ideal yaratgan va butun kuchini shu maqsadga erishishga sarflamoqchi. Lekin uning fikrlarida yoshlik g‘ururi, o‘zini boshqalarga isbotlash istagi va ichki ziddiyatlar ham ko‘p. Menga qiziq tuyulgan jihatlardan biri - Arkadiyning otalari bilan munosabati. Uning ikkit otasi bor. Uning biologik otasi Makar Dolgorukiy bo‘lsa, o‘zi haqiqiy ota deb biladigan inson Versilov. Versilov ham asardagi asosiy obrazlardan biri. Bu munosabatlar orqali ota va farzand o‘rtasidagi bog‘liqlik, mehr va e’tirofga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rish mumkin. Asarda personajlar anchagina ko‘p. O‘qish davomida yangi qahramonlar ham paydo bo‘lyapti. Ba’zi voqealarni tushunish uchun ortga qaytib o‘qishga ham to‘g‘ri keladi. Hozircha shuni angladikki, “O‘smir” shunchaki bir yigitning hayoti haqida emas. Unda insonning o‘zini topishga urinishi, kim bo‘lishni istashi, jamiyatdagi o‘rni va atrofidagi insonlar bilan munosabati haqida so‘z boradi. 150/727🪓 📸 Instagram ✉️Telegram
Открыть в TelegramNoyob insonlar noyob kunlarda tug‘iladi. 11.11 Bugun Dostoyevskiy bobomiz tavallud topganiga 205 yil to‘ldi. Jahon adabiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi, bizga qoldirgan o‘lmas asarlari uchun rahmat aytamiz. Yaxshiyamki, Dostoyevskiy yashab, yozgan!
Открыть в TelegramKitobning o‘zi ham arziydi, marketingi ham narxini anchagina oshirgan. Kitobga shunchalik qiziqtirishsa, kimning ham o‘qigisi kelmaydi?! Kitob sotib olishdan o‘zimni to‘xtata olmayapman. Oyligimning yarmi kitoblarga ketyapti.
Открыть в Telegram"O‘smir"ni tushunish uchun mana bu sxema asosida o‘qiyapman. Personajlar ko‘pligidan chalkashib ketdimey. Dastlabki 100 betni tushunib o‘qib oldim.
Открыть в TelegramInstagram sahifamizga shu kabi kontentlarni joylab boryapmiz. Bir baho berib ko‘ring-chi.
Открыть в TelegramUyga charchab kelib, kutubxonamizdan bir kitob olib o‘qish barcha stresslarni tarqatib yuboradi.
Открыть в TelegramTungi mutolaa uchun juda qulay narsa ekan. Safiya uxlaganidan keyin endi shu tarzda kitob o‘qiyapmiz. Uyqudan oldin kitob 📖o‘qishning foydasi ko‘p.
Открыть в Telegram“O‘smir” ana shu ma’noda yosh inson haqida yozilgan roman bo‘lish bilan birga, inson bo‘lishning o‘zi qanchalar murakkab hodisa ekanini ko‘rsatuvchi romandir. Tarjimon ✅
Открыть в Telegram