Кабинет
Bobil Kutubxonasi

Bobil Kutubxonasi

Reading Because Murder Is Wrong! Hamkorlik: @bobil_reklama Instagram: https://www.instagram.com/caeternolis/?hl=bn

Юзернейм
@bobil_kutubxonasi
Категория
Книги
Страна
УзбекистанУзбекистан
Подписчики5 793
Просмотров на пост, 7 дн.1 331−60,7% к пред. 7 дн.
ERR22,98 %за 7 дней

Средние просмотры поста по дням

По дню публикации

Показать таблицей
ДатаПросмотров на пост
6 нояб. 2026 г.3 080
10 нояб. 2026 г.3 750
12 нояб. 2026 г.3 230
13 нояб. 2026 г.2 750
16 нояб. 2026 г.4 190
20 нояб. 2026 г.1 750
25 нояб. 2026 г.912

Самые просматриваемые за месяц

  1. 01
    Просмотры4,19 тыс.
    Пересылки—
    Реакции254
    Комментарии—
  2. 02
    Просмотры3,75 тыс.
    Пересылки—
    Реакции76
    Комментарии—
  3. 03
    Просмотры3,23 тыс.
    Пересылки—
    Реакции158
    Комментарии—
  4. 04

    O‘zbek jamiyatining umumiy ong va xotirot bilan biron yaxshi ish qilganiga hech guvoh bo‘lmaganman. Bizni faqat umumiy ongsizlik yoki ommaviy aldovlar ishga tushirishi mumkin, xolos. Qaysi o‘zbek bugunga qadar xalqning o‘tmishdagi jinoyatlarini eslab qurbonlardan uzr so‘radi? Mayli, bular balki og‘ir savol bo‘lishi mumkin, keling, yaqin tarixdagi nisbatan mayishiy holatlarga nazar tashlaylik. 1. Qaysi rektor yo oliy ta'lim mutassaddisi universitetlarga pul bilan kirib pul bilan bitirish davri sabab xalqdan uzr so‘radi? Kimningdir iste'fo berganini ko‘rdingizmi? Faqat tepadan haydalsagina ketgani ko‘rildi. 2. Qaysi rahbar paxtaga chiqqan bolalardan, dori sabab saraton bo‘lgan ishchilardan uzr so‘radi? Aybdor faqat o‘rismidi? Mustaqillikdan so‘ng xalqaro tashkilotlar bosim o‘tkazmasa ham bu eksplutasiyani to‘xtatarmidik? 3. Qaysi sog‘liq vaziri farrosh bilan teng oylik olayotgan do‘xtirni himoya qilib chiqdi? Sanasak sanayveramiz, lekin eng og‘riqlisi nima, bilasizmi? Tepadan yana hamma paxtaga chiqsin, deyilsa hech kim miq etmay dalaga yuguradi. Hech kim savol ostiga ham olmaydi buni. Bugun jannatmakon yurtda yana hech kimga hech qanday tushuntirish bermay kitoblar do‘kondan yig‘ib olinyapti. Shundog‘am jar yoqasidagi noshirlarga ogohlantiruv jo‘natilyapti. Va, xalq albatta jim. Buni avval kambag‘allikka yo‘yardik, lekin hayotni faqat nondan iborat deb o‘ylaydigan xalq hech qachon o‘sha nonga ham yolchimasligini bilamizmi o‘zi? Ba'zan o‘ylab qolaman... Bir hovuch rus Ilhom teatrini salkam ellik yildir tirik tutib kelyapti. Ha, orada o‘zbeklar ham aralashib qoladiyu lekin asosiy ish ruslarda. Va, o‘zbek teatrlari xususiylashishni orzu qilib yashaydi. Galereyalar, san'at markazlari faqat davlat e'tibor bersagina yashaydi. Boisi, biz, o‘zbek xalqi kelajak deb qancha jon kuydirmaylik, bugungi ovoz yoxud sukunatimizning kelajakda yuzimizga tarsaki bo‘lib urilmasligini bilamiz. Kelajak avlod ham xuddi bizdek nonparast bo‘ladi. Kitob senzuralaridan ajablandimmi? Albatta yo‘q. Turk yozuvchisi Sha'nliko‘g‘lining kitoblari yig‘ishtirib olinganda shunday savol bergandim: Modomiki bu kitoblar dinga zid ekan, nega unda Musulmonlar Idorasi shuncha yildan beri uning sotilishiga ko‘z yumdi? Bu o‘tgan yillar bo‘yicha ham kimdir hisob beradimi? Beradi, lekin bizga emas. Chunki, xalq hisob so‘rolmaydi. Kelajak oldida o‘tmish hisobini berolmagan xalqning birovdan hisob so‘rashga haqqi bormi? Ha, Sha'nliko‘g‘li borasidagi fikrimni ba'zilar populizmga yo‘ydi. Sekulyar bo‘la turib, bunday kitoblarni doim yerga ura turib nega endi ular yig‘ishtirilgan payt jirrakilik qilayotgandim? Ikkiyuzlamachilik emasmi bu? Bilmadim. Bilganim, menga yo boshqa kimgadir yoqmagan kitobning yo‘q qilinishi bora bora menga yoqqan kitoblarning yo‘q qilinishiga ham olib keladi. Jamiyat shuni tushunishi kerak, nazarimda. Diniy radikallikni tarqatyapti, dinsizlikni tarqatyapti, jinsiy kontent tarqatyapti, ishqilib tarqatyapti. Xo‘p, nimani tarqatishi kerak bu kitob o‘lgur? Undan ko‘ra Elon Maskka aytaylik, bitta chip yaratib, ichiga kerakli g‘oyalarni tiqsin. Keyin miyamizga o‘rnatsin. Olam guliston. Hech bo‘lmasa bu senzuraning biron chegarasi aniq bo‘lsin. Rosti, o‘zbek senzurasini doim kimgadir nimanidir isbotlashga urinib yotgan injiq o‘spiringa o‘xshataman. Aslida nima xohlayotganini aniq bilmaydi, lekin g‘ingshiyveradi. Xullas, sevimli qo‘shiqchim, o‘zbek mentalitetiga uncha to‘g‘ri kelavermaydigan Sevdaliza bir qo‘shig‘ida shunday degandi: Yo Xudo, Kim bo‘lay axir? Qay istak eltadi seni qoshimga? O‘zga yovuzlik qoplar seni har tashrifingda, Kutasan bir malakni jahannamga sudramoq uchun. Yo Xudo, Kim bo‘lay?.. Mirzohid

    Текст
    Просмотры3,08 тыс.
    Пересылки—
    Реакции58
    Комментарии—

Новые посты

#7329Текст
Просмотры912−68%к среднему
Пересылки—
Реакции20
Комментарии—
#7328Текст
Просмотры1 750−38%к среднему
Пересылки—
Реакции58
Комментарии—
#7324Текст
Просмотры3 750+34%к среднему
Пересылки—
Реакции76
Комментарии—
#7323Текст

Открыть в Telegram
Просмотры3 080+10%к среднему
Пересылки—
Реакции58
Комментарии—
#7320Текст

Eshitishimcha, O'zbekistonda jamiyatning eng og'riqli yaralaridan, eng jirkanch illatlaridan biri bo'lmish pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi tayinlanayotgan ekan. O'rinli qaror. Aslida ko'pimiz bundan qoniqmay jinoyatchining jismoniy butunligiga tahdidni ham oqlaydi. Men ham bunga qarshi emasman, lekin huquqiy jarayonda xato nasibi ham qoldirilishi kerak. Ya'ni, kimdir tuhmat bilan qamalsa, kun kelib oqlanishi mumkin, ammo qatl qilinsa, hech kim uni qaytarolmaydi. Natijada, hammaga ma'lum, sud tizimimiz doim ham holis ishlayvermaydi. Shu o'rinda turmush yoshini ham qayta savol ostiga olish kerak. Oxirgi marta borgan paytim yoshlar orasida turmush qurish vasvasasi aylanib yurganini ko'rdim. Negadir "Qiz qolmaydi" qabilida gaplar ko'payibdi. Avval bo'lajak qaynonalar universitet ostonasini supurgan bo'lsa, endi maktab o'qituvchilariga sarpo kiydiraman, deydi. O'n olti yashar qiz ham qonunan bola hisoblanmaydimi? Avval ham eshitardik, avom tabaqa orasida "Qizni kichkinaligidan tarbiyalab keyin uylan" degan gap bo'lardi. Bir ora bu yo'q bo'ldi, lekin yana tirilibdi. Hali burnini ham artolmaydigan yigirma yashar bolalar o'n to'rt yashar qizlarga ilakishyapti. Va, bu ota-onalar tomonidan ham o'ta tabiiy qabul qilinyapti. O'n sakkiz yoshga to'lganiga bir oy bo'lgan kishining o'n sakkiz yoshga to'lishiga bir oy qolgan kishiga gapirishi ham aslida jinoyat. Jamiyat sifatida buni anglashimiz kerak. Va, yo'q, hech kim hech qayerga qochib ketayotgani yo'q. O'n to'qqiz yoshda uylangach Xudo he yo'q be yo'q seni boy qilib qo'ymaydi. Puling bo'lgan taqdirda ham hali o'zing bola bo'la turib bola ulg'aytirolmaysan. Ulg'aytirgan bolangdan jamiyatga foyda tegishi qiyin... O'zi shundog'am xuddi bir nimadan quruq qolgandek tug'ilgan bolalarning travmasi o'zbek jamiyati ongostida yiringdek irib yotibdi. Bu yiring isini esa biroz vazminlik, kutish, o'zini jilovlash bilan yo'qotish mumkindir balki. Kimdir bu erta turmush vasvasasini tobora avj olayotgan muhofazakorlikka taqaydi. Bo'lsa bordir, lekin aytib qo'yay, biz hech qachon yangi kelgan qoidalarni tom ma'noda hazm qila olmaymiz. Umraga savob uchun bormaymiz. Hijobni ko'pincha oilaviy majburlashlar natijasi o'laroq taqamiz. Va, Allohning amri deb o'n sakkizda uylanmoqchi bo'lganlarning ko'pi bobosining mozorida Fotiha ham o'qiy olmaydi. Tan olaylik buni. Bilmadim, ehtimol bu jamiyatdagi maqsadsizlikdan ham bo'lishi mumkindir... Qancha o'qima, qancha ishlama, baribir o'zing istagan odam bo'lolmaysan. Bu umidsizlik ichida balki oila qursam bari o'z iziga tushib ketar, degan puch istak... Filologiyada "deus ex-machina" degan tushuncha bor. Ba'zan yozuvchi asarini shunchalik chigal voqealar bilan o'rab chirmaydiki, oxiri qahramonlarini qutqarish uchun yo'q joydan lop etib qandaydir chora yaratadi. Bu choraning mantiqli bo'lishi shart emas. Masalan, ertaklardagi shahzodani olaylik. Hech kim uning qayerdan kelgani, nega kambag'al qizga oshiq bo'lgani yo uni qutqarish istagini bilmaydi. Shunchaki shahzoda qutqaruvchi. Mana shu mantiqsiz holatni deus ex-machina deb ataymiz. Ya'ni, mashinadan chiqqan Xudo. Hech narsadan hech narsa yo'q namoyon bo'lgan najot. Hayotda deus ex-machina yo'q. Har bir harakatimizning natijasi, mantig'i bor. Biz uni rad qilganimiz sayin jamiyatda hech qachon ota rolini ko'rmay oxiri "menga hamma narsa mumkin" deb o'ylaydigan travma qoplari, hamma narsani yuzakilikdan iborat deb o'ylaydigan sohta shaxsiyat manqurtlari ko'payaveradi... Qissadan hissa, pedofildan nafratlangan holda borib o'n besh-o'n olti yashar qizga ko'z olaytirmaylik. Biroz odam bo'laylik. Yigirmadan keyin farzandli bo'lsak ham hech kim bizni urib o'ldirmaydi. Gormonlarimizni din bahonasi bilan quturtirgandan ko'ra ularni nazoratga olsak, hammamiz nisbatan sog'lom jamiyatda yashaymiz. Mirzohid @bobil_kutubxonasi

Открыть в Telegram
Просмотры4 080+45%к среднему
Пересылки—
Реакции96
Комментарии—
#7316Текст

Shu kunlarda Alpomish dostonini qayta o'qiyapman. Shu bois tishimga tega boshlagan ba'zi mantiqiy xato va tahminlarni yozib o'tmoqchiman. 1. Boybo'rining zakot fikridan boshlaylik. Boybo'ri o'zini shunchalik ustun ko'radiki, hatto zakotini berish uchun o'zidan ustun odam ham topolmaydi. Shu bois ana, inim Boysari menga zakot bersin, topgani harom bo'lmasin, deydi. Boysari esa og'asi jo'natgan yetti mahramni g'azab ustida o'ldiradi. Endi og'am o'g'illi bo'lib meni past ko'ryaptimi? Drama!!! Boysari shundog'am Shohimardon pirim og'asiga o'g'il, o'ziga qiz bergani uchun alamzada edi. Zakot esa buni battar qildi. Boz ustiga, bu yerda Boysarining bugun xalqimiz ongostiga singib ketgan "shaxsiy manfaatga asoslangan tanish-bilishchilik yoxud oqibat" illatini isbotlaganini ham ko'ramiz. Og'am mendan (!) zakot so'rayapti? Begona emasmizku. Undan ko'ra yot ellarda yurganim yaxshi. Ya'ni, tizimga itoat qilgandan ko'ra boshqa yurtda besh battar yashaganim yaxshi. 2. Mahram elchilarni o'ldirgach nima qiladi? Albatta burnini sho'lqillatib xalqidan, to'g'rirog'i oqsoqollardan maslahat so'raydi. Buni haligi bechoralarni o'ldirishdan avval ham qilishi mumkin edi, to'g'rimi? Elchiga o'lim yo'q, degan narsani nahot bilmasa? Menimcha, buyoqda faqat hasad va alam emas, balki davlat tuzumiga o'ta boshlagan ko'chmanchi turkiyning iztirobi ham bor. Zakot ya'ni soliq bo'lsa, xususiy mulk degani ham aslida xususiy bo'lolmaydi. Buni oqsoqollar sukunatidan keyingi Yartiboyning aytimida ko'ramiz. 3. Xo'p, Yartiboy kim? El orasida hurmat-izzati yo'q, poygakdan zo'rg'a joy topadigan nom-nishonsiz odam. Boysariga bizdan maslahat so'rama, deydi. Nega? Chunki zakot berma desa Boysari, ber desa Boybo'ri o'ldiradi. O'zing pishirgan osh. Lekin, Yartiboy yana bir haqiqatni fosh qiladi. Aytimda "xalqing seni unday sevadi, bunday sevadi, shu bois sen qayoqqa borsang bizaram o'shaqqa boramiz" deydi-yu gap orasida shunday gullaydi: Bunda qolgan odam tayin o'ladi, Fe'li ketib zakot deb ham turibdi, Qolganning molini tortib oladi. Ya'ni, gap Boysariga bo'lgan sadoqatda emas. Hamma mol va jon dardida. Yana, ushbu mashmasha Yortiboy uchun o'zini ko'rsatish imkonini beradi. Yo'qotadigan narsasi yo'q. Gapirmasa ham o'lib ketishi mumkin. Shuning uchun gapirsin, balki Boysarining ihlosini qozonib bu poygakdan qutular. 4. Qalmiqlar, to'g'rirog'i Toychaxon aslida biz o'ylaganchalik yovuz emasdek. Baxshi Boysari-yu xalqining neccha-necha to'qay moli, ot-u tuyasi borligini ikki soat madh etgach, oraga "bular ekin-tikin bilmasdi" deb qo'shib ketadi. Xo'p. Keyin? Keyin bular Boysarining bema'ni arazi sabab Qalmiq tomon yo'lga tushadi. Uyoqda Toychaxon degan ekin-tikin ishiga usta hukmdor bor. Bularning chorvasi o'sha Toychaxonning dalasiga kirib ketadi. Bular ham dala yo ekin nima bilmaydi, shu bois ha, bu o't ekanda, deb molini boqaveradi. Buni ko'rgan Toychaxon g'azablanib ularni jazolaydi. Nega endi u yovuz bo'lishi kerak? Masalan, vikinglar mo'ynaga ishqiboz bo'lishgan. Kelib Boysarining to'qson to'qay qo'yini so'yib ketsa, butun mollari-yu tuyasining terisini shilib olsa, keyin Boysari ularni jazolasa... Vikinglarni himoya qilarmidik? Albatta yo'q. Hozircha shular. 🙂 Ps. Bu yozganlarimni ilmiy-filologik matn sifatida tushunmang. Lekin kelajakda "Alpomish" ning ijtimoiy-iqtisodiy, antropologik tahlilini amalga oshirsam kerak)) Mirzohid @bobil_kutubxonasi

Открыть в Telegram
Просмотры4 330+54%к среднему
Пересылки—
Реакции56
Комментарии—

Все посты

Связи