🙂 Bozor kayfiyati: tokenlarni qanday oqilona tanlash mumkin «Hamma shu token haqida gapiryapti» deb uni sotib olib, keyin narxi tushib ketganini kuzatganmisiz? Bozor kayfiyatining ta’siri shunday bo‘ladi. Bozor kayfiyati nima? Bozor kayfiyati (yoki sentiment) — treyderlarning muayyan paytdagi umumiy hissiy holati: Qo‘rquv: odamlar vahimaga tushib, aktivlarini sotadi va narxlar ko‘pincha adolatli qiymatidan ham pastga tushadi. Ochko‘zlik: odamlar imkoniyatni qo‘ldan boy berish qo‘rquvi (FOMO) bilan xaridga shoshiladi va narxlar ko‘pincha haddan tashqari ko‘tariladi. «Boshqalar ochko‘z bo‘lganda qo‘rqing, boshqalar qo‘rqqanda esa ochko‘z bo‘ling». — Warren Buffett 📊 Bozor kayfiyatini baholashning 3 ta oddiy usuli 1. Qo‘rquv va ochko‘zlik indeksi: 0 dan (haddan tashqari qo‘rquv) 100 gacha (haddan tashqari ochko‘zlik) bo‘lgan ko‘rsatkich. 2. Savdo hajmi: narx oshib, savdo hajmi past bo‘lsa, bu — ogohlantiruvchi belgi. 3. Ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuv: token birdan hamma joyda tilga olina boshlasa, nima sababdan va uni sizga kim sotayotganini o‘ylab ko‘ring. 😏 Token sotib olishdan oldin quyidagilarni tekshiring: — Loyiha aslida nima bilan shug‘ullanadi? — Bozor kapitallashuvi va likvidlik bo‘yicha yetakchilar qatoridami? — Uning ortida kimlar turibdi va jamoa a’zolari haqida ochiq ma’lumot bormi? — Tahlil asosida xarid qilyapsizmi yoki FOMO ta’siridami? 💡 Oltin qoidalar — Yo‘qotishga tayyor bo‘lganingizdan ortiq mablag‘ kiritmang. — Mablag‘ingizni bir nechta tokenga taqsimlang (diversifikatsiya qiling). — Reja tuzing va ko‘pchilikka ko‘r-ko‘rona ergashmang. 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramПосты канала Binance Uzbekistan 🇺🇿
💰 Bu hafta qayerda daromad olish mumkin: Binance Earn’da yillik 35% gacha Moslashuvchan mahsulotlarda steyblkoinlar uchun yangi stavkalar bilan takliflar to‘plamini yangiladik. Binance Earn — kripto-aktivlaringiz hisobda saqlanib turgan holda daromad keltiradigan bo‘lim. Siz tanga va muddatni tanlaysiz, foizlar esa avtomatik hisoblanadi. AIGENSYN: moslashuvchan mahsulotda yillik taxminan 35%. Bu — to‘plamdagi eng yuqori stavka. Eng kam miqdor — 1 AIGENSYN, har bir foydalanuvchi uchun limit — 300 000 AIGENSYN. USDC: moslashuvchan mahsulotda bonus stavkasi bilan yillik 4,5% gacha. VIP foydalanuvchilar uchun dastlabki 50 000 USDCga yillik 5,5% gacha. Taklif 12-dekabr, soat 04:59 (UTC+5) gacha amal qiladi. USDe: bazaviy stavkaga qo‘shimcha 4,75% bonus. Kamida 0,01 USDe’ni 24 soat davomida saqlang. Taklif 1-dekabr, soat 04:59 (UTC+5) gacha amal qiladi. USDT: taxminan 1,6% bazaviy stavka va dastlabki 800 USDT uchun qo‘shimcha 3% bonus. Simple Earn reytingida $300 minglik SXT mukofotlari. Ishtirokingizni tasdiqlang va ETH bo‘yicha moslashuvchan mahsulotga hamda SXT bo‘yicha moslashuvchan yoki belgilangan muddatli mahsulotga obuna bo‘ling. Muddat: 5-dekabr, soat 04:59 (UTC+5) gacha. Dual Investment’da 5 888 USDCgacha. Sovrin jamg‘armasi — 40 000 USDC, faqat VIP foydalanuvchilar uchun. Muddat: 5-dekabr, soat 04:59 (UTC+5) gacha. Siz o‘z ishlaringiz bilan band bo‘lganingizda, foizlar hisoblanib boradi. Barcha tafsilotlar maqolada 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 283 |
| 5 ч | 622 |
- Через 1 час283
- Через 6 часов622
- Всего сейчас622
💸 Binance’da TradFi savdosi arzonlashdi 25-noyabr, soat 13:00 (UTC+5) dan Binance TradFi bo‘limida an’anaviy aktivlar savdosi uchun komissiyalarni pasaytirdi. Platforma komissiyasi ikki baravar kamaydi, spred esa endi VIP darajangizga bog‘liq. Yangi komissiyalar: — Oddiy foydalanuvchilar va VIP 1–3: spred 0,05% — VIP 4–7: spred 0,04% — VIP 8–9: spred 0,01% — Barcha foydalanuvchilar uchun platforma komissiyasi: 0,35 USD o‘rniga 0,17 USD Komissiya qanday hisoblanadi: Har bir order uchun faqat bitta komissiya olinadi — spred yoki platforma komissiyasidan qaysi biri yuqori bo‘lsa, o‘shasi qo‘llanadi. Oddiy foydalanuvchi uchun misol (spred 0,05%): — 1 000 USDC miqdoridagi savdo: spred 0,50 USDC bo‘lib, platforma komissiyasidan yuqori. Shuning uchun 0,50 USDC to‘laysiz — 300 USDC miqdoridagi savdo: spred 0,15 USDC bo‘lib, platforma komissiyasidan past. Shuning uchun 0,17 USDC to‘laysiz Nimalarni bilish muhim: — Yangi komissiyalar iOS va Android ilovalarining 3.21.0 va undan keyingi versiyalarida amal qiladi — Komissiya verguldan keyin ikki xona aniqligida yuqoriga yaxlitlanadi 👉 E’londa batafsil 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 574 |
| 8 ч | 762 |
- Через 6 часов762
- Всего сейчас762
⏳ Tashkent MeetUp: joyingizni band qilishga ulgurib qoling! 4-dekabr kuni Toshkentda Binance jamoasi bilan uchrashing! Kripto-aktivlar haqida ko‘proq bilib oling, savollaringizga javob toping va hamfikrlar bilan tanishing. Sizni kutmoqda: — Binance, savdo, Earn, hisobni to‘ldirish va mablag‘ yechib olish haqida foydali ma’lumotlar — 1 500 000 so‘mgacha qiymatdagi vaucherlar va Binance merchini yutish imkoniyati — Jonli muloqot va savol-javoblar 📍 Hyatt Regency Tashkent 🗓 2026-yil 4-dekabr Kirish bepul, lekin oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Bo‘sh joylar tugamasidan o‘z joyingizni band qilishga ulgurib qoling 🫡 ➡️ Joyingizni hoziroq band qiling Toshkentda ko‘rishguncha! 💛 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 16 ч | 816 |
| 24 ч | 1 060 |
- Через 24 часа1 060
- Всего сейчас1 060
🛡 Binance mustaqil xavfsizlik tekshiruvi uchun Mandiant, SlowMist va Verichains’ni jalb qildi Xavfsizlik tartib-taomillarimizni mustaqil tekshirish uchun kiberxavfsizlik sohasidagi uchta yetakchi kompaniyani taklif qildik. Tekshiruvni kimlar o‘tkazadi: — Mandiant (Google Cloud tarkibiga kiradi) 20 yildan ortiq vaqt davomida davlat darajasidagi kiberhujumlar va boshqa murakkab hujumlarni tekshirib kelmoqda — SlowMist blokcheyn xavfsizligi va tahdidlarni tahlil qilishga ixtisoslashgan — Verichains Web3’dagi eng yirik hodisalarning ayrimlarini tekshirgan va ularning oqibatlarini bartaraf etishga yordam bergan Mutaxassislar tizimlarimizni o‘rganib, himoyani qaysi jihatlarda yanada kuchaytirish mumkinligini aniqlaydi. Tekshiruv yakunida ularning xulosalari asosida choralar ko‘ramiz. «Xavfsizlik tartib-taomillarimizni mustaqil tahlil qilish uchun bu sohadagi eng nufuzli uchta kompaniyani jalb qildik. Ular tizimlarimizni o‘rganib, qaysi jihatlarni yanada kuchaytirishimiz mumkinligini ko‘rsatib beradi», — Jimmy Su, Binance xavfsizlik bo‘yicha direktori. → Blogda batafsil Aktivlaringiz xavfsizligi biz uchun doimo birinchi o‘rinda 💛 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramSharia Earn: Shariat tamoyillariga mos mukofotlar Binance’ning shariat tamoyillariga mos mukofot olish mahsuloti bilan tanishing Sharia Earn — Amanie Advisors tomonidan sertifikatlangan Binance mahsuloti. Dastlab mahsulot SOL, ETH va BNB aktivlarini qo‘llab-quvvatlaydi Ishtirok etishdan oldin mahsulot qanday ishlashini o‘rganing, hisobingiz uchun mavjudligini tekshiring hamda shartlar va xatarlar bilan tanishing 👉 Sharia Earn haqida batafsil ma'lumot va a'zo bo'lish 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramBozorlar yopiqmi? Savdoni davom ettiring — 24/7, hatto dam olish kunlari ham TradFi (traditional finance — an’anaviy moliya) — kompaniyalar, metallar va xomashyo bozorlari. Oddiy birjalar kechqurun va dam olish kunlari yopiladi, Binance’da esa TradFi savdosi 24/7 davom etadi. Broker kerak emas: hisobni to‘ldirish, tokenlashtirilgan aktivlarni sotib olish yoki fyuchers pozitsiyasini ochish — hammasi bitta ilovada. 👉 To'liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в Telegram📊 6,3 milliard dollar — Binance oncheyn zaxiralarining qariyb 4% Hodisa bilan bog‘liq 6,3 milliard dollarlik zarar Binance’ning hodisadan oldingi oncheyn zaxiralarining 4,3% tashkil etadi. O‘sha paytda zaxiralar BNBni hisobga olmaganda 144,9 milliard dollar bo‘lgan. Mablag‘ yechib olish tiklangach, zaxiralar 127,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Shundan 44,1 milliard dollari steyblkoinlarda saqlanmoqda. Steyblkoinlardagi ushbu mablag‘ hodisa bilan bog‘liq zarar miqdoridan taxminan 7 baravar ko‘p. Zaxiralarning kamayishi qisman kripto-aktivlarning narxlarining pasayishi bilan bog‘liq. 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в Telegram📣 4-dekabr kuni Toshkentda Binance bilan uchrashing! Kripto-aktivlar haqida ko‘proq bilib oling, Binance jamoasiga savollaringizni bering va hamfikrlar bilan tanishing! Sizni kutmoqda: — Binance, savdo, Earn, hisobni to‘ldirish va mablag‘ yechib olish haqida foydali ma’lumotlar — 1 500 000 so‘mgacha qiymatdagi vaucherlar va Binance merchini yutish imkoniyati — Jonli muloqot va savol-javoblar 📍 Hyatt Regency Tashkent 🗓 2026-yil 4-dekabr Kirish bepul, lekin oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Joylar cheklangan! → Joyingizni hoziroq band qiling
Открыть в Telegram📊 Hodisadan keyin ham Binance’da savdo to‘xtamadi 5-noyabr kuni Binance’da spot va fyuchers savdolarining umumiy hajmi 122 milliard dollarga yetdi. Bu hujumdan oldingi 30 kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan (65 milliard dollar) 88% yuqori va hodisa sodir bo‘lgan kundagi hajmdan ham ko‘p. O‘sish asosan fyuchers savdosi hisobiga yuz berdi. Faqat steyblkoinlar o‘rtasidagi ayirboshlash hajmi kamaydi: hujumdan keyingi haftada u 54% pasaydi. Bunga foydalanuvchilar steyblkoinlardagi mablag‘larini qayta taqsimlashni vaqtincha to‘xtatgani sabab bo‘ldi. 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramBinance bStocks (aksiyalar bilan ta'minlangan tokenlar) orqali Microsoft Corporation (MSFT) va Applied Materials, Inc. (AMAT) kompaniyalarining pul shaklidagi dividend to‘lovlarini qo‘llab-quvvatlaydi Binance MSFTB va AMATB bStocks tokenlari egalari uchun Microsoft Corporation (MSFT) va Applied Materials, Inc. (AMAT) kompaniyalarining pul shaklidagi dividend to‘lovlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Tegishli soliqlar, komissiyalar, xarajatlar va boshqa chegirmalar ushlab qolingach, dividendning sof summasi ayni bazaviy qimmatli qog‘ozning qo‘shimcha birliklari yoki ulushlariga qayta investitsiya qilinadi. Talablarga javob beradigan foydalanuvchilar dividend to‘lovlarini mos ravishda MSFTB va AMATB aksiyalari bilan ta'minlangan tokenlari ko‘rinishida oladilar. 👉 Batafsil ma’lumot uchun 🇺🇿 Binance O‘zbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramTiklash jarayoni bo‘yicha yangi ma’lumot: ZK-proof va 87 ta tarmoqda mablag‘ yechib olish Nol bilimli isbot (zero-knowledge proof) tayyorlandi. Shu hafta Binance 87 ta tarmoqda mablag‘ yechib olishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Tarmoqlarning to‘liq ro‘yxati: APT, HYPE, 0G, BERA, CELO, CHZ2, EGLD, ETC, ETHW, FRAXTAL, SEIEVM, ZKSYNCERA, LTC, NEAR, ARK, CFX, CYBER, DCR, DGB, ENDURANCE, GUNZ, HEMI, KAIA, KATANA, KAVAEVM, LINEA, MANTA, MEGAETH, MINA, MTL, OPBNB, PLASMA, PLUME, ROBINHOOD, RON, ROSE, SCROLL, THETA, VANA, VET, WLD, XAI, ZILEVM, ONT, DYM, XLM, IOTA, SONIC, TAO, ADA, CKB, ENJ, ALGO, STX, ASTR, AXL, BAND, KAVA, POLYX, SAGA, BABY, DYDX, MANTRA, OSMO, TIA, ATOM, STARKNET, MOVE, AR, STATEMINT, ICP, AVAX, NEO3, FIL, STRAX, RSK, METIS, LUMIA, NANO, SCRT, ALLORA, SOMI, XVG, KUSAMA, CHR, XEC, XTZ Qolgan barcha tarmoqlar va aktivlar bo‘yicha mablag‘ yechib olishni shu hafta oxirigacha tiklashni rejalashtirmoqdamiz. Keyingi ma’lumotlar Binance’ning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat 💛
Открыть в Telegram🇺🇿 O‘zbekiston, Binance’ni kutib oling! Toshkentda yuzma-yuz uchrashamiz! 4-dekabr kuni Binance hamjamiyatini Toshkentdagi oflayn uchrashuvda bir joyga jamlaymiz! Kripto-aktivlar haqida ko‘proq bilish, savollaringizga javob olish va hamfikrlar bilan tanishish uchun bizga qo‘shiling. Sizni nimalar kutmoqda? — Binance ekotizimi, O‘zbekistondagi imkoniyatlar, hisobni to‘ldirish va mablag‘ yechib olish, savdo, Binance Earn va yana ko‘plab mavzular — 1 500 000 so‘mgacha qiymatdagi vaucherlar va Binance brendli sovg‘alari o‘yini 🎁 — Kripto ixlosmandlari bilan tanishuv va jonli muloqot — Savol-javoblar va samimiy muhit 📍 Joy: Hyatt Regency Tashkent Manzil: Toshkent shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 1A 🗓 Sana: 2026-yil 4-dekabr Ishtirok etish bepul, ammo oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Joylar soni cheklangan! 👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting
Открыть в Telegram💱 Forex yoki tokenlashtirilgan oltin — qaysi biri yaxshiroq? Valyuta kurslaridagi o‘zgarishlardan daromad izlashmi yoki oltinga sarmoya kiritishmi? 🤔 Siz qaysi birini tanlardingiz va nima uchun? Izohlarda yozing 👇
Открыть в TelegramXavfsizlik hodisasidan zarar ko‘rgan barcha aktivlarning o‘rnini to‘liq qopladik Hodisa oqibatida zarar ko‘rgan barcha aktivlarning o‘rnini qoplashni yakunladik. Shuningdek, Proof of Reserves ma’lumotlarining yangi qaydini e’lon qildik: unda barcha aktivlar hisobga olinganini ko‘rish mumkin. Zararlarni qanday qopladik: — Buning uchun o‘z mablag‘larimizdan 6,34 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirdik — Zarar ko‘rgan tokenlarni bozor va birjadan tashqari (OTC) kanallar orqali sotib oldik — SAFU fondining bir qismi, fyucherslar sug‘urta fondining bir qismi (xatarlarni boshqarish tizimimiz talab qiladigan darajadan ortiq mablag‘lar) hamda Binance’ning korporativ mablag‘laridan foydalandik → Proof of Reserves Sabr-toqatingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat.
Открыть в Telegram🛡 Binance’dagi kripto-aktivlaringiz haqiqatan ham 1:1 nisbatda ta’minlanganini qanday tekshirish mumkin Shunchaki ishonish shart emas — barchasini o‘zingiz tekshirishingiz mumkin. Bu qanday ishlashini tushuntiramiz 👇 Zaxiralar tasdig‘i qanday ishlaydi: — Har oy barcha foydalanuvchilarning o‘sha paytdagi balanslarini qayd etib, ularni Merkle daraxtiga jamlaymiz. Sizning akkauntingiz — shu daraxtning barglaridan biri — Istalgan balans hatto bir sentga o‘zgarsa ham, daraxtning ildiz qiymati o‘zgaradi va buni yashirib bo‘lmaydi — Jami summalarni zk-SNARK yordamida tasdiqlaymiz. Bu nol bilimli isbot bo‘lib, har bir foydalanuvchining balansini oshkor qilmasdan ma’lumotlarni tasdiqlaydi O‘z balansingizni qanday tekshirishingiz mumkin: 1. Proof of Reserves sahifasini oching va o‘zingizga tegishli qaydni yuklab oling 2. Ochiq kodli tekshirish vositasini ishga tushiring 3. Balansingiz hisobga olinganiga ishonch hosil qiling Muhim: qayd hozirgi balansingizni emas, ma’lumotlar qayd etilgan paytdagi balansingizni ko‘rsatadi. → Zaxiralarni tekshirish Ishonmang — tekshiring 😎 🇺🇿 Binance Özbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramBinance Lite Loan aksiyasi uzaytirildi: xizmat haqiga 50% chegirma bilan oson kredit oling! (2026-11-13) Binance Lite Loan maxsus aksiyasini yana bir oyga uzaytirmoqda! Aksiya davomida foydalanuvchilar Lite Loan xizmat haqiga 50% chegirmadan foydalanishda davom etishlari mumkin. 👉 Batafsil ma’lumotni bu yerda o‘qing 🇺🇿 Binance Özbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в Telegram🏷 Yield Arena: hafta takliflari Binance Earn mahsulotlar ro‘yxatini yangiladi — biz eng qiziqarli takliflarni jamladik. 💡 Bu yerda ilk bor bo‘lsangiz, asosiy tushunchalar bilan tanishing: — APR — yillik foiz stavkasi. 100 USDTni yillik 3% bilan joylashtirsangiz, stavka o‘zgarmagan taqdirda bir yildan so‘ng taxminan 103 USDT olasiz. Stavka qat’iy belgilanmagan va bozor bilan birga o‘zgaradi — Moslashuvchan mahsulot: mablag‘ni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin, lekin stavka biroz pastroq — Belgilangan muddatli mahsulot: mablag‘ ma’lum muddatga, masalan, 90 kunga joylashtiriladi, buning evaziga stavka yuqoriroq bo‘ladi — Bonus stavkasi — summaning dastlabki qismiga qo‘shiladigan ustama. «1 000 USDTgacha +8%» degani, oshirilgan foiz dastlabki ming USDTga qo‘llanadi, qolgan summaga esa bazaviy stavka amal qiladi — Steyking: tarmoq faoliyatiga hissa qo‘shasiz va buning uchun mukofot olasiz Steyblkoinlar bo‘yicha moslashuvchan mahsulotlarga 0,01 USDTdan boshlab mablag‘ joylashtirish mumkin. Bu haftadagi yangiliklar: ➡️ HUMA: moslashuvchan mahsulotda yillik taxminan 20%. Bu — to‘plamdagi eng yuqori stavka. Eng kam miqdor — 1 HUMA, har bir foydalanuvchi uchun limit — 3 000 000 HUMA. ➡️ USDT: bonus stavkasi 8% gacha oshdi. Hozir bazaviy stavka taxminan 3,5%, dastlabki 1 000 USDT uchun esa qo‘shimcha 8% bonus beriladi. ➡️ USDC va U: moslashuvchan mahsulotlarda bonus stavkasi bilan mos ravishda yillik 9% gacha va 10% gacha. USDC taklifi 21-noyabrgacha, U taklifi esa 24-noyabr, soat 23:59 UTC gacha amal qiladi. ➡️ KGST: moslashuvchan mahsulotda yillik 15% gacha (taxminan 5% bazaviy stavka + 100 000 KGSTgacha bo‘lgan summaga 10% bonus). ➡️ Simple Earn reytingida $300 000lik SXT mukofotlari. Ishtirokingizni tasdiqlang va ETH bo‘yicha moslashuvchan mahsulotga hamda SXT bo‘yicha moslashuvchan yoki belgilangan muddatli mahsulotga obuna bo‘ling. Muddat: 4-dekabr, soat 23:59 UTC gacha. ➡️ USDe: yillik 5,25%. Kamida 0,01 USDe’ni 24 soat saqlang. 12-noyabr, soat 23:59 UTC gacha ulgurib qoling. ➡️ Dual Investment’da 5 888 USDCgacha. Sovrin jamg‘armasi — 40 000 USDC, faqat VIP foydalanuvchilar uchun. Muddat: 4-dekabr, soat 23:59 UTC gacha. Yield Arena’ning doimiy mahsulotlari: — Moslashuvchan: ETH (taxminan 1,1% + 0,2 ETHgacha bo‘lgan summaga 0,1% bonus), SOL (taxminan 2,1%) — Belgilangan muddatli: — 90 kun: SSV (12%, mukofot ETHda), ATOM (9,1%), GRAM (7,2%), SOL (3,8%), GRT (1,8%), BNB (0,3% + airdroplar) — 60 kun, faqat VIP foydalanuvchilar uchun: SOL (3,9%), BTC (0,3%) — ETH steykingi (yillik 2,16% gacha) va SOL steykingi (yillik 4,4% gacha) — BTC va ETH bo‘yicha Dual Investment (yillik 15% dan boshlab) → Yield Arena’ga o‘tish Aktivlaringiz siz uchun ishlasin 😎 🇺🇿 Binance Özbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в Telegram🛡 iPhone foydalanuvchilari uchun muhim: iOS’da zaiflik aniqlandi iOS 26.7.1, 27.0.1 va 27.2 versiyalarida worse_query zaifligi aniqlandi. U orqali zararli ilova boshqa ilovalarning fayllariga kirishi mumkin. Natijada seed-iboralar, maxfiy kalitlar va hisobga kirish ma’lumotlari xavf ostida qolmoqda. Bu iOS tizimining o‘zidagi muammo bo‘lib, nafaqat Binance, balki butun ekotizimga taalluqli. Hoziroq nima qilish kerak: — Rasmiy App Store’dan tashqari manbalardan o‘rnatilgan ilovalarni (uchinchi tomon yoki qo‘lda imzolangan IPA-fayllarni) o‘chiring. — iOS va barcha ilovalarni eng so‘nggi rasmiy versiyalariga yangilang. — Ma’lumotlaringiz sizib chiqqanidan shubhalansangiz, zararli dasturlardan xoli qurilmada yangi hamyon yarating, mablag‘laringizni unga o‘tkazing va barcha faol seanslarni yakunlang. Tekshirilmagan manbalardan ilovalar o‘rnatmang va qurilmangizni o‘z vaqtida yangilab boring. Telefoningiz xavfsizligi — mablag‘laringiz xavfsizligining asosi 🫡 🇺🇿 Binance Özbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramHurmatli Binance foydalanuvchilari, FinCEN’ning MEXC’ni pul yuvish bilan bog‘liq jiddiy xavf manbai (Primary Money Laundering Concern) deb belgilash haqidagi so‘nggi qaroridan keyin Binance quyida ko‘rsatilgan kriptoaktiv xizmatlari provayderlari va platformalari bilan bog‘liq operatsiyalarni endi amalga oshira olmaydi: MEXC Global Limited MEXC Estonia OÜ GIDA Technology AG MXC Global Ltd MEXC Global Foundation Ltd MEXC Singapore Pte Ltd MEXC (Comoros) Ltd MEXC MEXC Global MEX Global Ltd MX Global LTD MEX Exchange (avvalgi nomi) MEXC hamkorlari Shu munosabat bilan Binance orqali bevosita yoki bilvosita yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlarga mablag‘ yubormasligingizni, ulardan mablag‘ qabul qilmasligingizni va ushbu tashkilotlar orqali hech qanday operatsiya amalga oshirmasligingizni so‘raymiz. – Binance hisobingiz yoki hamyoningizdan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlarga mablag‘ yuborish bo‘yicha barcha so‘rovlar rad etiladi. – Binance tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlardan qabul qilingan barcha depozitlar vaqtincha ushlab turiladi va muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkaziladi. Binance Foydalanish shartlariga muvofiq foydalanuvchilarga qo‘shimcha cheklovlar, jumladan, hisobga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish chorasi qo‘llanilishi mumkin. Bunday faoliyat Binance’ning Foydalanish shartlarini buzish deb baholanishi mumkinligi sababli, muvofiqlik tekshiruvi davomida tegishli hisoblarga ham cheklovlar qo‘llanilishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun 🇺🇿 Binance Özbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в Telegram🙂 Steyblkoinlar shunchaki turishi kerak deb kim aytdi? Steyblkoinlaringiz siz uchun ishlasin: Binance Earn’da yillik 10% gacha daromad olishingiz mumkin 🤑 USDC, USDT, RWUSD yoki BFUSDga obuna bo‘ling va steyblkoinlaringiz uchun qo‘shimcha mukofot oling. Qanday faollashtirish mumkin: kampaniya davomida istalgan summada kamida bitta yangi obuna rasmiylashtiring. → Qatnashish → Batafsil 🇺🇿 Binance Özbekistonda litsenziyalangan mahalliy hamkori — CoinPay orqali rasmiy faoliyat yuritadi. Binance ilovasi | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramMablag‘ yechib olish bo‘yicha so‘nggi yangiliklar Hozirda quyidagi tarmoqlar va aktivlar bo‘yicha mablag‘ yechib olish tiklandi: Alpha uchun mablag‘ yechib olish yaqinda tiklangan tarmoqlar: ✅ BSC ✅ ETH ✅ BASE ✅ ARBITRUM Avval tiklanganlar: ✅ ETH: RLUSD, USD1, TUSD, FDUSD, XUSD ✅ ETH: ENA, USDE, PENDLE, WLD, QNT, SHIB, ZRO, FET, NIL, ONDO, ALT, SKY, LINK, ETHFI, REZ, JASMY, PUNDIX, BTC, BAT, STRK, POL, ANIME, LSK, RE, BREV, RLC, AMP, PLUME, BLUR, WBETH, ZBT, ENSO, AVA, TUSD ✅ SOL: USD1, PUMP, FDUSD, BMT, RENDER, RAY, TRUMP, MET, PENGU, JUP, PYTH, BONK, KMNO, BNSOL, ORCA, WIF, W, HUMA, JTO, IO, 2Z, BOME ✅ HYPE ✅ APT Xavfsizlik tekshiruvlari yakunlangani sari qo‘shimcha aktivlar va tarmoqlar bo‘yicha mablag‘ yechib olishni bosqichma-bosqich tiklashda davom etamiz. Keyingi ma’lumotlar Binance’ning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.
Открыть в TelegramMablag‘larni yechib olish bo‘yicha so‘nggi yangiliklar Hozirda quyidagi tarmoqlar va aktivlar uchun mablag‘larni yechib olish imkoniyati qayta tiklandi: Yangi: ✅ HYPE ✅ APT Allaqachon mavjud: ✅ ETH: RLUSD, USD1, TUSD, FDUSD, XUSD ✅ ETH: ENA, USDE, PENDLE, WLD, QNT, SHIB, ZRO, FET, NIL, ONDO, ALT, SKY, LINK, ETHFI, REZ, JASMY, PUNDIX, BTC, BAT, STRK, POL, ANIME, LSK, RE, BREV, RLC, AMP, PLUME, BLUR, WBETH, ZBT, ENSO, AVA, TUSD ✅ SOL: USD1, PUMP, FDUSD, BMT, RENDER, RAY, TRUMP, MET, PENGU, JUP, PYTH, BONK, KMNO, BNSOL, ORCA, WIF, W, HUMA, JTO, IO, 2Z, BOME Xavfsizlik tekshiruvlari yakunlanishiga qarab, qo‘shimcha aktivlar va tarmoqlar uchun mablag‘larni yechib olish imkoniyatini bosqichma-bosqich tiklashda davom etamiz. Keyingi yangiliklar Binance'ning rasmiy kanallari orqali e'lon qilinadi.
Открыть в Telegram