🎤2026-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi AKT va raqamlashtirish xizmati mutaxassislari tomonidan Mirobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisiga amaliy metodik yordam ko‘rsatildi. ✅Uchrashuv davomida bosma nashrlarni raqamlashtirish hamda ularga keyingi bosqichda qayta ishlov berish jarayoni bosqichma-bosqich o‘rgatildi. 🗯Amaliy mashg‘ulot avvalida nashrning fizik holatini baholash, sahifalarga zarar yetkazmasdan ishlash, yorug‘lik va fokusni to‘g‘ri sozlash kabi tayyorgarlik jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Skanerlash va tasvirga olish jarayonida esa sahifalarni yuqori aniqlikda olish, sahifa qiyshayishlarini bartaraf etish hamda soyalarni kamaytirish usullari ko‘rsatib o‘tildi. 🗯Keyingi bosqichda sahifalarni kesish, tekislash, kontrast hamda oq-qora muvozanatini to‘g‘rilash, shuningdek, fayl hajmi va tasvir sifati o‘rtasidagi muvozanatni saqlash amaliy jihatdan tushuntirildi. Yakunda sahifalarni tartibli yig‘ish, matnni tanish va foydalanishga qulay elektron formatlarga keltirish tartibi yoritildi. 📌Ko‘rsatilgan metodik ko‘mak tuman axborot-kutubxona markazlarida raqamli resurslar bazasini sifatli shakllantirish, texnik yondashuvlarni birxillashtirish va kitobxonlar uchun elektron manbalardan foydalanish qulayligini oshirishga xizmat qiladi. 🎁🎁🎁🎁🎁Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling! 👇🏻👇🏻 Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter | Bilim Audio | Manzilimiz
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 48 |
| 4 ч | 60 |
- Через 1 час48
- Через 6 часов60
- Всего сейчас60