Посты канала BDTI Lider Yoshlari (БГМИ/BSMI/BuxDTI)
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🖐 QADIMIY VA KÖHNA XORAZMDA — “BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI”NING RESPUBLIKA BOSQIÇI ÖTKAZILADI! 🏛 Joriy yilning 25–29-noyabr kunlari köhna va boqiy Xorazm zaminida, qariyb bir asrlik tarixga ega Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Prezidentimiz taşabbusi bilan yölga qöyilgan “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqiçi bölib ötadi. Ahamiyatlisi, Xorazm viloyati uşbu nufuzli sport musobaqalarining respublika bosqiçiga ilk bor mezbonlik qilmoqda. 🗣Aziz yoşlar! Öz kuçingiz, mahoratingiz va ğalabaga bölgan intilişingizni namoyon etişga tayyormisiz? Unda barçangizni 25–29-noyabr kunlari Urganç davlat universitetida bölib ötadigan “Beş taşabbus olimpiadasi”ning respublika bosqiçi musobaqalariga çorlaymiz! ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Открыть в Telegram🇺🇿🇺🇿 Бугун ватанимиз байроғи қабул қилинган кун. 1991 йил 18 ноябрь ➖ Ўзбекистон Республикасининг “Давлат байроғи тўғрисида”ги қонуни қабул қилинган кун. 🇺🇿 Барча юртдошларимизни ушбу сана билан табриклаймиз! Ўзбекистондаги тинчлик ва осойишталик бардавом бўлсин, байроғимиз баланд-баландларда ҳилпирайверсин 🤲 https://t.me/BDTILiderYoshlari
Открыть в Telegram💥Бугун 17 ноябрь - «Халқаро талабалар куни» билан барча талабаларни қутлаймиз! 🥳 Хар йили Халқаро талабалар куни 17 ноябрь куни нишонланади. Талабалик йўлида чеккан барча машаққатларингиз келажакда улкан ғалабалар олиб келсин. 🎓Байрамингиз муборак бўлсин! https://t.me/BDTILiderYoshlari
Открыть в Telegram🇺🇿 O‘ZBEGIMNING BAYROG‘I — G‘URURIM, IFTIXORIM! Davlatimiz bayrog‘i — milliy g‘ururimiz, mustaqilligimiz va ozodligimiz timsoli. Uning har bir rangi, har bir ramzida xalqimizning ezgu orzu-umidlari, buyuk tarixi va yorqin kelajagi mujassam. Bayrog‘imiz hilpiragan har bir maskanda Vatanga muhabbat, faxr va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi. Zero, bayroq — bu shunchaki ramz emas, balki xalqimizning sha’ni, birligi va g‘ururidir! Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo‘nalishi talabasi Raxmonova Gulzoda tomonidan “O‘zbegimning Bayrog‘i” nomli videoroligi. 🇺🇿 Bayrog‘imiz hamisha balandlarda hilpirasin! Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
Открыть в Telegram#diqqat #ehtiyotböling #tezkor Firibgarlar tomonidan «BTS» poçta xizmati nomi ostida zararli havolalar tarqatilmoqda Ogoh böling! Şubhali havolalarni bosmang. SMS orqali kelgan nomaʼlum xabarlarga işonmang va şaxsiy maʼlumotlaringizni begonalarga bermang. Yaqinlarga yuborib qöyamiz.
Открыть в TelegramMillatni, yoşlar kelajagi haqda qayğurgan har kimni yiğlatişi şart bölgan holat😢😢😢😢😢😔😔😔😔.
Открыть в TelegramПереслано из _♥️
Qizlar oʻrtasida basketbol sport musobaqasi bugun 15:00da boshlanadi. Murojaat uchun: 99-065-29-04, @Gulzoda_Bsmi. https://t.me/BDTILiderYoshlari
Открыть в Telegram⚽ Bizda ilk bor!!! XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA MINI FUTBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI! Xotin-qizlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollik va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida mini futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Maydondagi qizg‘in bellashuvlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi. 🏆 Musobaqa yakuniy natijalari: 🥇 1-o‘rin — “Aral-qizlar” jamoasi 🥈 2-o‘rin — “Qaqnus-qizlar” jamoasi 🥉 3-o‘rin — “Yoshlar” jamoasi Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz! Har bir jamoaning g‘ayrati, shijoati va sportga bo‘lgan intilishi tahsinga loyiq. 💪 Sport musobaqalarimiz davom etadi!Oldinda hali ko‘plab qiziqarli bellashuvlar, yangi g‘alabalar va yorqin taassurotlar kutmoqda. Tashkilotchi: Raxmonova Gulzoda
Открыть в Telegram