Переслано из Dustlik bayrogi.uz
🔰🔰 “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining 2026-yil 26-noyabrdagi 47-soni bilan tanishishingiz mumkin. ▶️ Kanalga obuna bo‘lish: 👇👇 https://t.me/dustlikznamya_uz
Открыть в TelegramПереслано из Dustlik bayrogi.uz
🔰🔰 “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining 2026-yil 26-noyabrdagi 47-soni bilan tanishishingiz mumkin. ▶️ Kanalga obuna bo‘lish: 👇👇 https://t.me/dustlikznamya_uz
Открыть в TelegramПереслано из Bilimni baholash agentligi
#Milliy_sertifikat_imtihoni #toshkent_viloyati ▪️ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan milliy sertifikatlash jarayonlari davom etmoqda 📼 Toshkent viloyatidagi lavhalarni tomosha qiling ❗️ Eslatib o‘tamiz: matematika fanidan imtihonlar joriy yilning 28–30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 34 |
| 3 ч | 81 |
Переслано из Bilimni baholash agentligi
#sport_kuni Yashil maydondagi shiddat va jamoaviy birdamlik! ✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har chorshanba sport tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. Shular doirasida agentlikning Andijon viloyati bo‘limida "Chorshanba - sport kuni" munosabati bilan mini-futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mini-futbolda asosiy jihatlar: ✅ Chidamlilik va kardio-mashq: to‘xtovsiz tezkor harakatlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. ✅ Tezkor qaror va taktik fikrlash: tor maydonda soniyalar ichida to‘g‘ri pas va zarba berish qobiliyatini o‘stiradi. ✅ Jamoaviy ruh: har bir o‘yinchining faolligi va o‘zaro ishonchi birdamlikni kuchaytiradi. ✅ Stressdan xalos bo‘lish: faol harakat charchoqni chiqarib, yuqori energiya bag‘ishlaydi. Sport - ish samaradorligi va salomatlik garovi! Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 83 |
| 7 ч | 107 |
Переслано из Bilimni baholash agentligi
#Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Yig‘ilishga 16-17-noyabr kunlari Oʻmon Sultonligiga va 23-24-noyabr kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga amalga oshirilgan davlat tashriflari Oʻzbekistonning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqqanligi qayd etildi. Shuningdek, oliy darajadagi muzokaralar yakunida strategik sheriklik toʻgʻrisida bitimlar imzolandi, uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan amaliy hamkorlikning keng qamrovli kun tartibi shakllantirildi. 2027-2029-yillarda oltita istiqbolli yoʻnalishda 164 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9895 Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 69 |
| 7 ч | 87 |
Переслано из Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
👍👍👍 Xalqaro TKT imtixoniga ro’yxatdan o’tish ochildi 📍 Imtihonlar Toshkent shahri, Farg‘ona, hamda Buxoro viloyatlarida o'tkaziladi. ⏳ Ro'yxatdan o'tish muddati: 03.01.2027 uchun — 29.11.2026; 10.01.2027 uchun — 06.12.2026; 24.01.2027 uchun — 20.12.2026. ✍️ Ro'yxatdan o'tish ushbu havola orqali! ❗️ Eslatma: ro'yxatdan o'tish va to'lov ko'rsatilgan muddatdan oldin yakunlanishi lozim. Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: 📱 Telegram |📷 Instagram |🎞 YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Bilimni baholash agentligi
#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislar sertifikatlash imtihonidan o‘tdilar 📆 2026-yil 25-noyabr kuni shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimi doirasida navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi. 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu imtihonlarda 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar imtihon yakunida to‘plagan ballarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📝 Imtihonlarning yakuniy natijalari bo‘yicha qaydnomalari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi. ‼️ Ma'lumot uchun: ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
MILLIY SERTIFIKAT BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 🗓 Boshlanish vaqti: 2026-yil 3-dekabr, soat 15:00 ⏳ Davomiyligi: 12 soat Ma’lumot uchun: dastlabki 60 nafar nomzod saralab olinadi. ‼️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar: ✅Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagog bo‘lish; ✅Qoraqalpoq tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga; ✅Rus tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga yoki TRKI C1 va undan yuqori darajaga ega bo‘lishi lozim. 📚 Kursda yozma ishlarni baholash mezonlari va metodikasi bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 1-dekabrgacha. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Bilimni baholash agentligi
🟦🟦🟦 “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tdi. ‼️ Barcha jarayonlar ochiqlik, shaffoflik, tenglik va inklyuzivlik tamoyillariga asosan tashkil etildi. ✔️ Test topshirish nuqtalari nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham tashkil etildi. Bu nomzodlarga bevosita o‘z hududlarida sinovdan o‘tish orqali vaqt va mablag‘larini tejash imkonini beradi. 🔵 Shuningdek, chet elda bo‘lib turgan nomzodlar uchun ham test sinovlarida onlayn ravishda ishtirok etish imkoniyati taqdim etildi. 📹 Ishtirokchilar fikri bilan batafsil videoda tanishing! Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Bilimni baholash agentligi
Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovg‘a qilingan o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. Donald Trampning qayd etishicha, o‘tgan hafta O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov va AQSh Ichki ishlar vaziri Dag Burgum ishtirokida o‘tkazilgan taqdimot marosimi chog‘ida «Marine One» vertolyotida ushbu ayvonlar ustidan uchib o‘tish uning uchun alohida sharaf bo‘lgan. AQSh Prezidenti ayvonlarni qurgan ustalarni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi. "O‘zbekistonlik mohir ustalar haqiqiy iste’dod sohiblaridir! Ular ushbu go‘zal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etishdi. Bu ayvonlar chindan ham hayratomuz!" - deb yozdi Donald Tramp. Batafsil Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в Telegram