#nostrifikatsiya 🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩 ⚡️Ayni paytda Andijon viloyatida nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazilmoqda 🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning barcha hududida tashkil etilmoqda. 👨💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazilib, talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 🔔Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi. 👮Shuningdek, talabgorlarga imtihonga kirishdan avval Agentlik tomonidan barcha turdagi test sinovlari shaffoflik va adolatlilik prinsiplari asosida o‘tkazilishi, korrupsiyaga o‘rin yo‘qligi, jarayonlar toʻliq videokameralarga yozib olinishi hamda tekshirilishi, test sinovlarida faqat o‘z bilimiga ishongan holda ishtirok etishlari, taqiqlangan vositalarni olib kirmasligi aks holda chetlashtirilishlari haqida ogohlantirildilar. ✍️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot 🤱👅🧑🦰🙍♂️😎 ✅Telegram | 📹YouTube | 🌐Facebook |
Открыть в TelegramПосты канала BBA | Andijon
👍👍👍 Xalqaro TKT imtixoniga ro’yxatdan o’tish ochildi 📍 Imtihonlar Toshkent shahri, Farg‘ona, hamda Buxoro viloyatlarida o'tkaziladi. ⏳ Ro'yxatdan o'tish muddati: 03.01.2027 uchun — 29.11.2026; 10.01.2027 uchun — 06.12.2026; 24.01.2027 uchun — 20.12.2026. ✍️ Ro'yxatdan o'tish ushbu havola orqali! ❗️ Eslatma: ro'yxatdan o'tish va to'lov ko'rsatilgan muddatdan oldin yakunlanishi lozim. Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: 📱 Telegram |📷 Instagram |🎞 YouTube
Открыть в Telegram#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislar sertifikatlash imtihonidan o‘tdilar 📆 2026-yil 25-noyabr kuni shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimi doirasida navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi. 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu imtihonlarda 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar imtihon yakunida to‘plagan ballarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📝 Imtihonlarning yakuniy natijalari bo‘yicha qaydnomalari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi. ‼️ Ma'lumot uchun: ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramMILLIY SERTIFIKAT BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 🗓 Boshlanish vaqti: 2026-yil 3-dekabr, soat 15:00 ⏳ Davomiyligi: 12 soat Ma’lumot uchun: dastlabki 60 nafar nomzod saralab olinadi. ‼️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar: ✅Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagog bo‘lish; ✅Qoraqalpoq tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga; ✅Rus tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga yoki TRKI C1 va undan yuqori darajaga ega bo‘lishi lozim. 📚 Kursda yozma ishlarni baholash mezonlari va metodikasi bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 1-dekabrgacha. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
Открыть в Telegram⚽️ Yashil maydondagi shiddat va jamoaviy birdamlik! Bilim va malakalarni baholash agentligi Andijon viloyati bo‘limida «Chorshanba — sport kuni» munosabati bilan mini-futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Akademik litsey hududidagi futbol arenasida jam bo‘lgan bo‘lim xodimlari va guruh nazoratchilari (jami 15 nafar) 5 nafardan uç jamoaga bo‘linib, qizg‘in va murosasiz bahs olib bordilar. Mini-futbolning asosiy foydalari: Chidamlilik va kardio-mashq: To‘xtovsiz tezkor harakatlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Tezkor qaror va taktik fikrlash: Tor maydonda soniyalar ichida to‘g‘ri pas va zarba berish qobiliyatini o‘stiradi. Jamoaviy ruh: Har bir o‘yinchining faolligi va o‘zaro ishonchi birdamlikni kuchaytiradi. Stressdan xalos bo‘lish: Faol harakat charchoqni chiqarib, yuqori energiya bag‘ishlaydi. Sportdagi hamjihatlik — ish samaradorligi garovidir! 🤱👅🧑🦰🙍♂️😎 ✅Telegram | 📹YouTube | 🌐Facebook |
Открыть в Telegram