"Yoshlar kuni"da ochiq muloqot o‘tkazildi Har payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari Jarqo'rg'on tumanidagi 63-maktabda bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilarning bilimga qiziqishini oshirish, test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va test sinovlaridagi yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar bilan halollik, adolat va korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida samimiy suhbat o‘tkazildi. Ta'lim va imtihon jarayonlarida halollik eng asosiy mezon ekani, bilimli yoshlar har qanday marrani egallashi ta'kidlandi. Muloqot davomida milliy sertifikat va chet tilini bilish darajasini aniqlash testlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ishtirokchilarning savollariga javob berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim olishga intilishini kuchaytirish va halol raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. BMBA Surxondaryo bo'limining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramПосты канала BBA Surxondaryo viloyati bölimi
Переслано из Bilimni baholash agentligi
#Milliy_sertifikat_imtihoni #toshkent_viloyati ▪️ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan milliy sertifikatlash jarayonlari davom etmoqda 📼 Toshkent viloyatidagi lavhalarni tomosha qiling ❗️ Eslatib o‘tamiz: matematika fanidan imtihonlar joriy yilning 28–30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramNostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📆 2026-yil 26-noyabr kuni BMBA Surxondaryo viloyati bo‘limi binosida xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish (Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlar hujjatlari tan olinadi) imkoniyatiga ega bo‘ladi. ❌ Bundan tashqari talabgorlarga sohada uchrayotgan korrupsion holatlar to'g'risida ma'lumot berilib, Jazo muqarrar ekanligi tushuntirildi. BMBA Surxondaryo viloyat bo‘limining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Bilimni baholash agentligi
#sport_kuni Yashil maydondagi shiddat va jamoaviy birdamlik! ✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har chorshanba sport tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. Shular doirasida agentlikning Andijon viloyati bo‘limida "Chorshanba - sport kuni" munosabati bilan mini-futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mini-futbolda asosiy jihatlar: ✅ Chidamlilik va kardio-mashq: to‘xtovsiz tezkor harakatlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. ✅ Tezkor qaror va taktik fikrlash: tor maydonda soniyalar ichida to‘g‘ri pas va zarba berish qobiliyatini o‘stiradi. ✅ Jamoaviy ruh: har bir o‘yinchining faolligi va o‘zaro ishonchi birdamlikni kuchaytiradi. ✅ Stressdan xalos bo‘lish: faol harakat charchoqni chiqarib, yuqori energiya bag‘ishlaydi. Sport - ish samaradorligi va salomatlik garovi! Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Bilimni baholash agentligi
#Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Yig‘ilishga 16-17-noyabr kunlari Oʻmon Sultonligiga va 23-24-noyabr kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga amalga oshirilgan davlat tashriflari Oʻzbekistonning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqqanligi qayd etildi. Shuningdek, oliy darajadagi muzokaralar yakunida strategik sheriklik toʻgʻrisida bitimlar imzolandi, uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan amaliy hamkorlikning keng qamrovli kun tartibi shakllantirildi. 2027-2029-yillarda oltita istiqbolli yoʻnalishda 164 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9895 Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
👍👍👍 Xalqaro TKT imtixoniga ro’yxatdan o’tish ochildi 📍 Imtihonlar Toshkent shahri, Farg‘ona, hamda Buxoro viloyatlarida o'tkaziladi. ⏳ Ro'yxatdan o'tish muddati: 03.01.2027 uchun — 29.11.2026; 10.01.2027 uchun — 06.12.2026; 24.01.2027 uchun — 20.12.2026. ✍️ Ro'yxatdan o'tish ushbu havola orqali! ❗️ Eslatma: ro'yxatdan o'tish va to'lov ko'rsatilgan muddatdan oldin yakunlanishi lozim. Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: 📱 Telegram |📷 Instagram |🎞 YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Bilimni baholash agentligi
#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislar sertifikatlash imtihonidan o‘tdilar 📆 2026-yil 25-noyabr kuni shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimi doirasida navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi. 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu imtihonlarda 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar imtihon yakunida to‘plagan ballarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📝 Imtihonlarning yakuniy natijalari bo‘yicha qaydnomalari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi. ‼️ Ma'lumot uchun: ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Открыть в Telegram