YouTubeda yana stream! Nimalarni gaplashamiz? • 2027 uchun reja • 42.uz yangiliklari • Savol & Javob 1-dekabr, soat 19:00da. Albatta youtube.com/@azim da!
Открыть в TelegramПосты канала Azim Pulat
mok.uz - faang uchun mok intervyular. Ekspert bilan suhbat orqali darajangizni bilib oling. So'ng darajangizdagi boshqalar bilan bepul moklar qiling. Intervyuga tayyor kiring.
Открыть в Telegram2 kemani tutgan ğarq bölur. - Alişer Navoiy Bittasini tuting: youtu.be/fEmfeSraTGA
Открыть в TelegramInternet & AI dan nima maqsadda foydalanyapsiz? 2023-yilda Google IO da bergan nutqimda shunday degan edim: “Everyday we choose between learning or entertainment - choose learning.” Ya’ni har kuni biz ta’lim yoki o’yin kulgudan birini tanlaymiz - ta’limni tanlang… degan edim. Ongsiz iste’molni ongli ta’lim olishga aylantiring. Sun’iy intellekt har oy yangi versiya chiqaradi, nega siz (tabiiy intellekt) chiqarmaysiz?
Открыть в TelegramFacebook va Instagram'da mahsulot qanday ishlab chiqariladi? 2022-yil yozda Meta kompaniyasida amaliyot o'tadim va shu narsaga guvoh bo'ldim: Har bir katta-kichik o'zgarish QE tizimidan o'tadi (quick experiment). Avval bir necha ming, keyin o’n va so'ng yuz ming foydalanuvchi ustida tekshiriladi. Kod ishlashi o'z yo'liga. Asosiy metrika - engagement. 200 dan ortiq metrikalar birlashtirilib, nazorat qilinadi. O'zgarishdan so'ng iste'mol ko'paydimi yoki ko'paydimi? Kamaytirishi mumkin emas. Yagona maqsad iste'molchi dasturda o'tkazadigan vaqtini maksimal ko'paytirish. Algoritm o'z-o'zini boshqaryapti - vazifa esa bitta. Instagramga qaram bo'lib qolgan do'stingiz 70 ming injener va olimlar bilan kurashyapti. Kim yutarkin?
Открыть в TelegramAlgoritmlar boshqaryapti. Nima iste’mol qilishimizni. Nima o’ylab, xohlashimizni. Kontent quruvchi sifatida oxirgi yilda “algortim”dagi o’zgarish meni havotirga solyapti. Yillar davomidagi o’zgarish: … → social network → social media → media → boshqaruv. Internetnetda istalgan inson istaganini gapiradi, ammo sizga faqat algoritm istagani eshittiriladi. Algoritmlarni qayta qurishimiz kerak.
Открыть в TelegramAI model qurish = yangi dasturlash. Faqat matn emas - ovoz va tasvir bilan ishlay oladigan dasturchilarga o'zimizni bozorda ham talab ko’payib ketibdi. Ochiq modellarni farqlay oladigan, muammoga qarab modelni aniqroq moslay oladigan va kerak vaqtda optimizatsiya qila oladigan dasturchilarni izlab yurishipti. Shu 1 haftada ichida ikkita startup menga aloqaga chiqib, shunaqa dasturchilarni topib bera olasizmi deb yordam so’rashdi. Oyiga $10,000-$15,000 maosh beramiz, faqat kuniga kamida 12 soat, haftada 6 kun ishlashi kerak deyishyapti. Shu tarafga qarab ketyapti kasbimiz.
Открыть в TelegramDasturlash - o'ldi. Startup qurish - o'ldi. Muammo yechish - o'ldi. Internetda shu kabi gaplar ko'p yuribdi. Hech narsa o'lgani yo'q. Atrofga boqing. Agar bu gaplarga ishonib, harakatdan to'xtasangiz - karyerangiz o'ladi. Siz o'lmang.
Открыть в TelegramTasavvur Kod xotiradan emas, tasavvurdan yoziladi. Tizim qurish ham, muammo yechish ham. Faang Prepda codes.live ni bosib ishlatyapmiz. Kod muhim emas, yechimlarni yodlash ham kerak emas. Uni tushunish, tasavvur qilish muhim va bunda asqotyapti. Muammoni ko'ra olish = yechimning yarmi. Tasavvuringizni boyiting, chunki - Tasavvur qilganingizni qura olasiz. ps. codes.live bu oy chegirmada.
Открыть в TelegramYangi Boylar Googlerlar. Juma kuni Akbar Googledan offer oldi. O’tgan yili shu paytlar Akbar bilan Maitab loyihasida birga ishlayotgan edik. Bir necha oy avval Javohir ham Googleda ishlashni boshladi. 2 yil avval Javohir bilan 42.uz/arena ni birga boshlagandik. Undan sal oldinroq Jasurbek shogirdim avval Waymo’da keyin Google'ni o’zida ishlashni boshladi. Jasurbek bilan 3 yil ilgari jprq.io ga debugger qo’shgandik. Yana bir shogirdim hozir Google’da jamoa tanlash qismida. Bollar, biz yutyapmiz!
Открыть в TelegramBirinchi parvoz 1903-yil bo’lgan. Birinchi avtopilot parvoz esa 1914-yil. Faqat uchuvchilarda emas, ko’p boshqa kasblarda ham “avtopilot” bor. Masalan dehqon uchun kombayner, bugalterlar uchun 1C, sotuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq va h.k. Endi dasturchilar va ko’plab boshqa offis kasblari uchun avtopilot - sun’iy intellekt ixtiro qilindi. Bu kasb yo’qolib ketadi degan qo’rquv endi boshlayotgan dasturchilarni ortga tortib, “qisqa yo’l” qidirib - muhim bilimlarni tashlab ketishlariga sabab bo’lyapti. Fundamental bilimlarga ega, muammo yechuvchi dasturchilar esa hali hamon bozorda yetishmayapti, doim qidiruvda. Parvozingiz bexatar bo’lsin...
Открыть в TelegramYouTubeda stream! Nimalar haqida gaplashamiz? • '26 yozgi reja • Mindful & jprq • Savol & Javob Ertaga 1-iyun, soat 18:30da Albatta youtube.com/@azim da
Открыть в Telegram⚡️ 1 oylik update. • jprq.io - MacOS uchun App • wiki.42.uz - O’zbekcha IT Wiki • mindful.so - Muslim Day Planner Kelayotgan Hayit ayyomi bilan 🎉
Открыть в TelegramJichcha qoldi... 😮💨 Sonlarda: - 105 topshirdi - 42 suhbatga o'tdi - 12 qabul qilinadi...
Открыть в Telegram⚡️ Faang.Prep 2026 Dasturchilar uchun. FAANG intervyusini yengish uchun. 🚀 Topshiring: faang.42.uz
Открыть в TelegramПереслано из 42⚡️
⚡️ wiki.42.uz "Hozir serverga SSH qilib, SCP bilan ConfigMap'ni tortaman-da, Git'dan commit'ni cherry-pick qilib, Docker image'ni registry'ga push qilgach, Kubernetes cluster'ga deployment manifest'ni apply qilib, qotib qolgan pod'larni bitta rollout restart qivoraman."
Открыть в Telegram