🏢 INSTITUTNING YANA BIR ESKI BINOSI ZAMONAVIY ÖQUV BINOSIGA AYLANMOQDA ✅Institut hududidagi eski binolarni rekonstruksiya qiliş va taʼlim jarayoniga qaytariş işlari davom etmoqda. Taʼkidlaş joizki, mazkur bino Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori asosida Taʼlim va ilm-fan vazirligi Kömaklaşiş jamğarmasi hamda Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan rekonstruksiya qilinmoqda. Institut rektori Abduvali Ismailov rekonstruksiya qilinayotgan öquv binosida olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. Tanişuv davomida tinglovçilar uçun munosib taʼlim şaroitlarini yaratiş, öquv jarayoni sifatini oşiriş, zamonaviy, keng va yoruğ auditoriyalarni taşkil etiş, şuningdek, xodimlar uçun qulay iş şaroitlarini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bino kelgusida öquv binosi sifatida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Bu institutning öquv imkoniyatlarini yanada kengaytirib, pedagoglar va tinglovçilar uçun zamonaviy auditoriyalar hamda qulay taʼlim muhitini yaratadi. Şuningdek, mavjud öquv binolariga tuşayotgan yuklamani kamaytiriş, maşğulotlarni samarali taşkil etiş va tinglovçilarni sifatli taʼlim bilan qamrab oliş imkoniyatlarini oşirişga xizmat qiladi. Xususan, öquv maşğulotlarini ikki navbatda taşkil etiş zaruratini kamaytirib, ayrim maşğulotlarni ikkinçi navbatdan birinçi navbatga ötkaziş hamda smena koeffitsientini 1.45 dan 1.0 ga tuşiriş imkonini beradi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 1 020 |
| 2 ч | 2 070 |
- Через 1 час1 020
- Всего сейчас2 070













