Qozoqça şarh juda zör bölarkan-ku! Özbekça şarh eşitmasdim özi, lekin rusçadanam yaxşiroqqa öxşayapti: https://www.youtube.com/watch?v=bj-ycoQ0jcU
Открыть в TelegramПосты канала Асанов. Форматдан ташқарида
Rijollar esa, tabiiyki, umumiy vagonga kirgan qizlarni buzuqqa çiqarib, vahimali postlar qiladi ijtimoiy tarmoqlarda.
Открыть в TelegramJöralar bitta jörani aldab, ayollar vagoniga tiqvorib, çiqqani qöymaslik eng keng tarqalgan hazilga aylanadi.
Открыть в TelegramÖşa vagon keyin ayollar makri, zaharli özaro kinoyasi, joy talaşuvi va oğzaki mojarosi markazi safatida eng qiziqarli vagonga aylansa kerak.
Открыть в TelegramXotin-qizlarga metroda alohida vagon qiliş taşabbusi yoqyapti. Yaş-yaş qizçalar metroda ötirvolib, umuman heç kimga joy bermaydi va heç kim ularga indamaydi. Yaş-yaş yigitçalar yo özi joy beradi, yo joy bermagani uçun sökiş eşitib, majbur turib ketadi. Bir yöqalvolişsin alohida vagonga.
Открыть в TelegramDöppi va atlas kiyvolib, haftada bir munosabatlarini muhokama qilarmiş. Obbo mening hayot körmagan ukaginalarimey.
Открыть в TelegramMana juda bir yorqin misol: https://www.youtube.com/post/Ugkxz7QhHWXYNZnANXgBuKojkrJ0cH3YyXo- "Qizlardan qadr topmadim" deydigan yigitning ijodi şekilli. Originali albatta — özbekçaga tarjima qilingan, tarjimada kontekstga moslaş öylab körilmagan. E'tibor bering: tuşunarli desa qiz qaltirab qolyapti iya kuraşmaysanmi deb, yigit yöq, hurmat muhim deyapti. Hurmat körmay, rad javobi olaverib qiynalib ketgan deb öyladim muallifni. Şu hurmat degan gap deyarli hamma syujetda takrorlanadi — hurmat talab qilib, topolmaganlik belgisi bu. Arazçan zumerlar olami.
Открыть в TelegramIjtimoiy tarmoqlarim yangiça bir formatdagi kontentga tölib ketdi: SIda qilingan rasm va unga qöşimça "aqlli", "hayotiy" yozuvlar. Sevgi munosabatlari, oila, iş, döstlik va h.k. haqida. Ma'naviyatçilar va Ğarb konservatorlari sevadigan mavzular xullas. Inglizça va rusça kontentga qarab bir narsani aytişim mumkin: bu kontentni tayyorlaydiganlar öziyam komplekslarga tölib, hayotdan xafa bölib, şu orqali alamlarini çiqarib olayotgani şundoq körinib turadi. Beradigan "tajribali" maslahatlari asosan "ayol oilada erkakni hurmat qilişi kerak" (hurmat körmaganlik belgisi) va "hammaning oldida sening hurmatingni saqlaşi kerak" (döstlar davrasida sevgilisi prikol qilsa "ğururimga tegding" deydigan "jiddiy" bolalar belgisi) kabilardan iborat. Yigit-qizning özaro arazi aks etgan suratlarda öziyam öz içidagi alamlarini yozib olgani bilinadi beçaralarning. Özbekça kontent haqida esa bir narsani aytişim mumkin: ular rusça va inglizça kontentni tekis tarjima qilib köçiradi, u kontentda biror ma'no bormi özi, özbek realiyalariga töğri keladimi, öylab ötirişmaydi. Erkakka döppi, ayolga atlas, rijolroq bölsa hijob kiydirib qöyadi, yozilgan gaplarni esa Nyu-Yorkdan taşqariga çiqmagan qandaydir Jeyk yozgani bilinib turadi. Öspirinlar hayotiy qiyinçiliklar haqida ibratli kontent qilsa, qanday natija bölişiga yana bir misol xullas.
Открыть в TelegramHayotimdagi eng oğir tanlovning oldida qoldim bugun. Juda qiyin kun böldi. Bugun tadbir bor edi. Tadbir davomida kun böyi tekin yeb-içar, keçga esa öta qattiq ziyofat möljallangan. Oğzi-burnigaça. Uyda ham öta tansiq bir taom tayyorlanyapti, uning uçun maxsus tört kila göşt olingan, şunçaki tadbir keyin kutilmaganda çiqib qolgan. Şu dilemma yetmay turganday, işxonadan telefon bölyapti: aka, tadbirdan çiqib, töğri falon joyga keling, haq beryappan deydi bir hamkasb. Napoleon ham bunaqa qiyin tanlovlar oldida qolmagan.
Открыть в TelegramŞu yil 3-4 marta jarima töladim. Avtomobil uçun. Özi tuşmay qöyuvdim köpdan beri, bu yil maşinani e'tiborsizroq haydayapman şekilli. Xullas, bitta jiddiyroq qoidabuzarlik uçun bir ball oldim. Qolganlariga ball berilmas ekan — kiçik qoidabuzarliklar ekan. Şuni körib, öylab qoldim: ballni yöqot yoki 24 ball qilib qöy deb dodvoy solib, petitsiya qilib yotganlar qanday haydarkin ulovni? Yaxşi yurib, orada majbur yoki e'tiborsizlikdan kiçik qoidabuzarlik qilib qöysa, heç qaçon 12 ball töplamaydi. Demak, bosib, qonun-qoidaga qöyib qöyib haydaşadi. Demak, battar bölişsin, beprava qolib ketişsin.
Открыть в Telegram"Men TVda körsatiladigan Özbekistonda yaşagim keladi" degan yarim prikol, yarim noliş şablon gap bor. Aslida TVdagi Özbekiston zerikarli va haqiqatga juda yaqin, şunçaki hökmatni tanqid qiliş moda. "Instagramdagi Özbekistonda yaşagim keladi" desa, öşa gap töğriroq böladi. Umuman boşqa dunyoga öxşaydi.
Открыть в Telegram