#Qurondan_bir_oyat
Biz Qur'onni mo`minlar uchun shifo va rahmat o'laroq nozil qilurmiz. (Isro, 82)
Tafsir:
Darhaqiqat, Qur'oni Karim shifodir, Qur'oni Karim rahmatdir. Qur'oni Karim kufr, shirk va munofiqlik kabi eng zararli aqiydaviy xastaliklarni davolaydi.
Qur'oni Karim qalblardagi turli illatlarning - hiqdu hasad, baxillik, manmanlik, mutakabbirlik va boshqa kasalliklarning shifosidir.
Qur'oni Karim turli axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, muomalaviy, siyosiy va boshqa kasalliklarga shifo bo'ladi.
Turli dardlarga davo bo'luvchi bu shifoni borliqqa nozil qilgan Zot borliqni o'zi yaratgan va unga qanday shifo kerakligini ham yaxshi biladi. Bu dunyo turli moddiy va ma'naviy kasalliklarga to'lib-toshgan kasalxona bo'lsa, o'sha kasalxonaning bosh tabibi Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bu hammabop davoni Alloh taoloning O'zi nozil qilgandir.
Shuningdek, Qur'oni Karim mo'minlar uchun rahmat hamdir. U har bir narsada - shaxsiy, aqiydaviy, oilaviy, ijtimoiy, xalqaro, siyosiy, iqtisodiy, sihhiy va boshqa sohalarda rahmatdir.
Unga amal qilganlar har taraflama rahmatga sazovor bo'ladilar.
Qur'oni Karimning mazkur shifolaridan davo olish uchun, u orqali mazkur shomil rahmatga noil bo'lish uchun mo'min bo'lish kerak. Mo'min bo'lmagan odam bu narsalardan mahrumdir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram