Кабинет

Посты канала Alisher Tojiev

сначала новые

#1864Превью ссылки
Просмотры2 700−11%к среднему
Пересылки—
Реакции40
Комментарии—
#1861Текст
Просмотры3 930+30%к среднему
Пересылки—
Реакции71
Комментарии—
#1860Фото
Просмотры3 170+5%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#1859Фото
Просмотры2 630−13%к среднему
Пересылки—
Реакции30
Комментарии—
#1855Видео
Просмотры3 710+22%к среднему
Пересылки—
Реакции65
Комментарии—
#1854Текст

2025-yil iyun oyida UIC Group’ni transformatsiya qilishga qaror qilgandim. Dasturlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish (Outsourcing) modelidan 99% Startup Studio va 1% bizneslarni avtomatlashtirish uchun tayyor ERP yechimlarini joriy qilish modeliga o‘tdik. Bu qarorim o‘sha paytda O‘zbekistondagi TOP-5 AyTi kompaniyadan birini yopishdek ko‘ringan. Hatto yonimdagi TOP-menejerlar ham bu qarorni katta ikkilanish bilan qabul qilishgan. Lekin maqsadim boshqa edi. UIC Group’ni imkon qadar tezroq Startup Studio’ga aylantirishim kerak edi. Aslida, bu Roadmapimiz bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan ish edi. UIC Group’ni tashkil qilishdan eng katta maqsadim TOP founder mindset’iga ega CTO va CEO’larni shakllantirish bo‘lgan. Bugun O‘zbekistonda e’tirof etilayotgan ko‘plab loyihalarda aynan UIC maktabida bilim va malaka olgan yigit-qizlarimiz CEO, CTO yoki fikri alohida e’tibor qilinadigan Principal darajasidagi mutaxassislar sifatida faoliyat yuritmoqda. Sun’iy intellekt hayotimizni qay darajada o‘zgartirib yuborishini taxmin qilgandim. Lekin tasavvurimdagi holat ancha qo‘rqinchliroq ekan. Kuni kecha Anthropic hujjatlarini o‘qib, bunga yana bir bor chuqur ta’sirlandim. SI imkoniyatlari o‘zim kutganimdan ham ancha kuchli chiqdi. Bugun ortga qarab, bozor o‘zgarishini hisobga olib, vaqtida pivot qilishga ulgurganimizdan xursandman. Founder intuitsiyasi degan tushuncha bor. Bu haqida vaqti kelganda alohida gaplasharmiz. Hozircha aytadiganim: o‘zgarishlarga doim tayyor turing. O‘zgarishlardan qo‘rqmang.

Открыть в Telegram
Просмотры4 010+32%к среднему
Пересылки—
Реакции76
Комментарии—
#1853Текст

O‘zbekistonda ilk bor islomiy bank litsenziyasi hamkor banklarimizdan biri bo‘lgan Open Bank’ga berildi. DOMO jamoasi nomidan ularni ushbu muhim qadam bilan yana bir bor tabriklaymiz! IMAN Invest asoschisi Rustam aka tomonidan javob tariqasida berilgan video murojaat ham, Mahmud Usmon tomonidan keltirilayotgan dalillar ham o‘z izohini talab qiladigan masalalar. Lekin menimcha, hali ham kech emas. Ikkala tomon ham bir stol atrofida o‘tirib, ochiqchasiga gaplashib olishlari kerak. Bunaqa vaziyatlarda xatolar tan olinadi, kerak bo‘lsa uzr so‘raladi va kamchiliklarni bartaraf etish uchun aniq choralar ko‘riladi. Yurisdiksiya, jurnalistika, PR va blogerlik sohalarida katta tajribaga ega bo‘lgan bir akam va do‘stimning shunday vaziyatlarga nisbatan aytgan gapi bor: bunaqa paytda HECH QACHON YOLG‘ON GAPIRMASLIK KERAK! Chunki yolg‘on bilan vaziyatni vaqtincha yumshatish mumkindir, lekin yo‘qolgan ishonchni qaytarish ancha qiyin. Mani eng ko‘p tashvishlantirayotgan masala esa bu yerda Rustam aka yoki Mahmud Usmonning kim haq ekanligi emas. Mani tashvishlantirayotgan narsa - odamlarning Islom moliyasiga bo‘lgan ISHONCHI. 🥺 Birgina loyihada rahbar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato sabab butun boshli Islom moliyasi tizimiga nisbatan ishonch yo‘qolib ketmasin. Chunki bu faqat bitta kompaniya yoki uning asoschisi haqida emas. Bu odamlarning shariatga muvofiq moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, kelajakda shu yo‘nalishda quriladigan loyihalar va butun bir tizimning obro‘si haqida. Xatolar bo‘lishi mumkin. Muhimi, ularga qanday munosabat bildirishimiz. Hali hammasini ochiq gaplashib, xatolarni tan olib, ishonchni saqlab qolish uchun harakat qilish mumkin deb o‘ylayman. Iltimos, shaxsiy nizolar sabab odamlarning Islom moliyasiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib qo‘ymaylik.

Открыть в Telegram
Просмотры3 560+17%к среднему
Пересылки—
Реакции93
Комментарии—
#1852Текст

O‘zbekistonda Islom moliyasi rivojlanishini xohlaymiz. Lekin shu yo‘lda birinchi bo‘lib tavakkal qilgan loyihalarga osonlikcha bosim berib qo‘yamiz. IMAN Invest haqida gaplashmoqchiman. Man shaxsan IMAN’ga investitsiya qilmaganman. Lekin bilasizlar, O‘zbekistonga aloqasi bor istalgan loyiha bizning R&D jamoamiz e’tiboridan chetda qolmaydi. O‘rganamiz, izlanamiz, qiziqamiz. IMAN haqida ham shunday. Islom moliyasini shariat qoidalariga muvofiq tashkil qilish va shu holatda ushlab turish oson emas. Buning ortida nafaqat biznes, balki katta mas’uliyat, ishonch va doimiy nazorat turadi. Ayniqsa, odamlarning moliyaviy savodxonligi va ishonchi bilan bog‘liq masalalarda xato qilish qimmatga tushadi. Shuning uchun ularga biroz vaqt beringlar. Hisob-kitoblarini to‘g‘rilab olishsin, kamchiliklarini bartaraf etishsin. Qo‘lingizdan kelsa, yordam bering. Imkoningiz bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda O‘zbekistonda tug‘ilgan, o‘zimizda boshlangan loyihani qo‘llab-quvvatlang. Bugun qarz va moliyaviy qiyinchiliklar ko‘payib borayotgan bir davrda odamlarga shariat qoidalariga mos moliyaviy muqobillarni taklif qilishning o‘zi muhim. Bunday loyihani yo‘lga qo‘yish ham, uni ishonchli tarzda davom ettirish ham juda-juda qiyin. Yana bir narsani unutmaylik: IMAN O‘zbekistonda tug‘ilgan loyiha. Rossiyadan sotib olib, nomini o‘zgartirib qo‘yilgan mahsulot emas. O‘zimizning odamlar, o‘zimizning bozor, o‘zimizning muammolarimizdan kelib chiqib boshlangan tashabbus. Hamma xato qiladi. Muhimi, xatoni tan olish, hisob-kitoblarni to‘g‘rilash va ishonchni qayta mustahkamlash uchun amalda harakat qilish. Men ularga shuni tilayman. Ishlarini izga solib olishlariga omad! IMAN jamoasiga texnologik ko‘mak kerak bo‘lsa, yordam berishga tayyormiz. O‘zimizdan chiqqan loyihalarni faqat natija ko‘rsatganidan keyin maqtashni emas, qiyin davrida ham xolis baholashni va imkonimiz bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashni ham o‘rganaylik.

Открыть в Telegram
Просмотры7 940+162%к среднему
Пересылки—
Реакции196
Комментарии—
#1845Фото
Просмотры4 510+49%к среднему
Пересылки—
Реакции32
Комментарии—