🟦🟦 #BizHaqimizda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda ✅“O‘zbekiston 24” teleradiokanali ijodkorlari “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida Xorazm viloyatining Xiva shahrida yoshlar uchun yaratilgan raqamli ta’lim imkoniyatlari haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorladi. 🚀Telegram |📷 Instagram
Открыть в TelegramПосты канала Al-Xorazmiy vorislari
“Sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovida ishtirok eting! 📖“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi o‘quvchilari uchun “Sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovi oʻtkaziladi. Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi, har bir tuman, shahardan 1 nafar g‘olib qimmatbaho esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi. 📶Tanlov shartlari: ➕Birinchi bosqichda (1–20-noyabr) ishtirokchilar aileaders.uz platformasida kamida 6 ta kursni tamomlashi, shundan kamida 3 tasi sun’iy intellekt yo‘nalishida bo‘lishi va sertifikatlarini al-xorazmiy.uz saytidagi shaxsiy foydalanuvchi sahifasi orqali yuklashi lozim. ❗️️️️️️️Faqat belgilangan muddatda olingan sertifikatlar qabul qilinadi. ➕Ikkinchi bosqichda (26-noyabr – 8-dekabr) esa “Sun’iy intellektning bugungi jamiyat hayotidagi o‘rni va kelajak kasblari” mavzusida 1–3 daqiqalik video tayyorlab, shu saytga yuklash talab etiladi. ✔️Baholash 100 ballik tizimda amalga oshiriladi: sertifikatlar uchun 40 ballgacha, video uchun 60 ballgacha beriladi. Birinchi bosqich natijalari 25-noyabrgacha, yakuniy natijalar esa 15-dekabrgacha e’lon qilinadi. 🗣️Tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin. 🚀Telegram |📷 Instagram
Открыть в TelegramLoyiha doirasida tahsil olib oʻz startapimga asos soldim — Sultonboy Komiljonov 📖Komiljon “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida bepul tahsil olib, dasturlash va ingliz tili bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. ✅Loyiha davomida egallagan bilimlari asosida dastlab turizm sohasida o‘z startapiga asos soldi. Keyinchalik esa biznes egalari uchun mo‘ljallangan CRM va savdo platformasini ishlab chiqdi. ⚡️Ayni paytda qahramonimiz o‘z loyihalarini rivojlantirish, akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish hamda investitsiya jalb qilish ustida ishlamoqda. 🚀Telegram |📷 Instagram
Открыть в Telegram“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida dasturlash va ingliz tilini bepul o‘rganing! 📖Umarbek Shomurodov “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida ikki yil davomida bepul tahsil olib, dasturlash va ingliz tili bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. ✅Bugungi kunda qahramonimiz Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, ingliz tilidan B2 daraja sertifikati sohibi hisoblanadi. Shuningdek, Umarbek hozirda oʻzining bir qator loyihalari ustida ham ishlamoqda. ⚡️Umarbekning hikoyasi shuni ko‘rsatadiki, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, muntazam izlanish va o‘z ustida ishlash orqali katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash mumkin. 🚀Telegram |📷 Instagram
Открыть в TelegramDiqqat, xushxabar! “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bitiruvchisi o‘z startapiga investitsiya jalb qildi ✅Startup Garage tomonidan Grand Demo Day tanlovining 3-mavsumi o‘tkazildi. Unda ikki oylik saralash va akseleratsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 ta startap o‘z loyihalarini investorlar hamda venchur fondlari vakillariga taqdim etdi. ✅Natijada 4 ta startap jami $235 000 miqdorida investitsiya qo‘lga kiritdi. Ular orasida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bitiruvchisi Javohir Raxmonberganov asos solgan HRHub startapi ham bor. Mazkur loyiha $20 000 miqdorida sarmoya jalb qildi. ✅Maʼlumot uchun, HRHub — korxonalarda xodimlarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi tizim bo‘lib, Javohir ushbu startapni yaratish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni loyiha doirasidagi uch yillik taʼlim davomida shakllantirdi. 🎉️️️️️️O‘quvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀Telegram |📷 Instagram
Открыть в Telegram“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida respublika bo‘ylab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi 📖Loyiha saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun respublika bo‘ylab o‘quv mashg‘ulotlari yoʻlga qoʻyildi. ✅Ishtirokchilar axborot texnologiyalari va ingliz tili yo‘nalishlari bo‘yicha bepul ta’lim olmoqda. ✅Mashg‘ulotlar malakali mentorlar tomonidan olib borilmoqda hamda o‘quvchilarning zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Открыть в Telegram🟦🟦🟦 Siz kutgan lahzalar keldi! Saralash imtihon natijalarini e’lon qilamiz 📖Joriy yilning 13-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 20-sentabr kuni esa respublikaning boshqa hududlarida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi. ✅Saralash jarayonida yoshlarning mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari va ingliz tili bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari baholandi. ⬇️Quyida o‘tkazilgan saralash imtihonlari natijalarini e’lon qilamiz: ➡️Andijon viloyati | havola; ➡️Buxoro viloyati | havola; ➡️Jizzax viloyati | havola; ➡️Qashqadaryo viloyati | havola; ➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi | havola; ➡️Navoiy viloyati | havola; ➡️Namangan viloyati | havola; ➡️Samarqand viloyati | havola; ➡️Sirdaryo viloyati | havola; ➡️Surxondaryo viloyati | havola; ➡️Toshkent viloyati | havola; ➡️Fargʻona viloyati | havola; ➡️Xorazm viloyati | havola. 🎉Saralash imtihonidan yuqori natija qayd etgan o‘quvchilarni tabriklaymiz! #Al_Xorazmiy_vorislari 🚀Telegram |📷 Instagram
Открыть в TelegramПереслано из EDU.DIGITAL.UZ
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi ✅Ayni damda loyiha bitiruvchisi xorazmlik Javohir Raxmonberganov nutq qildi. U 19 yoshida $20 000 miqdorida investitsiya jalb qilgan va korxonalar uchun xodimlarni boshqarish tizimi — HRHub startapiga asos solgan. ✅Javohir startap yaratish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni 3 yil davomida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasida chuqur o‘rgandi. 🗣Quyidagi havola orqali forumni jonli efirda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=PeDD2IgnET8 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Открыть в Telegram“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi o‘quvchilari National AI Hackathon sovrindorlari 📖Xorazm viloyatida o‘tkazilgan National AI Hackathon doirasida yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalarini ishlab chiqib, jamoaviy ishlash, mentorlar bilan tajriba almashish hamda loyihalarni yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. ✅Tanlovning final bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining Xiva shahri, Xiva va Shovot tumanlaridan qatnashgan yoshlar o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, faxrli o‘rinlarni egalladi. 🥇Tadbirkorlik yo‘nalishida 1-o‘rin — TriCorp jamoasi (Shovot tumani) Jamoa a’zolari: Otaxonov Mirkamol; Jumanazarov Asadbek; Nodirbekov Amirbek. 🥉Tibbiyot yo‘nalishida 3-o‘rin — 100x Devs jamoasi (Xiva shahri) Jamoa a’zolari: Axmedov Abbosbek; Ruzmetova Oymonjon; Odilbekova Ruxsora; Matkarimov Islombek. 🥉Ta’lim yo‘nalishida 3-o‘rin — TadbirkorAI jamoasi (Xiva tumani) Jamoa a’zolari: Bobonazarov Jasurbek; Meyliboy Meyliboyev; Asadbek Rajabboyev; Akbar Mukhammadsolayev. ✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchilarining ushbu yutuqlari loyiha doirasida egallagan bilim va ko‘nikmalarining amaliy samarasi, izchil ta’lim hamda qo‘llab-quvvatlash natijasi demakdir. 🎉Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz! #Al_Xorazmiy_vorislari 🚀Telegram |📷 Instagram
Открыть в Telegram