TOLIBAI ILMLAR UCHUN MOLIYAVIY KO‘MAK VA SHAR’IY SHERIKCHILIK
Bugungi kunda ko‘plab tolibi ilmlarning oldida turgan muammolardan biri — moddiy ta’minot masalasidir.
Ba’zi birodarlar ilm olishga ishtiyoqmand, ammo ro‘zg‘or tashvishlari va moddiy yetishmovchilik sababli ilmga yetarlicha vaqt ajrata olmaydilar. Boshqa birodarlarimizda esa, alhamdulillah, ma’lum miqdorda mablag‘ bor, lekin uni qayerga yo‘naltirishni, qanday halol va ishonchli tijoratga sarmoya kiritishni bilmaydilar.
Aslida, bu holatni o‘zim ham boshdan kechirganman. Qo‘limda mablag‘ bo‘la turib, uni shunchaki sarflab yuborish oqillik emasligini tushunganman. Biror biznesga tikib, o‘zim ilm bilan mashg‘ul bo‘lishni istaganman. Ammo ishonchli va ko‘ngil xotirjam bo‘ladigan faoliyatni topish oson bo‘lmagan.
Shu bois, Allohning izni bilan, bu masalada ham birodarlarimizga manfaat yetkazishni niyat qildik.
Bizning taklifimiz qanday?
Biz o‘zimiz shug‘ullanayotgan va yo‘lga qo‘ygan tijorat faoliyatimizga qo‘shimcha sarmoya jalb qilish orqali sherikchilikni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.
Ya’ni mablag‘i bor birodarlar sarmoya kiritadilar, biz esa o‘z tajribamiz, mehnatimiz va faoliyatimiz orqali biznesni yuritamiz.
Bu oddiy qarz berish yoki qarz olish emas, balki shar’iy muzoraba asosidagi sherikchilik bo‘ladi. Foyda oldindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi, zarar esa muzorabaning shar’iy qoidalariga muvofiq hal qilinadi.
Nima uchun bu ishni boshlayapmiz?
Maqsadimiz faqat tijorat qilish yoki daromad orttirish emas. Balki bu faoliyat orqali ilm talabalariga ham moddiy imkoniyat yaratishdir.
Chunki ayrim birodarlarimiz ilm olishga qodir va bunga ishtiyoqmand, ammo moddiy tashvishlar ularning yo‘lida to‘siq bo‘lmoqda.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilinglar».
(Moida surasi, 2-oyat)
Rasululloh ﷺ aytadilar:
«Kim bir mo‘minning dunyodagi g‘am-tashvishlaridan birini aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi g‘am-tashvishlaridan birini aritadi».
(Imom Muslim rivoyati)
Umidimiz shuki, bu tijoratdan olinadigan manfaat orqali ilm yo‘lida yurgan birodarlarimizning moddiy tashvishlari yengillashishiga sababchi bo‘lamiz.
Bizning asosiy shartimiz
Ushbu sherikchilikda bizning eng asosiy shartimiz — sarmoya kirituvchi insonning o‘zi ilm talabasi bo‘lishi yoki ahli oilasidan kimdir ilm bilan mashg‘ul bo‘lishidir.
Ya’ni bu imkoniyat barcha uchun ochiq tijorat taklifi emas. Biz, avvalo, ilm yo‘lida yurgan birodarlarimiz va ularning oilalariga manfaat yetkazishni maqsad qilganmiz.
Chunki bu tashabbusni boshlashimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ilm ahliga xizmat qilish, ularning moddiy imkoniyatlarini yaxshilash va ilm yo‘lida bardavom bo‘lishlariga ko‘maklashishdir.
Muhim eslatmalar
- Sherikchilik shar’iy muzoraba qoidalari asosida amalga oshiriladi.
- Sarmoya amalda ishlab turgan halol tijorat faoliyatimizga yo‘naltiriladi.
- Foyda oldindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi.
- Foyda kafolatlanmaydi, zarar va javobgarlik masalalari shar’iy qoidalarga muvofiq belgilanadi.
- Barcha kelishuvlar yozma shartnoma va guvohlar asosida amalga oshiriladi.
Eslatma: Qabul qilinadigan sarmoya miqdori cheklangan.
Kimda shunday imkoniyat va qiziqish bo‘lsa, biz bilan bog‘lanishi mumkin.
Alloh taolo tijoratimizga baraka, sherikchiligimizga ishonch va omonatdorlik, niyatlarimizga ixlos ato etsin. Bu ishni ilm va xayr yo‘lida manfaatli vosita qilsin.
Murojaat uchun: @Faqqih_1