Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 237 |
| 2 ч | 414 |
| 3 ч | 500 |
- Через 1 час237
- Всего сейчас500
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 237 |
| 2 ч | 414 |
| 3 ч | 500 |
Har kun uruşdaman – beayov uruş, Hayot-mamot emas, undan ham muhim. Duşman qöşin tortib, qilganda xuruş, Goho tözon içra munğayar tuğim. Hayot ne? Yaşamak, ya’ni tiriklik, Mamot ne? Ölimdir. Ruhning köçişi. Jism-u ruh çirmaşib turar birikib, Muttasil xavf – duşman uruş oçişi. Muqaddas urş erur, uluğ jang erur, Har onga çözilgan bu qonli ğazot. Hujumlar ostida holim tang erur, Bu jangda imkonsiz bölmoğim ozod. Taşqaridan kelgay qurşab har tomon, Közim körmaydigan dahşatli laşkar. Million yoşdan oşgan osiy qömondon, Baloyi ofatdir, vabodek xatar. Içkarida poylab turgan xoin bor, Yovga darvozalar oçmoqqadir şay. Har on xiyonatlar körsatib oşkor, Morbozbek çaladi keça-kunduz nay. Bir on qololmasman ğaflatda, bir on, Ölja poylagandek sergakdir yovlar. Ğajib taşlagaylar qöymasdan omon, Çun ovlasa, faqat odamni ovlar. Bu jangda borliğim majruh, yarolik, Ruhim ğussa bilan limmo-lim tölgay. Yengilsam, abadiy baxtiqarolik, Yengsam agar, mangu ğalaba bölgay. Zafar qozonmoqqa qilmasman gumon, Xudoyim, tavfiqing kelib tursa, bas. Zotan, duşmanimning otidir şayton, Xoin nonkörimni ataydirman nafs. Akrom Malik
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 157 |
| 2 ч | 456 |
| 3 ч | 562 |
| 6 ч | 756 |
Assalomu alaykum! Bunday imkoniyat doim ham bölmaydi. Demak, Qölyozmalar instituti jamiyat bilan boğlanmoqçi. Qobiqdan çiqmoqda. Özini tanitmoqçi. Bu juda muhim. Barçani borişga taklif qilaman. Mumtoz alifbo tahsilida qatnaşayotgan yigit-qizlar bu dargoh qiymatini bilişadi.
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 340 |
| 4 ч | 606 |
| 7 ч | 687 |
Переслано из ÖzR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLĞA SILJITUVÇI KUÇ, VOSITA BÖLMOĞI LOZIM!
"Ochiq eshiklar kuni"ga taklif qilamiz! Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti OАV vakillari, blogerlarni qiziqarli va eksklyuziv tadbirga taklif qiladi! Asrlar osha saqlanib kelayotgan yashirin xazinalar olamiga sayohat qilishga tayyormisiz? Tadbir davomida: Noyob nashrlar ko‘rgazmasi: Institut olimlari tomonidan tayyorlangan qomusiy lug‘atlar, fundamental monografiyalar va nodir tarjimalar bilan yaqindan tanishish; Restavratsiya laboratoriyasi: Qadimiy qo‘lyozmalarga qanday qilib ikkinchi umr berilishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz va mutaxassislardan maxsus master-klass; Eksklyuziv muloqot: Institut yetakchi olimlari bilan jonli suhbatlashib, savollarga javob olish va kelgusidagi ilmiy yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish imkoniyati. 🗓 Sana: 25-noyabr, 2026-yil 🔈 Vaqti: 14:30 – 17:30 📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy. Tarixga daxldor sirlarni ochish va qiziqarli reportajlar tayyorlash uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 290 |
| 4 ч | 524 |
| 8 ч | 590 |
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 428 |
| 3 ч | 535 |
| 6 ч | 644 |
IÇKI OLAM TARTIBI Inson bu dunyoda umrini xotirjamlik bilan, maʼlum bir tartibga tayangan holda ötkazişga intilmoği lozim, çunki tartibsiz keçgan hayot kişining kuçini ham, vaqtini ham, könglidagi niyatlarini ham behuda sarflab yuboradi. Agar odamzod har bir qadamda qoqilaversa, har kuni uning boşiga biror köngilsizlik tuşaversa, goh bir buyumi sinib, goh kimdir unga qattiq gapirib, goh qozondagi ovqati kuyib qolaversa, bunday hodisalarning har biri alohida olganda arzimas bölib körinsa-da, ularning qayta-qayta takrorlanişi yaxshi emas. Har kuni biror muammo topib turadigan, arzimagan hodisalardan katta baxtsizlik yasaydigan odamning ichki dunyosini ham, hayotini ham havas qilgudek deb bölmaydi. Bunday insonlarning hamrohlari va döstlari ham ulardan yetadigan aziyatlar sababli oğir holatda böladilar. Çunki ular öliklarini hammaga taşlaşim joiz, hamma mening öligimni kötarişga majbur deb öylaşadi. Vahimaçi va xayoli qora odamdan bundan bölak nima kutiş mumkin? Şu sababli har bir kişi öz hayotini batartib, osoyişta va bir maromda ötkazişga harakat qilmoği kerak. Mabodo inson şunday köngilsizliklarga tez-tez duç kelayotgan bölsa, avvalo sababni taşqaridan izlamasdan, özining maʼnaviy olamini, niyat va xayollarini sinçiklab tahlil qilişi, ularni taftiş qilib körişi lozim böladi. Zotan, insonning içki dunyosida buziliş yuz berganda, bu buziliş ertami-keçmi uning taşqi dunyosida ham namoyon böladi, uning işlarida, munosabatlarida va kundalik turmuşida aks etadi. Soğliq bilan boğliq aksariyat dardlarning ildizi ham köp hollarda inson ruhiyatidagi, uning xayollaridagi izdan çiqiş bilan aloqadordir. Şuning uçun inson imkon qadar öz içki olamini töğri va batartib tutişi, ruhini muntazam ravişda tarbiyalab, uni bedor saqlaşi shart. Bir joyda harakatsiz qolgan jism kasallikka çalingani kabi, tarbiyadan mahrum qolgan ruh ham zaiflaşib boradi. Qaysi bir kişi harakatçan bölsa, har kuni piyoda yursa, sport va jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullansa, uning tani soğlom bölgani singari, ruhini doimo amallar bilan maşğul qilgan kishi ham ruhan soğlom va tetik böladi. Jismning safar va sayohatlari yer yuzida keçsa, ruhning safarlari osmonlarda keçadi. Insonning tani yer yuzida yaşab tursa-da, uning ruhi osmonlarga safar qiliş imkoniyatiga ega, biroq buning uçun u osmondan tuşirilgan arqonga mahkam yopişmoği lozim. Qalb va ruh birgalikda şu arqonni mahkam tutib turişi kerak bölib, bu arqon Allohning kalomi va Allohning zikridir. Albatta, inson bu arqonni öz kuçi bilan mustaqil uşlab turişga intiladi, bu yölda köp harakat qiladi, biroq baʼzan arqon uning qölidan çiqib ketadi. Jismoniy maşqlarda kişi jamoa bilan birga şuğullansa yoki biror murabbiyga ergaşsa, öz maşğulotini uzluksiz davom ettira olgani kabi, ruhiy tarbiyada ham, Allohning arqonini tutib, Uning zikrini qilişda yo solih bir rahbari bölgan jamoaga qöşilişi, yo bir ustozning etagini tutişi lozim. Haqiqiy ustoz inson ruhiyatining Xudo bilan boğlanişiga yordam beradi, unga yöl-yöriq körsatadi va jism tirik ekan, hali yer yuzida yurgan çoğidayoq ruhning samolarga sayr qilmoği uçun kömaklaşadi. Akrom Malik
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 210 |
| 3 ч | 440 |
| 9 ч | 538 |
| 25 ч | 990 |
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 20 ч | 838 |
| 24 ч | 906 |
Aqlni yöq qilmoq şaytonning maqsadi Aql insonga berilgan eng qimmatli neʼmatdir. Alloh taolo yaratgan narsalarning eng birinçilaridan biri aynan aql bölgan ekan. U aql Aqli kull deb atalib, butun insoniyatga ana şu aqlning juzʼlari, yaʼni qismlari berilgan ekan. Aql miyada joylaşgan bölib, u göyoki çiroqdir. Bu çiroq Tangri taoloning inoyati ila yonadi va hosil bölgan nur köngilga tuşadi. Natijada, köngil yorişadi va köngilning yorişuvidan uning ham içidagi ikkinçi aql – lub tiriladi. Ana şu lub sababli odamiyzod Xudoni taniydi. Agar lubga nur yetmasa, odamzod Xudoni tanimaydi. Qalb nozik bir harir parda ila ihotalangan. Bu pardaning nomi fuaddir. U parda oyna kabi içkariga nurni ötkazib beradi. Içkarida suvaydo bor. Suvaydoning vazifasi nurni qabul qiliş hamda muşohada etişdan iborat. Suvaydo bu muşohada oqibatida qiziydi va lub tiriladi. Lub qalbning qoq markazi bölib, Tangrining sifatlari va zoti tajalliysi aynan unda zuhur qiladi. Miyaning içida joylaşgan aqlning nomi aqldir. Uning faoliyatidan fikr paydo böladi. Qalb içidagi aqlning ismi lubdir, uning faoliyatidan kaşf, hikmat va laduniy ilmlar paydo böladi. Dunyoga oid hisob-kitoblar, jismga oid kasallik va sihhatni miyadagi aql idrok qiladi. Ruhning kirlanişi yoki nafsning ğaflatini lub köra oladi. Inson zotining botil, yaʼni yomon işlari, Xudo taqiq urgan işlar gunoh deb aytiladi hamda gunohlar sababli qalbning yuzasini kir bosadi. Bu kir natijasida odamiyzod miyadagi aqli bilan qança ilgari ketsa-da, heç bir yutuq kasb etmaydi. Miyadagi aql moddiy dunyo ilmlarini kaşf qiliş bilan şuğullanadi, qalbdagi aql malakut olami sirlarini muşohada qiliş bilan maşğul. Şariat miyadagi aqlning nazoratidagi iş, tariqat qalbning içidagi aqlga oiddir. Tariqat hosilasi bölmiş maʼrifat va haqiqat ham qalbning içidagi lubga beriladi. Ikki aqlning inson hayotida öta muhim örni bor. U ikki aql bir-birini rad qilmaydi. Balki ikkisi bir-birini töldiradi. Ammo ustunlik, şubasiz qalbdagi aqlga oid. Çunki qalbdagi aql insonni najotga yetaklaşi aniq, miyadagi aql esa halokatga taşlaşi ehtimoli bor. Şayton aql çiroğini öçirişga qasd etgan. Buning uçun u insonlarga aroq içiradi va fahş qildiradi. Bu ikki narsa qalbni zulmatga taşlasa-da, miyadagi aqlga daxl qilişi qiyin. Endi miyadagi aqlni ham öldiriş uçun navbatdagi vosita işga tuşdi. Uning nomi — yasama aql, yaʼni sunʼiy intellekt. Odamlar bugun bolalarini sunʼiy intellektdan qutqarişi mumkin bölgan barça çoralarni işlatişlari kerak. Çunki sun’iy ong natijasida odam jismidagi aql çiroği butkul sönişi heç gap emas. Natijada, insoniyat öz rutbasidan ayriladi va iş nihoyalaydi. Aqlni asraş bugungi zamonning asosiy muammosidir. Akrom MALIK
Открыть в TelegramYana bir taklif: hozir ilmiy işlarni sun’iy intellekt yozib berayotgan ekan. Hurmatli Özbekiston Fanlar akademiyasi va jumhuriyatimizdagi jamiki ilmiy kengaşlarga taklif! Kelingizlar, barça işlarni qölyozma – siyohqalam – ruçkada yoziş talabini rasmiylaştiringizlar. Doktorlik işlari uçun talab etiladigan barça ilmiy maqolalarning qölda yozilgan varaği va çop etilgan şaklini ham topşiriş va tekşiruvdan ötkaziş majburiyatini işlab çiqingizlar! Odam aqliga kelmaydigan har xil jarimalar öylab topişga usta qonunçilik institutlarimiz bunday qoidani rasmiylaştirişga nahotki, kuçi yetmasa? Kuçi yetadi. Hammamiz şu taşabbusni qöllab-quvvatlab kerakli maqomlarga yetkazaylik, azizlar! Akrom MALİK, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)
Открыть в TelegramSun’iy intellekt kuçayib borayotgan bir davrda barça asarlarni qölda yozib jon saqlaş mumkin deb öylayapman… Bundan keyin hazrat Navoiy şarhlari va romanlarimni qölda yoziş haqida fikr kelmoqda. Yozganlaring sof insoniy qalb va idrok hosilasi ekanligini hujjatlaştirib qöyişga ehtiyoj tuğilyapti. Vallohu a’lam. Akrom MALİK
Открыть в TelegramMusibatlarning hajmi Allohdan uzilganing qadar böladi Tasavvuf rizo maqomini örgatadi. Taqdirning boşingga kelgan har bir işiga rizo böl. Musibatmi, yöqotişmi, ahamiyatsiz — qalbing undan ozor çekayotgan bölsa, bu Haq taolo bilan Sening suhbating yöqligi dalilidir. Odamlardan yetadigan ozorlar emas, ularga körsatadigan munosabating sening içki olamingdan bir parçadir. Tuhmat-u böhton, ğiybat-u çaqimçiliklar qarşisida, senga yopiştirilgan jaholat va razolat qarşisida özingni ğamgin topayotgan bölsang, Haqning vuslatidan yiroqdaliging va sening ğaflatdaliging dalili uşbudir. Parvardigorga yetarli boğlanmasliging oqibatida boşingga yoğadigan musibatlar toşi quyuqlaşadi, balki ulardan qalbing his etadigan azoblar quyuqlaşadi. Insonlarga boğlanib qolganingni ulardan yetadigan aziyatlar qarşisida çekadigan iztirobing körsatib bergani singari bu hol Robbingdan uzilganingga ham hujjatdir. Agar sening qalbing yolğiz Robingga boğlansa, sening qarşingdagi odam ham şunday bölsa, ikkingiz orangizda ixtilof qolmaydi. Ixtilof Xudoni tanimaganlar, Xudodan bexabarlar orasida köp hamda zanjirdek mahkamdir. Xudoni tanigan va uni hamişa zikr etib turguvçi bandaning va ğofilning qalbi aslo jam bölmaydi, bunday dillar hamişa bir-biridan uzoqdir. Xudoni zikr etguvçilarning nomi köngil egasidir, çunki Xudo degan köngil KÖNGIL deb atalişga sazovor. Oşiq sevgilisini zikr qilib tolmagani kabi Xudoni sevgan banda Uni zikr qilib tolmaydi. Xudo bilan suhbat va qurbating, roz-u niyozing ziyoda bölgani sayin öz nafsingni unutib, şa’ningga nohaq otilgan toşlarni körmay qolaverasan. Illo, bundan keyin sening barça saʼylaring odamiyzodning musibat va halokatga uçramasligi uçun zuhur qilgay. Ammo odamiyzod buni qabul qilmagay va seni öziga duşman tutgay. Sen Xudoni naqadar tanisang, ularni şu qadar oson afv etasan. Kim bilan qolmoq kerak? Kimdan uzilmoq kerak? Har qança harakat qilsang-da, baʼzan senga qadrdon köringanlar bilan orangga kesiliş tuşadi. Agar Xudoni tanigan, uni hamişa zikr etadigan va gunohlariga tavba etadigan odamni bilsang, u bilan bir böl va uni tark etma. Xudo zikridan ğofil, dunyo muhabbatiga asir, gunohlaridan nadomat çekmaydigan kasdan uzoq böl. Albatta, uzoq böl. Agar Xudoni tanisang, sen harakat qilmasang ham, qalbing ğofil va johillarga aslo tavajjuh etmagay, inşaaAlloh. Vallohu aʼlam. Akrom MALIK
Открыть в TelegramHavas qilganing odamdan yiroq tur degan gap – jaholat belgisi, balki ixlossiz qalb dalolatidir. Yaqindan ham, uzoqdan ham ergaşaman deganing insonga muhabbating qoyim bölmasa, basiyrating körligini aybla. Çunki – sen munosib odamni topa olmading, qalbing kirligi uçun. Topgan odamingdan yuz burdingmi? Biror nuqsoni sababli? Sen munosib odam topa oladigan darajada aqlli emassan yoki şunday komil insonni topişdan tösilgansan, ya’ni senga ustozli bölmoq rizqi berilmagan ekan. Havas qilganingiz odamdan yiroq turing deya odamlar ongini jaholatga solma, ey kohil. Balki inson Xudodan ustoz talab etsin, çunki ustozsiz odamga haqiqatlar zuhur qilişi mahol. Ustozsiz inson faqat jaholat va iştiboh vodiylarida adaşib sarson bölişga mahkumdirlar. Ey johil, odamlarni öz jaholating bilan özing kabi adaşişga mubtalo qilma. Sen nimani bilar edingki, azaliy haqiqatning ziddini gapirasan? Ustozli bölmoq saodatdan bir alomatdir. Ustozli bölmoq inson qalbining ixlosiga hujjatdir. Agar inson komil inson topib, ustoz tuta olmagan bölsa, özi unga munosib emasligi uçun özini ayblasin. Akrom MALİK
Открыть в TelegramПереслано из Жамолиддин Муҳаммаджон
Аллоҳнинг берган ризқи орасида энг қимматлиларидан бири бу — солиҳ инсонлар давраси, суҳбати. Бугун якшанба дам олиш куни бўлишига қарамай, уйдан эртароқ чиқдим. Соч олдирдим, кейин адиб, Навоийшунос олим Акром Малик билан уйларида кўришиб, ҳали сотувга чиқмаган янги асарларини дастхат билан олишга мушарраф бўлдим. Аллоҳ таоло бу асарни миллатимиз учун хайрли қилсин. Муборак бўлсин.
Открыть в Telegram“Qonli gullar vodiysi: Madaminbek”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Uzbeçka”, “Azal muhri” hamda “Fariştalar ortidan” romanlari muallifi, biologiya ilmi allomasi Baxtiyor Abdulğafur akamiz Akrom Malikning “Mumtoz oila” kitobini taniştirmoqdalar. Baxtiyor akadek ajoyib insonning kamtarona kitobimizni birinçi bölib taniştirişlari – hali ommatan kitob taqdim etilgani yöq – kamina uçun bir yaxşilik, baraka ramzi bölib tuyuldi. Taşakkur, Baxtiyor aka! Bu borada Jamoliddin akaga ham rahmat! Borlaringizga şukurlar! Samimiyat ila Akrom Malik. 15.11.2026. 👉 https://youtube.com/shorts/boDC2D6gOWQ?feature=share
Открыть в Telegram“MUMTOZ SUHBATLAR”ning 3-sonida Sayfi Saroyi hazratlarining “Gulistoni turkiy” asarining “Faqirlar axloqi” deb nomlangan 2-bobidagi hikoyatlar haqida suhbat qilindi. Suhbatda “Mumtoz alifbo tahsili” öquvchilari tomonidan 2-bobning umumiy mazmuni tahlil qilinib, ayrim hikoyatlardan parçalar öqib berildi. Ertaga Toşkent vaqti bilan 19.30da. 👉 https://youtu.be/g96hKLJgifs?si=V1nxUwTSrlp1u6ak
Открыть в TelegramПереслано из Mumtoz alifbo öquvchilari
Mumtoz suhbatlar | 1-son 👉 https://youtu.be/vgY_EasLDQo @mumtoz_alifbo
Открыть в TelegramПереслано из Jadid.uz
✅ ASRIY MADANIYATLAR ÇORRAHASI Akrom MALIK Buyuk şaharlar ham xuddi buyuk insonlar kabi tuğiladi, ulğayadi, sinovlardan ötadi. Vaqt ötişi bilan özini bino qilgan millatning çegarasidan çiqib, butun başariyatning ma’naviy boyligiga aylanadi. Bunday şaharlar Yer yuzida sanoqli bölgani uçun ularning har biri haqida aytiladigan söz taroziga solinib, adolat mezoni bilan ölçanişi lozim. Samarqand ayni şunday şaharlar sirasiga kiradi. 🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=15141 Tilda, fikrda, işda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Открыть в Telegram@daqoyiq_t — sof ilmiy-akademik platforma. Ommabop emas. Tadqiqotçilar, fan doktorlari va professorlar uçun fikr maydoni. Ammo hamma uçun oçiq.
Открыть в TelegramReklama emas!!! Tavsiya! “Qamar”ning jiddiy voqea ekani uning asosçisi bu loyihaga faqat tijorat emas, vijdon va burç işi deb qaraşi bilan boğliq. Jamoliddin akaning disiplinasi, prinsiplari uning işi va insoniy munosabatlarida namoyon. “Qamar”ning yangi dökoniga bordim. Sizlarni dökon bilan taniştiray) Özimizni joy-da endi) Bemalol boradigan va ruhni yayratadigan joy! Manzili: https://yandex.ru/maps?whatshere%5Bzoom%5D=18&whatshere%5Bpoint%5D=69.351501,41.352251&si=czrdnth7tdj035yu3zwxx8hez4 Youtubeda: 👉 https://youtu.be/JR2LQsWCAs0
Открыть в TelegramПереслано из Hikmat istaganga...
Mard özbek xalqida ajoyib odat bor. Mahallada biror uyda töy yoki ma'raka bölsa, mahalladan bilib-bilib işini qiladigan odamlar paydo böladi. Kimdir avtomatik çoyga qaragan, kimdir öçoq olib kelgan, qöşnining kelini çiqib hovlini supurgan, eşik oldida keldi-kettiga boşqasi qaragan. Xullas hammaning öz işi, öz vazifasi bor. Bir ayol kelib töğri dasturxonxonaga kirib işlarni yölga qöygan. Biri yöldan ötib ketayotgan maşinani töxtatib, bor Qorakani uyidan olib kel desa, heç kim sen kimsan demagan. Uyning egasining ham işi bölmaydi. Sizlar kimsizlar, nima qilyapsizlar ham demaydi. Hamma birdam, hamma işlagan. Buning uçun ular heç kimdan pul yoki bir tovoq oş ilinjida bölmaydi. Hamma "Fiy sabililloh!" Bolalarçi-bolalar, qozon boşida oşga göşt solgan... bitta laganga, bitta qoringa. Buni ham heç kim malomat qilmaydi. Xalqqa kelgan töy. Eh bunday ijtimoiylaşuv köp millatlarda yöq. Çet elliklar qanday qilib bir tiyin bermasa ham bular şunça iş qilyapdi, deb öylaşi mumkin. Bu tabiat. Özbekning tabiati, özbekning mardligi. Özlaridan sörasangiz. "Musulmonçilik" deb qöyişadi.
Открыть в Telegram