Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 464 |
| 4 ч | 522 |
| 6 ч | 619 |
- Через 6 часов619
- Всего сейчас619
Часов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 464 |
| 4 ч | 522 |
| 6 ч | 619 |
Borxes haqida mulohaza yuritayotib uni beixtiyor bir me’morga mengzayveramiz. O‘z hikoyalari bilan butun boshli adabiy olam binosini barpo etib ketgan me’morga. Uning ayni olami hali e’tibor qilinmagan ma’nolarni kashf etish ilinjidagi har bir o‘quvchi sayr qila oladigan va o‘zi uchun o‘zi istagan yangicha buyumlarni – «xryonirlar»ni izlab topa oladigan bir kafolatli qo‘rg‘on kabidir. Chindan ham, Borxesni o‘qishga tadorigi bor va oqibatda uni anglash ostonasida turgan har bir mutolaago‘y bu qo‘rg‘on aro o‘zining alohida Borxesini izlab topishi ehtimoli yo‘q emas. Sharifjon Ahmad tarjimon, yozuvchi 📘 @akademnashr | Tez kunda...
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 265 |
| 3 ч | 448 |
| 5 ч | 652 |
| 7 ч | 683 |
Aksolotl Xulio Kortasarning “Aksolotl” hikoyasida qahramon akvariumdagi jonivorga qattiq mahliyo bo‘lib, uning nigohlari va sirli dunyosini anglashga intiladi. Hikoya voqelik bilan xayolni birlashtirib, oddiy kuzatuvni chuqur ichki kechinmalarga aylantiradi. O‘quvchiga tasavvur erkinligini va o‘z ong-u shuuriga sayohat qilish imkonini beradi. “Aksolotl” ko‘p qatlamli ramzlari hamda muallifning tasavvur “o‘yinlari” bilan juda muhimdir. Odamlar uni g‘ayrioddiy voqea uchun emas, aksincha ishoralarni ilg‘ab, chuqurroq fikrlashni o‘rganish uchun o‘qishlari kerak. Ushbu hikoya Xulio Kortasarning “Ishg‘ol qilingan uy” hikoyalar to‘plamidan joy olgan. ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 385 |
| 8 ч | 476 |
| 24 ч | 834 |
Murod Chovush: Osamu Dazaining kitobini o‘qir ekanman, “badiiy matn shunaqa bo‘lishi kerakmi yoki tasavvur qilganim kabi — boshqacha” degan savol ham o‘tdi. Gohida ideallik romantikasi boshqa bir romantizmni yengib qo‘yadi. Yaponiyalik yozuvchilarda ideallik romantikasi emas, romantik kayfiyatning ko‘p hollarda tanazzulini real tasvirlaydi. To‘liq o‘qish uchun: t.me/akadem_taqriz/319 ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 🍇 Uzum Marketdan xarid qilish 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 447 |
| 6 ч | 536 |
| 24 ч | 808 |
Yomg‘ir, Somerset Moem 🟠Hikoyada yomg‘ir tinmay yog‘adi va odamning asabiga tegadigan darajada horg‘in kayfiyat yaratadi. O‘qiyotganda o‘zingiz ham xuddi yopiq xonada qolib ketgandek, tashqarida esa sel quyayotgandek his qilasiz. 🟠Tashqaridan juda qattiqqo‘l, qat’iyatli yoki begunoh ko‘ringan odamlarning aslida qanday zaifliklari borligini ko‘rasiz. Moem odamni hukm qilishga shoshilmaydi, shunchaki haqiqatni yuzaga chiqaradi. 🟠Voqealar bir chiziqda ketmaydi. Avval bir tomonga qarab ketayotgandek tuyulgan munosabatlar birdan teskari tomonga burilib, oxirida “ha, shunday bo‘lishi ham mumkin ekan-da” degan o‘yga yetaklaydi. ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 22 ч | 675 |
| 25 ч | 707 |
Temirpo‘lat Tillayevning “O‘lim o‘pqoni” asarini o‘qib tugatdim - haqiqiy triller! Mistika, fantastika aralash o‘ta realistik tasvir. Dahshatli voqealar shu qadar tiniq, serrang va real tasvirlanganki... Ayniqsa yetti kun yoqqan yomg‘ir fonida sodir bo‘layotgan falokatlarni deraza ortida rostanam yomg‘ir yog‘ib turganda o‘qish... dahshat bosdi meni. Mana so‘zning qudrati! Bir uxlab turib, bozorga borib, konsertga tushib keldim hamki taassurotlar xiralashmayapti, ehtiroslar bosilmayapti. Balki yozsam tinchlanarman. ©️ Shahnoza Soatova (#) 📖 To‘liq o‘qish uchun: t.me/akadem_taqriz/318 ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramЧасов после публикации
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 48 ч | 835 |
| 67 ч | 939 |
#yangi_nashr 📘 Sharq va G‘arb 📖 Fragment va mundarija “Sharq va G‘arb” kitobiRene Genon qarashlarining tub mohiyatini ochib beradi. Aslini olganda, uning qolgan barcha tadqiqotlari ham aynan ushbu kitob mavzusidan kelib chiqqan. Rene Genon nuqtayi nazarining jozibadorligi shundaki, u orqali har bir madaniyat va har bir muayyan traditsiya o‘zining munosib o‘rnini topadigan Yagona Ma’naviy Traditsiya shakllarining cheksiz umumiy manzarasi namoyon bo‘ladi. Genon tomonidan bundan 100 yildan ko‘proq vaqt muqaddam yozilgan ushbu kitob o‘zining misli ko‘rilmagan dolzarbligi va zamonga hamohangligi bilan bugungi kitobxonda shubhasiz katta qiziqish uyg‘otadi. 🟠Muallif: Rene Genon 🟠Tarjimon: Hamid Sodiq 🟠Hajmi: 272 bet 🟠Muqova: qattiq / yumshoq 🟠Narxi: 45 000 so‘m / 37 000 so‘m 🟠Xarid: t.me/akademsavdo ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 🍇Uzum Marketdan xarid qilish 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramQimmatga tushgan kichik xato haqida bilasizmi? 🎬 Bitik online 📘 Chili loyihasi 📖 “Chikago yigitlari” va neoliberalizm tanazzuli hikoyasi 👤 Sebastyan Edvards 🍇 Uzum Marketdan xarid qilish ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramPython ayni paytda eng ommabop dasturlash tillaridan biri... Uning asosiy ustunliklarini ko‘rsatuvchi 5 ta jihat: O‘rganish oson va o‘qishga qulay: Kod yozilishi oddiy ingliz tiliga yaqin, ortiqcha murakkab belgilar kam. Yangi boshlovchilar ham tez tushunadi. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlilida yetakchi: Neyrotarmoqlar, mashinali o‘rganish va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda eng ko‘p ishlatiladigan til. Katta kutubxonalar va tayyor vositalar: Har xil vazifalar (sayt yaratish, avtomatlashtirish, tahlil, rasm/matn ishlash) uchun yuz minglab tayyor kutubxonalar bor — noldan yozish shart emas. Kundalik ishlarni tez avtomatlashtiradi: Fayllarni saralash, hisobot tayyorlash, ma’lumot yig‘ish kabi takrorlanuvchi ishlarni bir necha satr kod bilan tez bajaradi. Keng qo‘llanilish doirasi va ish o‘rinlari: Veb-dasturlash, backend, avtomatlashtirish, testlash va AI sohalarida keng qo‘llanadi, shuning uchun bozorda unga talab yuqori. 🍇 Uzum Marketdan xarid qilish ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr
Открыть в Telegram🇺🇿 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun! 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramTasavvur qiling... Ertalab uyg‘onib, shunchaki ko‘ngil ishtiyoqi ortidan quvish uchun bir maromda ketayotgan hayotingizni butunlay barbod qilishga qaror qildingiz. Xo‘sh, unda nima bo‘ladi? Somerset Moemning “Oy va chaqa” romani aynan shu haqida. Charlz Striklend oilali, o‘rta yoshlardagi bir ko‘rimsiz londonlik birja dalloli. U to‘satdan hamma narsasini — xotini, farzandlari va ishini tashlab, avval Parijga, so‘ngra Taitiga bosh olib ketadi. Uning fikri-zikri faqat rassom bo‘lish vasvasasi bilan band. U och qolishiga ham, kimgadir ozor berishiga ham, odamlarning gap-so‘ziga ham mutlaqo tupurgan. Asar o‘rtaga shafqatsiz bir savolni tashlaydi: haqiqiy daho tabiatan xudbin bo‘ladimi? Agar ushbu kitobni hali o‘qishga ulgurmagan bo‘lsangiz, bugunoq mutolaa ro‘yxatingizga qo‘shib qo‘ying. ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramOsamu Dazaining “Botayotgan quyosh” asari ikkinchi jahon urushidan keyingi Yaponiya haqida... Bir paytlar hashamat va kiborlikda yashagan aristokratlar oilasi bir kechada hamma narsasidan ayrilib, oddiy odamlar kabi kun kechirishga majbur bo‘ladi. O‘tmishning yoqimli xotiralari va bugungi achchiq haqiqat o‘rtasidagi kurash juda ta’sirli tasvirlangan. Dazai qahramonlarining dardini yashirmaydi. Asardagi har bir qahramon ichki kechinmalari o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Qolaversa, Dazai asardagi qahramonlar orqali o‘zining hayotiy fojialari, tushkunligi va jamiyatdagi o‘rnini topa olmaganini qog‘ozga tushirgan. Shuning uchun ham asarning har bir satri qalbga yaqindek tuyulaveradi. 🍇 Uzum Marketdan xarid qilish ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramMatnining g‘alati joylashishi Mallarmening she’riy mashqlarini eslatadigan “Jakomo Joys” asari nima haqda? 1912‒1916-yillarda Jeyms Joys Triyest shahrida yashaydi. “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” romanini yozib tugatadi, “Quvg‘indilar” pyesasi ustida ishlaydi, “Uliss” haqida bosh qotiradi, tirikchilik vajidan ingliz tilidan dars berib yuradi va kutilmaganda o‘zining o‘quvchisi, italiyalik yoshgina yahudiy qiz Amaliya Popperni sevib qoladi. “Jakomo” sahifalarida Joys kechirgan alamli tuyg‘u, yoshlik fasli o‘tib ketganini to‘satdan payqab qolgan adib qalbini to‘lqinlantirgan his-hayajonlar jonlanib turadi. Aftidan, bu asarning mazmuni, agar umuman an’anaviy poetika tushunchasi qaysidir ma’noda ushbu matnga ham taalluqli hisoblansa, undagi zavq-shavq, his-tuyg‘u, daxldor lik, harakat, xullas, barchasi shoir kalomiga uyg‘un: Beboshliklar, gunohlar haqda, Qochishlar, quvishlar, Hayajondan esankirashlar Turtkilar, suyishlar... Ushbu nasr sag‘ir qolgan lahzalar haqida, makonidan adashgan vaqt haqida, yoshlik bilan vidolashuv iztirobi-yu azob bilan erishilgan yetuklik haqida... “Jakomo Joys”ni “...Dur” to‘plamidan o‘qishingiz mumkin. “...Dur” kitobi uchun oldindan buyurtma davom etmoqda. 📘 @akademnashr
Открыть в Telegram❤️❤️❤️ 17-noyabr — “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan barcha kitoblarimizga 10 va 7 foizli chegirmalar e’lon qilamiz. 7% — hamma uchun; 10% — faqat talabalar uchun. Chegirma 18-noyabr kuni soat 21:00 gacha davom etadi. ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 📘 @akademnashr
Открыть в Telegram“Yulduzlar toʻzoni” romani haqida ikki taqriz 1️⃣ Muhiddin Nido (@qora_yigit) Oʻqish uchun: t.me/akadem_taqriz/317 2️⃣ Avaz Alijonov (@oqirman_fikri) Oʻqish uchun: t.me/akadem_taqriz/316 🍇 Uzum Marketdan xarid qilish 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramTabiat va ong to‘qnashuvi Uilyam Goldingning “Vorislar” romanida qadimgi dunyoning so‘nggi vakillari bo‘lgan oddiy va beg‘ubor neandertallar jamoasining hayoti, ularning tabiat bilan uyg‘unligi va dunyoga bo‘lgan o‘zgacha nigohi tasvirlanadi. Biroq ularning tinch va totuv hayotiga kutilmaganda mutlaqo boshqacha tafakkurga ega bo‘lgan “yangi insonlar” kirib keladi. Asar ikki xil dunyoqarashning to‘qnashuvi, o‘zaro tushunmaslik va yuzaga keladigan murakkab munosabatlarni o‘quvchining yuragiga yetib boradigan darajada chuqur ochib beradi. Golding bu orqali inson tabiatidagi o‘ziga xos murakkabliklar, taraqqiyot va uning ortida yashiringan falsafiy savollar ustida mushohada yuritishga undaydi. ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 🍇 Uzum Marketdan xarid qilish 📘 @akademnashr
Открыть в Telegram“Bizning badiiy ijod, ijodkor shaxsi, adabiyotning oʻrni, mafkura va adabiyot, davr va ijodkor kabi masalalardagi munozaralarimiz koʻp jihatdan jahon adabiy hayotidan ajralib qolganimiz bois xiyla past saviyada kechadi va aksariyat hollarda bahslarda haqiqat yuz koʻrsatmaydi”. Ahmad Otaboy “...Dur” kitobi uchun oldindan buyurtma davom etmoqda. 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramOLDINDAN BUYURTMA BOSHLANDI 📘 ...Dur 📖 Fragment va mundarija Ushbu kitobga umumiy tarzda “...Dur” deb nom berildi. Unda o‘tgan asr G‘arb badiiy tafakkuri yetkazib bergan durdona nasriy asarlar, G‘arb adabiyot ilmining atoqli namoyandalari esselari, ma’ruza va maqolalari jamlandi. Ularning bari vaqt sinovidan o‘tgan, hanuz katta qiziqish bilan o‘qilayotgan, bahs-munozaralarga turtki berayotgan asarlardir. Ular Sizning ham e’tiboringizni tortadi degan umiddamiz. Tarjimon va to‘plovchi: Ahmad Otaboy Kitob 20-noyabr kuni sotuvga chiqadi. Bugundan boshlab 20% chegirma bilan kitobni oldindan buyurtma berishingiz mumkin. 🟠Hajmi: 288 bet 🟠Muqova: qattiq 🟠Narxi: 75 000 so‘m 🟠Chegirmali narx: 60 000 so‘m ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📘 @akademnashr
Открыть в TelegramOngli ota-onalik g‘oyasi “Montessori go‘dak” kitobining muhim jihatlaridan biri ongli ota-onalik g‘oyasi bo‘lib, u kattalarning o‘z hissiyotlarini jilovlay olishi bolaga qanday ijobiy ta'sir ko‘rsatishini ochib beradi. 🟠Muallif bolaga doim yordam beraverish o‘rniga, unga o‘z ishini o‘zi bajarish uchun sharoit yaratish muhimligini uqtiradi, masalan, kiyimlarni pastga osish, o‘yinchoqlarni o‘zi yig‘ishtirishi uchun qulay qutichalar qo‘yish va boshqalar. 🟠Qattiqqo‘llik yoki erkalatib yuborish o‘rtasida muvozanat topib, bolaga hurmat bilan aniq va tushunarli chegaralarni qo‘yish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. 🟠Bolaning o‘z o‘yiniga sho‘ng‘ib ketishiga, konsentratsiyasiga xalaqit bermaslik, uning diqqatini bo‘lmasdan mustaqil ravishda dunyoni kashf etishiga imkon berish kerakligi alohida ta'kidlanadi. ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 🍇 Uzum Marketdan xarid qilish 📘 @akademnashr
Открыть в Telegram💸 Chikago yigitlari Chikago universitetida taʼlim olgan yosh iqtisodchilar guruhi boʻlib, ular Chilida davlat aralashuvini kamaytiruvchi va erkin bozor qoidalariga asoslangan tub islohotlarni amalga oshirishgan. Ular narxlar nazoratini bekor qilish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va tashqi savdoni ochish orqali mamlakatda inflyatsiyani jilovlab, kuchli iqtisodiy oʻsishga erishishgan. Biroq bu radikal oʻzgarishlar ijtimoiy sohani bozor mexanizmlariga topshirgani sababli boy va kambagʻal oʻrtasidagi tengsizlikni ham keskin oshirib yuborgan. Chili iqtisodiyoti tez rivojlangan boʻlsa-da, oddiy aholi uchun taʼlim, tibbiyot va nafaqa taʼminotida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Mavzuni yanada aniqroq tushunish uchun Sebastyan Edvardsning “Chili loyihasi” kitobini o‘qishni tavsiya etamiz. 📘 Chili loyihasi 📖 “Chikago yigitlari” va neoliberalizm tanazzuli hikoyasi 👤 Sebastyan Edvards ▫️ Xarid uchun: 😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677 📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40. 🍇 Uzum Marketdan xarid qilish 📘 @akademnashr
Открыть в Telegram