Firibgarlardan ogoh böling!
Agrobank fuqarolarni huşyor bölişga çaqiradi.
💬 Sönggi paytlarda firibgarlar özlarini bank xodimi deb taniştirib, fuqarolardan şaxsiy ma’lumotlar va SMS orqali kelgan tasdiqlaş kodlarini olişga urinmoqda. Birgina şunday kod mablağlaringizni xavf ostiga qöyişi mumkin.
⚠️ Unutmang: Agrobank xodimlari heç qaçon sizdan SMS-kod, PIN-kod, CVV yoki karta ma’lumotlarini söramaydi. Kimdir bu ma’lumotlarni telefonda yoki ijtimoiy tarmoqda sörasa, suhbatni darhol töxtating.
✅ Xavfsizlik qoidalari:
▪️ bank xizmatlari, kreditlar va aksiyalar haqidagi ma’lumotni faqat agrobank.uz va bankning rasmiy sahifalaridan oling;
▪️ noma’lum havolalarni oçmang, şubhali fayllarni yuklamang;
▪️ “hisobingiz bloklandi”, “yutuq çiqdi” kabi şoşiltiruvçi xabarlarga işonmang.
🆘 Kodni berib qöygan bölsangiz, darhol 1216 raqamiga qönğiroq qiling va kartangizni ilova orqali bloklang.
Huşyorligingiz — mablağingiz xavfsizligining eng işonçli himoyasi!
📱 Instagram📱 Facebook 🖥Sayt