O’rtola, har kuni kurs haqida juda ko’p xabar kelmoqda. Barchangizga rahmat, hammasiga shu yerda javob beraman. Hozir qabul yopiq. Oxirgi guruhimiz sentyabrda boshlangan, ular bilan dekabrda kursni yakunlab olamiz. ▫️ Yangi guruhga qabul: dekabrda ochiladi ▫️ Darslar 10-yanvardan boshlanadi. Bu safar kursga ancha katta yangiliklar kiritdik: ✅️Birinchi dars va bitiruv darsi endi oflayn, qolgan darslar to’liq onlayn bo’ladi; ✅️Har bir o’quvchiga darslarni o’zlashtirish uchun qo’llanma kitoblar beriladi; ✅️Kuratorlar soni ko’paytiriladi; ✅️Guruhga Sun’iy intellekt yordamchi ulanadi; ✅️Bonus modul: buxgalteriyada sun’iy intellektdan foydalanish darslari qo’shiladi; ✅️Darslar oxirgi o’zgarish va yangiliklar bilan birga o’tiladi. Shu o’zgarishlar sabab kurs narxi biroz oshadi. ✔️ @Online_buxgalteriya_bot ⚡️ Qabul ochilmasidan oldin yozilganlarga ham maxsus takliflar bor. Murojat uchun: @Menejer_AfzalRakhimov ga yozsangiz bo’ladi.
Открыть в TelegramПосты канала Afzal Raximov | Milliy Hisobchi🔒
👞Kech bo’lganda bir qiziq xabar chiqib qoldi. 📌Poyabzalga markirovka: 2028-yildan majburiy bo’lishi mumkin Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo’yilipdi. Tasdiqlansa, deyarli barcha poyabzal (TIF TN 6401-6405) markirovkasiz sotilmaydi. ▫️Muddatlar ▪️2027-yil 1-yanvardan: tajriba ▪️2028-yil 1-yanvardan: majburiy ▫️Eski qoldiqni sotish muddati ▪️Ishlab chiqaruvchi va importchi: 2028-yil 1-aprelgacha ▪️Ulgurji: 1-iyulgacha ▪️Chakana: 1-oktabrgacha ⚡️Poyabzal sotsangiz, hozirdan “Asl belgisi” tizimiga tayyorlaning. Muhokama 10-dekabrgacha: regulation.adliya.uz/project/11917/39046 Asos: VM qarori loyihasi (ID-11917), PQ-250-son 02.07.2026y. 🧾 Sizningcha, poyabzalga markirovka kerakmi? Bu loyiha bozorga foyda beradimi yoki tadbirkorga ortiqcha yuk bo’ladimi? Fikringizni izohda yozib qoldiring 👇 💬@Afzalraximov
Открыть в TelegramBu Excel jadvalni qanday yasadim? Formulali masala jadvalini qanday tayyorlaganimni ko'pchilik so'radi. Javobi aniq: sun'iy intellekt AI agent bilan 5-10 daqiqada tayyorlab qo'ydik. Oldin bunday formulali jadvalni yasash juda qiyin edi. Excel'ni chuqur bilish va kunlab vaqt kerak bo'lgan. Men AI agentimga ancha vaqtdan beri qonunchilikni o'qitib kelmoqdaman, qolaversa meni deyarli barcha video darslarimni, qo'llanmalarimni va ish jarayonimdagi vaziyatlarni ko'rib o'rganib kelmoqda. Hozir jamoamdagi eng kuchli yordamchim desam ham bo'ladi. Ochig'i, hozirgi sun'iy intellekt imkoniyatlariga lol qolmoqdaman. YouTubedagi darslarimni ham yozilishiga texnik tomondan juda katta yordam bermoqda. Oxirgi youtubedagi videoyimizni 1-soatda hechqanday yordamchilarsiz, montajsiz yozdim va o'sha zahoti videoni joyladim. Qolaversa ish jarayonlarimizni ham ancha yengillashtirgan. Operatsiyon ishlarni juda ko'pini o'zi qilmoqda. Yanvar oyida ochiladigan yangi guruhlarimizga ham 1 ta bonus modul qo'shmoqchiman. "Buxgalteriyada AI dan foydalanish" modulini ham kiritmoqchiman keyingi guruhlarimizga. Albatta barcha buxgalterlarga tafsiyam ish jarayonlaringizga AI-ni qo'shib boring, operatsion ishlardan uzoqroq bo'ling. Sizchi, ishingizda hozir qaysi AIdan foydalanyapsiz? Izohda yozing 👇 p/s: AI-bu faqat chatgbtga yozish emas. Man deyarli 1-yildan beri chatgpt ishlatmiman.
Открыть в TelegramDoimiy muassasa nima? Doimiy muassasa - chet el yuridik shaxsi Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, va shu yerda ofis, filial, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya va har qanday boshqaruv joyiga ega bo'lsa chet el yuridik shaxsining Oʻzbekistondagi doimiy muassasasi deyiladi. Hususan qurilish maydoni, qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyekti va chet el yuridik shaxsi tomonidan oʻz xizmatchilari yoki shu maqsadlar uchun uning tomonidan yollangan boshqa xodimlar orqali bajariladigan maslahat xizmatlari va shu kabi boshqa xizmatlar istalgan ketma-ketlikdagi 12 oylik davr mobaynida kamida 183 kun davom etsa, bular ham O'zbekistonda Doimiy muassasa sifatida ro'yxatdan o'tishi kerak bo'ladi. 💬@AfzalRaximov
Открыть в TelegramSavol: Norizedentlar daromadidan soliq agenti tomonidan undirib olinadigan foyda solig‘i (137-kod) hisobotini to‘ldirishda xalqaro shartnomalarga muvofiq imtiyozlarni hisobotida aks ettirish uchun nima qilish lozim? Javob: Normativ huquqiy hujjatlar bilan berilgan imtiyozlardan foydalanish uchun my.soliq.uz portal orqali Ishlar (xizmatlar) importi yuzasidan soliq hisobotlarini yuborish bo'limidan Norezidentlarning foyda solig‘i hisobot shaklini to'lidirishda tegishli davrni tanlab ma'lumotga o'tish belgisi orqali so'ralgan ma'lumotlarni to'ldirasiz va soliqdan ozod etilgan bo`lsa yoki pasaytirilgan soliq stavkasini qo'llamoqchi bo'lsangiz tastiqlovchi hujjat rezidentlik sertifikati va apostil yuklashingiz kerak bo'ladi. Soliq kodeksi 358-modda: Norezident boʻlgan daromad oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning rezidenti ekanligini tasdiqlaydigan rasmiy hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) norezident rezidenti boʻlgan chet davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan asl nusxa. Bunda shunday hujjatni berish konsullik legallashtirish amalga oshirilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan holda bo'lishi kerak. 2) ushbu 1-bandning talablariga muvofiq boʻlgan hujjat asl nusxasining notarial tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; 3) chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan, soliq rezidentligini tasdiqlovchi elektron hujjatning qogʻozdagi nusxasi. 💬Telegram 📹YouTube 📹Instagram
Открыть в TelegramBojxona organlari tomonidan undiriladigan bojxona bojlari va soliqlar: Kod-20 -Import bojxona boji Kod-21 -Qoʻshimcha bojxona boji Kod-25 -Eksport bojxona boji Kod-27 -Olib kirilayotgan tovarlar uchun aksiz soligʻi Kod-28 -Olib chiqilayotgan tovarlar uchun aksiz soligʻi Kod-29 -Qoʻshilgan qiymat soligʻi Kod-30 -Yagona bojxona toʻlovi 💬Telegram 📹YouTube 📹Instagram
Открыть в Telegram✅️Ishlash uchun masala. Faqat sariq joylariga provodka berib chiqasizlar va to'g'ri provodka bersangiz Balans va Moliyaviy natijani o'zi chiqazadi. Yakunda "TO'G'RI" belgisi o'zi chiqadi, shunda to'g'ri ishlagan bo'lasiz. Yakuniy 8710 ga Foyda 44 455 000 chiqishi kerak. Albatta ishlab ko'ringlar, sizlar uchun tayyorladim.✊ Ishlasangiz izohga rasmini tashlab qo'ying.✔️
Открыть в TelegramO'zilar ishlashilar uchun ham bitta shunday ishlanmagan masala jadval qilib beraymi.
Открыть в Telegram📹YouTubeda yangi video chiqdi.⚡️ Buxgalteriya schotlari, provodka berish, balans va moliyaviy natija chiqazishni o'rgandik. https://youtu.be/v4dgq3K6LRQ 00:00 Kirish 01:53 Buxgalteriya schotlari haqida tushuncha 03:19 Schotlarning turlari 05:27 Aktivlar haqida 06:55 Passivlari haqida 09:37 Schotlarning ko'payish, kamayishi va yopilish qoidalari 13:15 Provodka berib masala ishlash 40:50 Aylanma qoldiqni tahlil qilish 43:25 Balansni teng chiqmasligi sababi 44:20 Moliyaviy natijani tuzish va tranzit schotlarni yopish 48:53 Yakuniy korxonani foyda zararini aniqlash va uni yopish 52:44 Balans chiqishi 52:58 Yakuniy holat va natija. 56:09 Buxgalteriya kurslarimiz haqida 01:01:18 Hisobotlarga joylashtirish.
Открыть в TelegramAssalomu alaykum yaxshimisla o’rtola. Hullas bugun azgina vaqt bo’lib qoldi, YouTubega video yozvormoqchiman. Qaysi mavzuni tanlisla 3 ta variant bor: 👍Buxgalteriya- schotlar bilan ishlash, pravodka berish to’liq va balans chiqazish. 🔥Soliq-Resurs soliqlari haqida to’liq dars. 🏆1C-Zarplata kadr bo’limida to’liq ishlash.
Открыть в TelegramBarchasi Foyda solig'i haqida📌 Foyda solig'i to'lovchilari: ▫️ O'zbekiston rezidenti bo'lgan yuridik shaxslar ▫️ DM orqali ishlaydigan va O'zb.dagi manbalardan daromad oladigan norezidentlar ✅️Aylanma solig'i to'lovchi bo'lganlarga foyda solig'i tadbiq etilmaydi. Hisoblanishi: ▫️Daromad - chegiriladigan xarajatlar = soliq bazasi. ▫️Misol: daromad 800 mln, xarajat 600 mln= 200 mln(soliq solinadigan foyda) × 15%(soliq stavkasi) = 30 mln so'm (soliq summasi) Soliq stavkalari: ▪️ 15%: asosiy stavka ▪️ 20%: banklar, mobil aloqa, polietilen granula ishlab chiqaruvchilar, bozor va savdo komplekslari ▪️ 0%: qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari, ijtimoiy soha, yuqori texnologiyali mahsulot, budjet tashkilotlari va boshqalar. ⚡️ Ko'p qo'llaniladigan Imtiyozlari ▫️ Daromadi yilda ilk marta 10 mlrd so'mdan oshgan korxonalar 15% o'rniga 7,5% to'lashi mumkin: shu yili va keyingi yili, daromad 100 mlrd dan oshmasa. ▫️ 2026-yildan aylanmadan ilk marta o'tganlar keyingi 2027 yil foyda solig'idan ozod qilinadi. 📅 Hisobot va to'lov muddatlari. ▫️ Chorak uchun: keyingi oyning 20-sanasigacha ▫️ Yil uchun: keyingi yilning 1-martigacha 💬@Afzalraximov
Открыть в TelegramMCHJ-shaklidagi qo’shma korxona va xorijiy korxonaning bir biridan qanday farqi bor? Qo’shma korxona va xorijiy korxona tashkil etish uchun asosiy talablardan biri, korxona ustav fondi 400-mln so’mdan kam bo’lmasligi kerak. Asosiy farqi: ◾️Xorijiy korxonaning to’liq tasischilar tarkibi chet ellik shaxslar bo’lishi kerak. ◾️Qo’shma korxonada tasischilardan biri chet ellik shaxs bo’lishi va ustav kapitaldagi ulushi 15% dan kam bo’lmasligi kerak. Asos: PF-5495-son 01.08.2018y 💬@Afzalraximov
Открыть в TelegramElektron hujjatlarni yuborishda yangi operator Elex.uz imkoniyatlari bilan tanishdik. Elex.uz da hisob faktura va bank aylanmalarini o’zaro solishtirish imkoni ham bor ekan. Yana bir yaxshi tomoni alohida dastur versiyasi ham bor, googlega kirmasdan dasturni o’zidan ham ishlaselar bo’ladi. 💬@Afzalraximov
Открыть в Telegram📌 Barchasi mol-mulk solig’i haqida ▫️ Kim to’laydi ▪️ Mol-mulk solig'i obyekti bor ko’chmas mulkga ega bo'lgan yuridik shaxslar ▫️ Soliq obyekti ▪️ Bino va inshootlar ▪️ Tugallanmagan qurilish obyektlari (smetada belgilangan muddatda bitmagan yoki muddat belgilanmagan bo’lsa, qurilish ruxsatnomasi olingan oydan boshlab 24 oy ichida bitmagan obyektlar) ▪️ Temir yo’l, quvur, aloqa va elektr liniyalari ▪️ Sotish uchun qurilgan, 6 oydan ortiq sotilmagan turar joylar. ▫️ Stavka ▪️ Asosiy: 1,5% ▪️ Muddatida tugallanmagan qurilish: 3% ▪️ Temir yo’l, quvur, elektr liniyalari va konservatsiyadagi obyektlar: 0,7% ▫️ Soliq bazasi ▪️ O’rtacha yillik qoldiq qiymat, lekin 1 kv.m uchun eng kam qiymatdan past emas: ↳ Toshkent: 3 530 000 so’m ↳ Viloyat markazlari: 2 350 000 so’m ↳ Boshqa joylar: 1 390 000 so’m 📊 Misol: Toshkentda 100 kv.m ofis, qoldiq qiymati 200 mln ↳ Eng kam qiymat: 100 × 3 530 000 = 353 mln ↳ Soliq yiliga: 353 mln × 1,5% = 5 295 000 so’m 📅 Muddatlar ▪️ Bo'nak to’lovlar ma’lumotnomasi: o'sha yil 20-yanvargacha ▪️ Yillik hisoboti: keyingi yil 1-martgacha ▪️ To’lov: qqs to'lovchilar har oy 10-sanagacha (aylanma soliq to’lovchilar har chorak, 3-oyning 20-sanasigacha) 📌(Postdan foydalanuvchilar iltimos manbasini keltirgan holda foydalaning) 💬@Afzalraximov
Открыть в Telegram📌Barchasi JSHODS va ijtimoiy soliq haqida. ▫️ JSHODS (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i) ▪️ Kim to’laydi: xodim. Ish beruvchi soliq agenti sifatida oylikdan ushlab qolib to'lab beradi. ▪️ Stavka: 12% ▫️ INPS (shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i) ▪️ Ish haqidan 0,1% ▪️ Alohida ushlanmaydi, JSHODS ning ichidan olinib Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladi ▫️ Ijtimoiy soliq ▪️ Kim to’laydi: ish beruvchi, o’z mablag’i hisobidan (oylikdan ushlanmaydi) ▪️ Stavka: 12% ▪️ Soliq Bazasi: xodimlarga xisoblanadigan mehnatga haq to'lash daromadlari. 📊 Misol: oylik 5 000 000 so’m ▪️ JShDS: 5 000 000 × 12% = 600 000 so’m (oylikdan ushlanadi) ↳ shundan INPS: 5 000 000 × 0,1% = 5 000 so’m ↳ byudjetga: 595 000 so’m ▪️ Xodim qo’liga oladi: 4 400 000 so’m ▪️ Ijtimoiy soliq: 5 000 000 × 12% = 600 000 so’m (ish beruvchi to’laydi) ▪️ Ish beruvchiga jami xarajat: 5 600 000 so’m 📅 Muddatlar ▪️ Hisobot: har oy keyingi oyning 15-sanasigacham. ▪️ To’lov: hisobot muddatidan kechiktirmay (JSHODS oylik berilgan kuni) 📌(Postdan foydalanuvchilar iltimos manbasini keltirgan holda foydalaning) 💬@Afzalraximov
Открыть в Telegram📌 Buxgalterlar uchun kerakli saytlar ▫️ Yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va qayta tashkil etish: new.birdarcha.uz ▫️ Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish: my.gov.uz ▫️ Litsenziya va ruxsatnomalar olish: license.gov.uz ▫️ Soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirish, soliq qarzlarini aniqlash, soliqlarni to’lash: my.soliq.uz | oldmy.soliq.uz ▫️ Ijara shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish: ijara.soliq.uz ▫️ MXIK (IKPU) kodlarini topish: tasnif.soliq.uz ▫️ Elektron hujjatlarni rasmiylashtirish: didox.uz | new.soliqservis.uz ▫️ ERI (elektron raqamli imzo) olish: e-imzo.uz ▫️ Xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish: my.mehnat.uz ▫️ INPS reestrlarini taqdim qilish: nps.xb.uz ▫️ Statistika hisobotlarini topshirish: hisobot.stat.uz ▫️ Korxona haqida umumiy ma’lumotlarni olish: registr.stat.uz | org.info.uz | ihamkor.uz ▫️ Tekshiruvlarni ro’yxatga oluvchi yagona davlat nazorati: govcontrol.uz ▫️ Tashqi savdo kontraktlarini ro’yxatga qo’yish: contract.customs.uz ▫️ Bojxona bilan akt sverka: dep.customs.uz/qarzdor/ ▫️ Markaziy bankning rasmiy valyuta kurslari: cbu.uz ▫️ Davlat xaridlari: xarid.uzex.uz ▫️ Qurilish korxonalari reytingini tekshirish: reyting.mc.uz ▫️ Barcha qonun va kodekslarning rasmiy matni: lex.uz 📌(Postdan foydalanuvchilar iltimos manbasini keltirgan holda yozing) 💬@Afzalraximov
Открыть в Telegram