Tez kunda! | Coming soon! | 即将开班! 👍Andijon davlat çet tillari institutining Xitoy tili markazida tez orada kurslar boşlanadi! Xitoy tili yoki madaniyatiga qiziqsangiz, sizni kurslarimizga taklif qilamiz! Keling, Xitoy tilini birgalikda örganaylik! 安集延国立外国语大学汉语中心即将开班! 欢迎对汉语感兴趣、对中国文化感兴趣的你加入! 让我们一起开启探索汉语之旅吧! The Chinese Language Center at Andijon National University of Foreign Languages is about to start classes! If you’re interested in Chinese or Chinese culture, you’re welcome to join! Let’s start the journey of exploring Chinese together. 📞 Murojaat uçun +998 50 540 79 46 +998 93 098 93 59 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramПосты канала ADÇTI.uz | Rasmiy kanali
TAYANÇ DOKTORANTURAGA KIRIŞ IMTIHONI BÖLIB ÖTDI Bugun, 25-noyabr kuni Andijon davlat çet tillari institutida tayanç doktoranturaga (PhD) kiriş imtihoni ötkazildi. 📝Imtihon davomida talabgorlarning tanlagan mutaxassisligi böyiça nazariy bilimlari, ilmiy masalalarni tahlil qiliş hamda öz fikrlarini asoslab bayon etiş qobiliyatiga e’tibor qaratildi. 🔍 Kiriş imtihoni talabgorlarning mustaqil ilmiy izlaniş olib borişga tayyorgarligini baholaşda muhim bosqiç hisoblanadi. Tayanç doktorantura esa ularga tanlagan ilmiy yönalişi böyiça tadqiqot olib boriş, sohadagi dolzarb muammolarni örganiş va ilmiy asoslangan yeçimlar işlab çiqiş imkonini beradi. #ADCHTI #TayançDoktorantura #KirişImtihoni #PhD #IlmiyTadqiqot 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramПереслано из АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети
«ÇORŞANBA — SPORT KUNI» DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI 👍Andijon davlat çet tillari institutida «Çorşanba — sport kuni» munosabati bilan Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutorlari hamda talabalari örtasida sport musobaqalari ötkazildi. 🤝Musobaqalar davomida iştirokçilar özaro bellaşib, çaqqonlik, jamoaviy hamjihatlik va sport mahoratini namoyon etdilar. Tyutorlar va talabalarning birgalikdagi iştiroki ular örtasidagi özaro muloqot va hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qildi. 💪Tadbir talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, ularning sportga qiziqişini oşiriş hamda boş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida ötkazildi. #ADCHTI #ÇorşanbaSportKuni #SportMusobaqalari #RomanGermanVaSlavyanTillari #SoğlomTurmuşTarzi ☑ Bizning sahifamizni kuzatişni davom eting! 📱Telegram 📱Instagram 📱 Facebook
Открыть в Telegram🏆 «ENG FAOL YIL TALABASI – 2026» RESPUBLIKA TANLOVINING INSTITUT BOSQIÇI BÖLIB ÖTDI 📅 26-noyabr kuni Andijon davlat çet tillari institutida «Eng faol yil talabasi – 2026» respublika tanlovining institut bosqiçi ötkazildi. 🎓 Tanlov iqtidorli va taşabbuskor talabalarni qöllab-quvvatlaş, ularning ta’lim, ilmiy-ijodiy faoliyat hamda jamoat hayotida erişgan yutuqlarini namoyiş etiş maqsadida taşkil etildi. 📚 Bellaşuv davomida iştirokçilar öquv jarayonida erişgan natijalari, ilmiy va ijodiy izlanişlari, jamoat işlaridagi faolligi hamda ilgari surgan taşabbuslari haqida ma’lumot berdilar. ✨ Institut bosqiçi talabalarga öz tajribasi va yutuqlarini taqdim etiş, tengdoshlarining loyihalari va taşabbuslari bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi. 📸 Tanlov jarayonidan fotolavhalar. #ADCHTI #EngFaolYilTalabasi2026 #InstitutBosqiçi #TalabalarHayoti #Fotolavha 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в Telegram🇺🇸🌍 «IKKI TIL + BIR KASB» — TALABALAR AMERIKA LOGISTIKASINI ÖRGANMOQDA! 👍Andijon davlat çet tillari institutida «Ikki til + bir kasb» dasturi doirasida «Amaliy, kompyuter va turizm logistikasi» fanidan navbatdagi intensiv maşğulot bölib ötdi. Maşğulot «Global transport tizimi va konteyner inqilobi» mavzusiga bağişlandi. Maşğulotda Amerika Qöşma Ştatlarining logistika tizimiga asosiy e’tibor qaratildi. Talabalar çet tilini kasb bilan birga örganib, AQŞ yuk taşiş bozorida işlaş uçun zarur bilim va könikmalarni egallamoqda. 🚢✈️🚆🚛 Maşğulotda talabalar quyidagi vazifalarni bajardi • Transport turlarini tezlik, narx va xavf jihatidan soliştirdi. • Yukning Şanxay portidan Los-Anjelesga, u yerdan poyezdda Çikagoga, söng yuk maşinasida manzilga yetkazilişini kuzatdi. • AQŞning yirik yuk markazlari hamda FedEx va UPS kabi kompaniyalarning işlaş tizimi bilan tanişdi. • Konteyner turlari va ölçamlarini örgandi, sohaga oid atamalarni ingliz tilida özlaştirdi. 💡 Amaliy qismda talabalar guruhlarda yuk jönatiş yönalişlarini tahlil qilib, logist mutaxassisi sifatida eng maqbul yölni tanladi. Hayotiy vaziyatlarga asoslangan topşiriqlar va tezkor test orqali bilimlarini mustahkamladi. 📚 Til bilimi va zamonaviy kasb uyğunligi xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş yölidagi muhim qadamdir! #ADCHTI #IkkiTilBirKasb #Logistika #AQSh #IntensivDars #TalabalarHayoti 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Edu.uz
#Dayjest #Prezident_maktubi Yurtimizdagi barça ta’lim muassasalarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubining mazmun-mohiyatini öquvçi va talaba-yoşlarga keng yetkaziş maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etilmoqda. Şuningdek, öquvçilar, talaba-yoşlar hamda öqituvçilar ilgari surilgan fikrlar va hayotiy saboqlar yuzasidan öz munosabatlarini bildirmoqda. ➖ Toşkent şahar “Kelajak” markazi; ➖ Andijon davlat universiteti; ➖ Namangan davlat universiteti; ➖ Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali; ➖ Abdulla Qodiriy Ijod maktabi; ➖ Farğona davlat texnika universiteti; ➖ Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti; ➖ Toşkent davlat transport universiteti; ➖ Termiz davlat universiteti; ➖ Andijon davlat pedagogika instituti; ➖ Özbekiston milliy pedagogika universiteti; ➖ Cyber University; ➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti; ➖ “ToshTech” texnika universiteti; ➖ Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti; ➖ Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti; ➖ Samarqand davlat texnika universiteti; ➖ Kattaqörğon davlat pedagogika instituti; ➖ Farğona davlat universiteti; ➖ Guliston davlat pedagogika instituti; ➖ Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti; ➖ Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi; ➖ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti; ➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti; ➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali; ➖ Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti; ➖ Maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti; ➖ Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali; ➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti; ➖ Geologiya fanlari universiteti; ➖ Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti; ➖ Toşkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; ➖ Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti; ➖ Jizzax politexnika instituti; ➖ Olmaliq davlat texnika instituti; ➖ Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti; ➖ Namangan davlat texnika universiteti; ➖ Samarqand davlat pedagogika instituti; ➖ Özbekiston Milliy universiteti; ➖ Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti; ➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti; ➖ Urganç davlat pedagogika instituti; ➖ Toşkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali; ➖ Nukus davlat pedagogika instituti; ➖ Qoraqalpoq davlat universiteti; ➖ Çirçiq davlat pedagogika universiteti; ➖ Termiz davlat pedagogika instituti; ➖ Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti; ➖ Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali; ➖ Andijon davlat çet tillari instituti; ➖ Guliston davlat universiteti; ➖ Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati instituti; ➖ Buxoro davlat tibbiyot instituti; ➖ Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti; ➖ Buxoro davlat universiteti; ➖ Buxoro davlat texnika universiteti; ➖ Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali; ➖ Şahrisabz davlat pedagogika instituti; ➖ Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti; ➖ Buxoro davlat pedagogika instituti; ➖ Toşkent şahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali; ➖ Urganç davlat universiteti; ➖ Qarşi davlat universiteti; ➖ Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti; ➖ Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti; ➖ Nukus davlat texnika universiteti; ➖ Toşkent farmatsevtika instituti; ➖Samarqand davlat çet tillar instituti. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 339 |
| 2 ч | 770 |
- Через 1 час339
- Всего сейчас770
📣ANDIJON DAVLAT ÇET TILLARI INSTITUTI REKTORINING SAYYOR QABULI Hurmatli professor-öqituvçilar va aziz talabalar! Andijon davlat çet tillari instituti rektori D.A.Rustamov sizlarni sayyor qabulga taklif etadi. Qabul davomida öz murojaatlaringizni rektorga bevosita yetkaziş, sizni qiziqtirgan savollarni beriş hamda institut faoliyati böyiça taklif va taşabbuslaringizni bildiriş imkoniga ega bölasiz. 🗓️ Sana: — 26-noyabr 📍 Manzil: — ma’muriyat binosi, 104-xona 🕙 Boşlaniş vaqti: — soat 10:00 #ADÇTI #SayyorQabul #RektorgaMurojaat 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 587 |
| 5 ч | 1 200 |
| 6 ч | 1 420 |
- Через 1 час587
- Через 6 часов1 420
- Всего сейчас1 420
PREZIDENTNING NABIRASIGA YÖLLAGAN MAKTUBI MAZMUN-MOHIYATIGA BAĞIŞLANGAN DAVRA SUHBATI BÖLIB ÖTDI Bugun, 25-noyabr kuni Andijon davlat çet tillari institutida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan samimiy maktubi mazmun-mohiyatiga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. Uçraşuvda institut rektori Dilşodbek Rustamov talabalar bilan maktubda ifodalangan ezgu ğoyalar, hayotiy saboqlar hamda yoş avlod zimmasidagi mas’uliyat xususida fikr almaşdi. Maktubdagi fikrlar asosida talabalik yillarida vaqtni qadrlash, bilim olişga intiliş va tanlagan kasbini puxta egallaşning ahamiyati muhokama qilindi. Suhbat davomida ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat, ezgulik va mehr-oqibat kabi fazilatlarning inson tarbiyasidagi örniga alohida e’tibor qaratildi. Bu qadriyatlarni kundalik hayotda, xususan, oila a’zolariga e’tibor körsatiş, atrofdagilarga kömaklaşiş va zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajariş orqali namoyon etiş muhimligi ta’kidlandi. Rektor talabalarga institutda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalaniş, nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlaş hamda kasbiy könikmalarni izçil rivojlantiriş yuzasidan tavsiyalar berdi. U yoşlarni öz oldiga aniq maqsad qöyişga, vaqtini mazmunli ötkazişga va tanlagan sohasi böyiça mustaqil izlanishga çorladi. Davra suhbatida egallangan bilim va tajribani jamiyat manfaatlari yölida qöllay bilişning ahamiyati ham qayd etildi. Rektor talabalarni kelajakda öz kasbini puxta egallagan, xalqimiz salomatligi va farovonligi yölida fidokorona xizmat qiladigan yetuk hamda mas’uliyatli mutaxassislar bölib yetişişga undadi. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 654 |
| 3 ч | 1 070 |
| 7 ч | 1 370 |
- Через 1 час654
- Через 6 часов1 370
- Всего сейчас1 370
💥💥💥💥 🎥Ayni damda 👍Andijon davlat çet tillari institutida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan samimiy maktubiga bağişlangan davra suhbati bölib ötmoqda. 👍Institut rektori Dilşodbek Rustamov talabalar bilan maktubdagi ezgu ğoyalar, hayotiy saboqlar va yoş avlod oldidagi muhim vazifalar haqida fikr almaşmoqda. #JonliEfir 🎙️Muxbir: “ADÇTI Media” jamoasi a’zosi — Benazir Ma’rufjonova. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 368 |
| 2 ч | 783 |
| 8 ч | 1 310 |
- Через 1 час368
- Через 6 часов1 310
- Всего сейчас1 310
💥💥💥💥 🎥Ayni damda 👍Andijon davlat çet tillari institutida tayanç doktoranturaga kiriş imtihoni bölib ötmoqda. #JonliEfir 🎙️Muxbir: “ADÇTI Media” jamoasi a’zosi — Mukambar Qöçqoraliyeva. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 427 |
| 2 ч | 795 |
| 8 ч | 1 260 |
- Через 1 час427
- Через 6 часов1 260
- Всего сейчас1 260
💥💥💥💥 🎥Ayni damda 👍Andijon davlat çet tillari institutida “Eng faol yil talabasi – 2026” respublika tanlovining institut bosqiçi bölib ötmoqda. #JonliEfir 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 447 |
| 2 ч | 769 |
| 6 ч | 1 110 |
- Через 1 час447
- Через 6 часов1 110
- Всего сейчас1 110
«ŞUKRONALIK» | PROFESSOR S.SOLIJONOVNING 80 YOŞLIK YUBILEYIGA BAĞIŞLANGAN VIDEOLAVHA Ilmga bağişlangan umr — bilimning qadrini anglatadigan ibrat. 👍Andijon davlat çet tillari instituti professori, umrini ilm-fan va ustozlikka bağişlagan fidoyi ustoz S.Solijonovning 80 yoşlik yubileyi munosabati bilan «Şukronalik» nomli maxsus videolavha suratga olindi. 🎙 Videolavhada ustoz öz hayotiy tajribasiga tayanib, ötmişdagi ta’lim şaroitlari bilan bugungi imkoniyatlarni taqqoslaydi. Davlatimiz tomonidan yoşlarning ta’lim olişi, izlanişi va ilmiy salohiyatini namoyon etişi uçun yaratilayotgan şaroitlar haqida fikr yuritadi. 📚Ustoz suhbat davomida yoşlarni bugungi imkoniyatlarning qadriga yetişiga, ulardan oqilona foydalanib, astoydil bilim olişga çorlaydi. Suhbatning bosh ğoyasi — şukronalikni ilmga intiliş va mas’uliyatli mehnat bilan namoyon etiş. 💐 Hurmatli ustoz, 80 yoşlik yubileyingiz muborak bölsin! Sizga mustahkam sağlik, oilaviy xotirjamlik va şogirdlaringiz kamolini körib yuriş baxtini tilaymiz. 🎬«Şukronalik» videolavhasini tomoşa qilişga taklif etamiz. #Şukronalik #UstozgaEhtirom #80YoşlikYubiley #IlmgaBağişlanganUmr #ADÇTI 🎥Video muallifi: https://t.me/Vodiy1uzofficial 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 617 |
| 3 ч | 927 |
- Через 1 час617
- Всего сейчас927
✍️✍️✍️✍️✍️ 🎙️ANDIJON DAVLAT ÇET TILLARI INSTITUTIDA ÇORŞANBA — SPORT KUNI🇺🇿 📻 Bugun, 25-noyabr, haftaning çorşanba kuni “ADÇTI FM” radiosining ertalabki efiri sportni tarğib qilişga bağishlandi. 🏃♂️➡️Har bir faol qadam — salomatlik va ğayrat sari intiliş! #radio #sport #bayroq 🎙️ADÇTI FM boşlovçisi: “ADÇTI Media” jamoasi a’zosi — Madina Abdunazarova. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 536 |
| 3 ч | 785 |
- Через 1 час536
- Всего сейчас785
Переслано из Raqobat qo‘mitasi | Competition Committee
👍👍👍👍👍👍 | #Рақобат_билимдони #Raqobat_bilimdoni “Рақобат билимдони” онлайн викторинаси эълон қилинди 🇺🇿 Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси ташкил этилганининг 30 йиллиги ҳамда 5 декабрь — Бутунжаҳон рақобат куни муносабати билан “Рақобат билимдони” онлайн викторинасини ўтказилади. 📌 Иштирок этиш шартлари: 🟢жорий йилнинг 23 ноябридан @raqobat_tanlovbot орқали рўйхатдан ўтиш; 🟢Қўмитанинг Телеграм ва Инстаграм саҳифаларига обуна бўлиш; 🟢3 нафар дўстни таклиф қилиш. ⏰ Викторина 27 ноябрь куни соат 09:00 дан 23:59 га қадар бўлиб ўтади. 🎉 Ғолиблар эгаллаган ўринларига кўра қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади: 🥇 1-ўрин — планшет; 🥈 2-ўрин — смартфон; 🥉 3-ўрин — телевизор. 🏆 Ғолиблар 5 декабрь — Бутунжаҳон рақобат куни муносабати билан ўтказиладиган тантанали маросимда тақдирланади. Батафсил маълумотни Қўмитанинг www.raqobat.gov.uz веб-сайти ва ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифаларидан ҳамда 71 207 47 00 телефон рақами орқали олиш мумкин. _____ “Raqobat bilimdoni” onlayn viktorinasi e’lon qilindi 🇺🇿 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilganining 30 yilligi hamda 5-dekabr — Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan “Raqobat bilimdoni” onlayn viktorinasini o‘tkaziladi. 📌 Ishtirok etish shartlari: 🟢joriy yilning 23-noyabridan @raqobat_tanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tish; 🟢Qo‘mitaning Telegram va Instagram sahifalariga obuna bo‘lish; 🟢3 nafar do‘stni taklif qilish. ⏰ Viktorina 27-noyabr kuni soat 09:00 dan 23:59 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 🎉 G‘oliblar egallagan o‘rinlariga ko‘ra qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin — planshet; 🥈 2-o‘rin — smartfon; 🥉 3-o‘rin — televizor. 🏆 G‘oliblar 5-dekabr — Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda taqdirlanadi. Batafsil ma’lumotni Qo‘mitaning www.raqobat.gov.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan hamda 71 207 47 00 telefon raqami orqali olish mumkin. Telegram | Press_service | Facebook | Instagram | Youtube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 31 |
| 2 ч | 494 |
| 3 ч | 688 |
- Через 1 час494
- Всего сейчас688
👍👍👍👍👍 🎊Bugun, 2026-yil 25-noyabr kuni 👍Andijon davlat chet tillari instituti Magistratura bölimi boşliği Solijonov Sobirjon Otaxonovich tavallud ayyomini nishonlamoqda. 🎉Ushbu quvonchli kun munosabati bilan Sobirjon Otaxonovichni samimiy muborakbod etamiz. Kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va ezgu marralarni zabt etishlarini tilaymiz. 🎁Doimo mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka, qalbingizga xotirjamlik hamda mas’uliyatli mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar hamroh bo‘lishini tilab qolamiz. #tavallud_kun 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 501 |
| 2 ч | 764 |
| 4 ч | 916 |
- Через 1 час501
- Через 6 часов916
- Всего сейчас916
👍👍👍👍👍👍👍 Moddiy boylik ötkinçi, ma’naviy boylik esa boqiydir. Insonni hayvondan ajratib turuvçi asosiy narsa — bu uning ma’naviyati va tafakkuridir. ✍️Alişer Navoiy 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 108 |
| 2 ч | 639 |
| 4 ч | 825 |
| 7 ч | 1 000 |
- Через 1 час108
- Через 6 часов1 000
- Всего сейчас1 000
👍👍👍👍👍👍👍 Bugun 25-noyabr, haftaning çorşanba kuni. Uşbu kunda röy bergan muhim voqealar bilan tanişing. #bayramlar 🇺🇳 BMT — Ayollarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kuni. 🌏 Xalqaro xaridlardan voz keçiş kuni. 🇮🇩 Indoneziya — Öqituvçilar kuni. 🇹🇲 Turkmaniston — Hosil bayrami. #muhim_voqealar 🔹 1867 — Alfred Nobel dinamitni patentladi. 🔹 1892 — Per de Kuberten Olimpiya öyinlarini tiklaşni taklif qildi. 🔹 1915 — Albert Eynşteyn nisbiylik nazariyasini namoyiş qildi. 🔹 1994 — Toşkentda Misr ta’lim va fan markazi oçildi. #tavalludlar 🔹 1562 — Lope de Vega, ispan yozuvçisi. 🔹 1814 — Taras Şevçenko, ukrain şoiri va rassomi. 🔹 1844 — Karl Bens, Mercedes-Benz asosçilaridan biri. 🔹 1889 — Raşod Nuri Güntekin, turk yozuvçisi. 🔹 1949 — Teşa Möminov, Özbekiston xalq artisti. 🔹 1987 — Odil Ahmedov, Özbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolçisi. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 10 |
| 2 ч | 238 |
| 4 ч | 705 |
| 8 ч | 1 030 |
- Через 6 часов1 030
- Всего сейчас1 030
Переслано из Dilşodbek Rustamov | Rasmiy sahifa
Bugun “Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 24-noyabrdagi 247-sonida “Yaqin Sharqdagi ishonchli sherik” nomli maqolam chop etildi. Maqolada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi, uning ahamiyati hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanish istiqbollari haqida o‘z fikr-mulohazalarimni bayon etdim. Maqolani e’tiboringizga havola etaman. ✅ @d_roostamov
Открыть в TelegramПереслано из Dilşodbek Rustamov | Rasmiy sahifa
FARZANDLAR KAMOLI – MILLAT KELAJAGI Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub”ini çuqur taassurot bilan öqidim. Uşbu maktubda nafaqat mehribon boboning öz nabirasiga bölgan muhabbati, balki davlat rahbarining millionlab Özbekiston farzandlari taqdiri va kelajagi uçun mas’uliyati namoyon bölgan. Prezidentimizning yurtimizdagi har bir bolani öz farzandidek körişi, ularning ta’lim-tarbiyasi, orzu-intilişlari va kelajagiga befarq emasligi maktubning har bir satrida sezilib turibdi. Ta’lim sohasi vakili sifatida yoşlarni ilm-ma’rifatga, kitob mutolaasiga, xorijiy tillarni örganişga, zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanişga undovçi fikrlar menda alohida taassurot qoldirdi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining “Til bilgan – el biladi, xorijiy tillarni özlaştirişga rağbatingni aslo susaytirma!” degan sözlari biz uçun alohida ahamiyatga ega. Mazkur maktub biz, ustoz va murabbiylarni ham öz mas’uliyatimiz haqida çuqurroq öylaşga undaydi. Har bir talabani öz farzandimizdek köriş, uning iqtidorini yuzaga çiqariş, orzu-intilişlarini qöllab-quvvatlaş va kelajagiga befarq bölmaslik nafaqat kasbiy burçimiz, balki insoniy vazifamizdir. Uşbu maktubni barça ota-onalar va ustozlar uçun ibrat maktabi, yoşlarimiz uçun esa ilm-ma’rifat, vatanparvarlik va yuksak insoniy fazilatlar sari samimiy da’vat deb bilaman. Zero, farzandlarimizning kelajagiga ğamxörlik qiliş – Vatanimiz kelajagiga ğamxörlik qiliş demakdir. Dilşodbek Rustamov, Andijon davlat çet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov
Открыть в Telegram📝📝📝📝📝📝📝 XALQARO ANJUMAN IŞTIROKÇILARI ANDIJONDA DUAL TA’LIM TAJRIBASI BILAN TANIŞDILAR 🇺🇿🇩🇪“Dual ta’lim tizimi: Özbekiston va Germaniya köprigi. Dual ta’limni taşkil etişning Andijon tajribasi” mavzusidagi xalqaro anjuman doirasida xorijiy va mahalliy delegatsiya vakillari quyidagi ta’lim muassasalariga taşrif buyurdilar: 📍 “Muslima Bolajon” nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti 📍 Andijon şahridagi 31-umumta’lim maktabi 📍 39-son davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti 📍 Yangi Andijondagi 1-umumta’lim maktabi 🎓Mazkur muassasalarda Andijon davlat çet tillari instituti talabalari dual ta’lim doirasida amaliyot ötaş bilan birga mehnat faoliyatini ham olib bormoqdalar. Ular institutda olgan nazariy bilimlarini bevosita ta’lim-tarbiya jarayonida qöllab, kasbiy tajriba orttirmoqdalar. 🤝Taşriflar davomida mehmonlar muassasalardagi öquv-tarbiya jarayoni va zamonaviy pedagogik yondaşuvlar bilan tanişdilar. Muloqotlarda dual ta’limni rivojlantiriş hamda ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. #XalqaroAnjuman #DualTalim #AndijonTajribasi #PedagogikAmaliyot #ADÇTI 🎥Video muallifi: “ADÇTI Media” jamoasi a’zosi — Begoyim Nömonova. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramILM SARI ILK QADAM — TALABALAR UÇUN ILMIY-INNOVATSION UÇRAŞUV 👍Andijon davlat çet tillari institutida birinçi bosqiç talabalarini ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga jalb etiş, ularning ilmiy salohiyatini yuzaga çiqariş hamda iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida tarğibot uçraşuvi taşkil etildi. Uçraşuv Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş bölimi, Roman-german va slavyan tillari fakultetining ilmiy işlar böyiça dekan örinbosari A.A.Normatov hamda fakultet tyutorlari iştirokida ötkazildi. 📚 Suhbat davomida talabalarga quyidagi yönalişlar böyiça batafsil ma’lumot berildi. 🔹 Ilmiy-tadqiqot faoliyati — ilmiy maqola va tezislar tayyorlaş, konferensiya hamda tanlovlarda iştirok etiş, ilmiy izlanişlarni tizimli yölga qöyiş. 🔹 Davlat stipendiyalari — Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uçun belgilangan talablar, ularga tayyorgarlik köriş va erişiş lozim bölgan natijalar. 🔹 Startap va innovatsion loyihalar — yangi ğoyalarni şakllantiriş, ularni amaliy loyihalarga aylantiriş, startap taşabbuslarini rivojlantiriş va amalga oşiriş bosqiçlari. 💡 Şuningdek, talabalarga oliy ta’limning ilk bosqiçidanoq öz ustida muntazam işlaş, ilmiy izlanişlarni boşlaş, yangi ğoyalarni rivojlantiriş hamda institutda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş böyiça tavsiyalar berildi. 🔬Mazkur uçraşuv birinçi bosqiç talabalariga ilmiy faoliyatni nimadan boşlaş va öz ğoyalarini qanday rivojlantiriş mumkinligini anglaşda yordam berdi. #IlmSariIlkQadam #IlmiyTadqiqot #Innovatsiya #Startap #ADÇTI 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в Telegram🚀 INNOVATSION ĞOYALAR XALQARO MAYDONDA! 📍 24-noyabr kuni Toşkent şahridagi “Humo Arena” majmuasida “Techstars Startup Week Tashkent” xalqaro festivali öz işini boşladi. Festival 26-noyabrga qadar davom etadi. 💡Mazkur festivalda Andijon davlat çet tillari institutining innovator talabalari ilmiy rahbarlari hamrohligida özlari işlab çiqqan startap loyihalari va innovatsion ğoyalari bilan iştirok etmoqda. 🤝Festival yoşlarga öz loyihalarini xalqaro maydonda taqdim etiş, xorijiy iştirokçilar bilan tajriba almaşiş, investorlar hamda soha mutaxassislari bilan muloqot örnatiş imkonini bermoqda. 🌐Bunday tadbirlardagi iştirok talabalarning tadbirkorlik könikmalarini rivojlantiriş, istiqbolli ğoyalarni amaliy loyihalarga aylantiriş hamda ularni tijoratlaştiriş yöllarini örganişga xizmat qiladi. #ADÇTI #TechstarsStartupWeek #Startap #InnovatsionĞoyalar #YoşlarTaşabbusi #XalqaroFestival 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в Telegram🏗️ ANDIJONLIK QURUVÇILAR, BU SEMINAR AYNAN SIZ UÇUN! 📢 Construction Business CLUB jamoasi sizlarni 26-noyabr kuni Andijon şahrida bölib ötadigan navbatdagi «QURILIŞ ILMLARI» seminariga taklif qiladi! Agar siz quriliş sohasida öz biznesingizga ega bölsangiz, quruvçi, prorab yoki master bölib faoliyat yuritsangiz, uşbu seminar siz uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi! 📚 SEMINARDA SIZNI NIMALAR KUTMOQDA? 🔹 Quriliş sohasining muhim bilim va sirlarini örganasiz. 🔹 Sotuvni oşiriş va tahlil qiliş böyiça bilimlarga ega bölasiz. 🔹 Biznesni tizimlaştiriş va kengaytiriş usullarini özlaştirasiz. ☑ Yangi hamkorlar va hamfikrlar bilan tanişasiz. ☑ Yangi şartnomalar tuziş va biznes aloqalarini yölga qöyiş imkoniyatiga ega bölasiz. 🎁 Qimmatbaho sovğalar va unutilmas taassurotlarga ega bölasiz. 📈 Eng muhimi, bir kuningizni öz rivojingiz, bilimingiz va biznesingiz kelajagiga bağişlaysiz! 📅 Sana: 26-noyabr ⏰ Boşlaniş vaqti: 09:30 📍 Manzil: Andijon davlat çet tillari instituti, Boburşoh köçasi, 5-uy 📞 +998 50 707 66 66 @Manager_CBC 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в TelegramKONSTITUTSIYA — ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI! 👍Andijon davlat çet tillari institutida talabalarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaş va konstitutsiyaviy savodxonligini oşiriş maqsadida Konstitutsiyaga bağişlangan olimpiada ötkazildi. 📜Olimpiada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-noyabrdagi «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi F-63-son farmoyişi ijrosi doirasida taşkil etildi. Tadbir Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini taşkil etiş bölimi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-öqituvçilari hamkorligida ötkazildi. 📝Olimpiada davomida iştirokçilar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va asosiy tamoyillari, inson huquq va erkinliklari hamda fuqarolarning burçlariga oid oçiq va yopiq shakldagi test savollariga javob berdilar. Sinov talabalarga konstitutsiyaviy bilimlarini namoyon etiş imkonini berdi. 🤝Mazkur olimpiada yoşlarda Konstitutsiyaga hurmat va qonunlarga rioya etiş mas’uliyatini mustahkamlaş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmunini çuqurroq anglaş hamda faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişga xizmat qiladi. #KonstitutsiyaKuni #HuquqiySavodxonlik #Olimpiada #ADÇTI 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в Telegram🎓 ANDIJON DAVLAT ÇET TILLARI INSTITUTIDA DOKTORANTURAGA (DSc) KIRIŞ IMTIHONI ÖTKAZILDI 📅 Bugun, 24-noyabr kuni Andijon davlat çet tillari institutida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun doktoranturaga hujjat topshirgan talabgorlar iştirokida kiriş imtihoni bölib ötdi. 📚Imtihon talabgorlarning tanlagan ixtisosligi böyiça ilmiy tayyorgarligi, tadqiqot muammosiga yondaşuvi hamda mustaqil ilmiy izlanış olib boriş salohiyatini baholaşga qaratildi. Bunda tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ilmiy maqsad va vazifalarning aniqligi hamda tanlangan tadqiqot usullarining mavzuga muvofiqligi muhim ahamiyat kasb etadi. 🔬Doktoranturaga qabul jarayoni yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaşning muhim bosqiçlaridan biridir. Mazkur jarayon mustaqil tadqiqot olib borişga tayyor mutaxassislarni saralaş hamda institutda ilmiy izlanışlarni rivojlantirişga xizmat qiladi. #ADCHTI #Doktorantura #DSc #Kiriş_imtihoni #Ilmiy_tadqiqot 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Открыть в Telegram