✔️ Qiyinçilik odamni Allohga yaqinlashtiradi 2019-yil birinçi marta, $5000 qarz olib Xitoyga çiqqanman va hamma pulimni yöqotib qöyganman… davomi 👇 https://www.instagram.com/reel/DgFYO7KOtZL/?evlk=MTRhdTI4bWpzYWNrdg==
Открыть в TelegramПосты канала AbuSolih Fox | Shaxsiy Rivojlanish
Bu suhbatni albatta köring 👇 Jahongir Pölatov — Cambridge öquv markazlari va Jahon School asosçisi. 9 yoşida bozorda işlagan, ofitsiant bölgan, Westminster kontraktini özi tölagan. Karantinda esa 500 000$ qarz bilan qolgan, lekin biznesni yopmagan. Bu podkast kimlar uçun: • Öquv markaz oçmoqçi bölganlar • Kiçik biznesini kattalaştirmoqçi bölganlar • Xodim yollaşda xato qilib, pul yöqotganlar • “Qaçon tizim işlaydi?" deb çarçaganlar • Noldan boşlayotgan yoşlar Nima olasiz: • Inqiroz paytida biznesni saqlab qoliş tajribasi • Öquv markaz bozorida hali ham pul bormi — aniq javob • Bitta notöğri xodim qanday qilib 50 000$ ga tuşadi • Nega biznes tizimlaşişiga kamida 5 yil kerak 2,5 soat — kitob emas, real tajriba. Saqlab qöying, yölma-yöl eşiting! 👉 https://youtu.be/iegG9HTTZSg
Открыть в TelegramQatar bozori sari: elchixonada qabul Kompaniyamiz Qatar bozoriga chiqish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadamni qoʻydi. Oʻzbekiston Respublikasining Qatardagi Elchixonasi jamoamizni qabul qildi va bozorga kirish jarayonida har tomonlama yordam koʻrsatishni boshladi. Uchrashuvda elchi janob Ashraf Khojaev va maslahatchi janob Fuad Baxtiyorov ishtirok etdi. Ularning eʼtibori va qoʻllab-quvvatlashi uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Bunday koʻmak yangi bozorga ishonch bilan kirishda bizga katta kuch beradi. Alohida minnatdorchilikni Qatar bozorida tajribali ish odami janob Habibulloh Ibragimovga bildiramiz. Uning tashabbusi va tashkilotchiligi tufayli ushbu uchrashuv boʻlib oʻtdi. Qatar bozoridagi ishimiz endi boshlandi. Jarayondagi yangiliklarni siz bilan ulashib boramiz.
Открыть в Telegram✔️ Uç yil içida şogirddan biznes şerikgaça Ismoil Qöqondan Toşkentga öqişga kelgan. Talabalik vaqtida NOOR Marketing agentligimga bitta maqsad bilan kirgan: bepul işlab, iş örganiş va amaliyot. Pul söramadi. Şart qöymadi. Şunçaki “örgataman desangiz, işlayman” dedi. Avval amaliyotçi şogird böldi, keyin loyiha menejeri bölib işga kirdi, keyin top menejerga aylandi. Keyin menga yordamçi böldi — köpçilik hal qila olmaydigan işlarni öz zimmasiga oldi. Va bugun u men bilan biznesda teng şerik. Unda na kuçli aloqa, na tayyor imkoniyat bor edi. U faqat ikkita narsa bilan keldi: mehnat va sodiqlik. Men bu yölni yaqindan kördim, şuning uçun aniq aytaman: bunday ösiş tasodif emas. Odam birinçi kundan “menga nima beriladi” deb emas, “men nima bera olaman” deb kirsa, vaqt özi uni kerakli joyga olib boradi. Endi Ismoil yangi yölga çiqdi: tajribalarini bölişiş uçun özining Telegram blogini oçdi. Agar siz ham noldan boşlayotgan bölsangiz yoki jamoangizda şunday yigit bor bölsa — uning blogini kuzatib boring: ❤kanal havolasi
Открыть в Telegram✔️ U boshqa yo’ldan ketdi… Deyarli barcha podkastlar mashhur insonning shaxsiy brendi ustiga quriladi. Ravshan aka boshqa yo’ldan ketti. Hech qanday auditoriyasiz “Asoschilar” podkastni O’zbekistondagi tadbirkorlar uchun Top bir podkast darajasiga olib chiqdi. Shubhasiz o’z ishining ustasi. Podkastdan qancha pul ishlash mumkin? Bu bizbes modelmi yoki hobbi? Podkast kimlar uchun kerak? Juda ko’p savollarga javob berildi. 📱🗣YouTube da to’liq ko’rish
Открыть в Telegram✔️ Katta jamoalarda, trening va darslarda ko’p qatnashaman. Tadbirkorlar va tadbirkor bo’lmaganlar (rahbarlar, xodimlar) o’rtasidagi farq darrov seziladi. Men hamma tadbirkorlik qilishi kerak degan fikrdan yiroqman va tadbirkor bo’lmaganlarni tanqid qilmoqchi emasman. Bu — farqlar haqidagi kuzatuv. Tadbirkorlar testda xato qilishdan qo’rqishmaydi. Berilgan savollarga javob berishda to’g’ri javobni topishga emas, o’z fikrlarini aytishga harakat qilishadi. Xato gapirishdan qo’rqishmaydi. Shunaqa odamlar tadbirkor bo’ladimi yoki tadbirkorlar shunaqa bo’lib qoladimi?
Открыть в Telegram✔️ Dangasalik nima? Albatta, kuchli charchash, vitamin yetishmasligi kabi jismoniy sabablar ham bor. Lekin, ularni sizga aytsam yoki dam olishga yotib olasiz, yoki dorixonaga dori sotib olishga yugurasiz, yoki dori ichib keyin yotasiz :) Keling muammoni o’zimizdan qidirb ko’ramiz. Vashington Universiteti 2002-yil tadqiqot o'tkazgan. Miya tana vaznining taxminan 2 foizini tashkil qiladi, lekin tana energiyasining taxminan 20 foizini sarflaydi. Miya foydasi aniq bo'lmagan harakatga kuch sarflamaslikka moslashgan. Ong ostimiz ko'pincha ongimizdan oldin "bu ish natija bermaydi", "bu aslida mening maqsadim emas" degan xulosaga keladi. Neyrobiologiyada miya har bir harakat oldidan ikki narsani solishtiradi: • Kutilayotgan mukofot, bunda dofamin tizimi ishlaydi • Talab qilinadigan kuch Agar mukofot noaniq, uzoq yoki ma'nosiz tuyulsa, motivatsiya pasayadi. Buni biz "dangasalik" deb his qilamiz. Maqsadingiz nima va unga erishsangiz hayotingizda nima o’zgaradi — buni aniq bilsangiz dangasalik o’z-o’zidan g’oyib bo’ladi.
Открыть в Telegram✔️ Muhammadjon akani, ko’pincha quvnoq holatda, kiyim reklamasidagi qiziqarli reelslarda ko’ramiz. Bu podkastda esa, katta va tarmoqli biznesning asoschisi sifatida hamda uzoq yillik tajribali tadbirkor sifatida ochib berishga haralat qildik. Yangi boshlagan tadbirkorlar va kattalashishni xohlagan uzoq yillik kiyim bizneslari uchun juda foydali podkast bo’ldi. 📱 🗄 YouTube da ko’rish
Открыть в Telegram✔️ Bugun Allohning fazli bilan hayotimdagi yuzinchi kitobni o'qib tugatdim Ayni paytdagi fikrlarim: • Kitoblardagi iqtiboslarni yodlashga emas, fikrlash tarzimni yaxshi tomonga o'zgartirishga harakat qildim. • Ba'zi kitoblardan o'nlab foydali bilimlarni o'rgangan bo'lsam, ayrim butun boshli kitoblar bitta g'oyani yetkazish uchun yozilganini ko'rdim. • Har bir kitobni tugatganimda — endi avvalgi odam emas, boshqa, yangi odamligimni sezdim. Men juda kam va sekin o'qiyman. Siz-chi?
Открыть в Telegram✔️ Erkaklik — nasl bilan berilgan emas Erkaklik — doimiy isbotga muhtoj! Amerikalik sotsiolog Maykl Kimmel o'z umrini bitta savolga bag'ishladi: erkaklik degani nima, va bu tushuncha vaqt o'tishi bilan qanday o'zgardi? U "Amerikada Erkaklik" kitobida shunday deydi: Erkaklik hech qachon o'zgarmas, tabiiy berilgan holat bo'lmagan. Bu tarix davomida doim o'zgarib kelayotgan, yozilmagan qonun. Oddiy qilib aytganda, tarixdan hozirgi kungacha erkak o'zini isbotlashi uchun undan har xil narsa talab qilingan. 19-asr o'rtalarida, qishloq xo'jaligidan sanoat jamiyatiga o'tilganda, erkakning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o'rni endi mustahkam emas edi. Uning o'zini erkak sifatida his qilishi yana qayta isbotlashga, yangicha isbotlashga muhtoj holatga aylandi. Aynan shu davrda "O'zi-o'zini qurgan odam" — boylik va status orqali o'lchanadigan erkaklik andozasi paydo bo'ldi. Biz hozir dengizlarni egallamaymiz, yangi yerlarni zabt etmaymiz, qal'alar qurmaymiz, qaroqchilar bilan to'qnashmaymiz, yirtqich hayvonlar bilan urushmaymiz. Yaxshimi yoki yomon, to'g'rimi yoki noto'g'ri, haqiqat shu — hozir erkakdan o'zini isbotlashi uchun talab qilinadigan resurs, bu pul. Albatta biz musulmon sifatida taqvo, adolat, so'z va jasurlikni birinchi o'ringa qo'yamiz. Ammo, bu axloqimizga, ichki dunyomizga aloqador narsalar. Tashqi dunyo esa, bizdan yana isbotlashimizni talab qiladi. Jarayon allaqachon boshlangan.
Открыть в Telegram✔️ Har bir tadbirkor "kattalashish"ni xohlaydi Ko'proq daromad, kattaroq jamoa, ko'proq foyda. Lekin buning uchun kerak bo'lgan narsani — ishlab turgan jarayonlarni o'zgartirishni xohlamaydi. Sababi oddiy: bu jarayonlar uning o'z qo'li bilan, o'z tushunchasi bilan qurilgan. Yillar davomida "shunday to'g'ri" deb ishonib kelgan narsani "unday emas ekan" deb tan olish — ichki dunyo uchun juda og'ir sinov. Shuning uchun tadbirkor tabiiy ravishda qulayroq yo'lni tanlaydi: kimnidir ishdan bo'shatadi, bozorni ayblaydi, "mijozlar tushunmayapti" deydi. Bularning barchasi — haqiqiy sababdan qochishning bahonasi, xolos. Psixologiyada bunga nom bor kognitiv dissonans. Odam o'z e'tiqodi bilan haqiqat o'rtasida ziddiyatni sezganda, miya "men noto'g'ri qurdim" demay, "bozor yomon", "xodim zaif" deydi. Bu ancha kam og'riqli. Tushunib oling: siz A nuqtadasiz, B nuqtaga bormoqchisiz. A nuqtada sizni ushlab turgan omillar bor — bu omillar aynan siz "to'g'ri" deb qurgan jarayonlar. Shu omillar o'zgarmaguncha, B nuqtaga o'ta olmaysiz. Demak, kattalashish yangi xodim yollashdan yoki yangi reklamadan boshlanmaydi. U bitta savoldan boshlanadi: "Men qurgan jarayon — hozir meni oldinga olib boryaptimi, yoki meni shu yerda ushlab turibdimi?" Men tadbirkorning o'z ichidagi to'siqlari haqida yozib boraman. A nuqtadan B nuqtaga o'tishni xohlagan tadbirkor do'stingizga yuboring.
Открыть в Telegram✔️ Bozor yomon, raqobatchi kuchli, xodimlar yarmas... Siz-chi? Yillar davomida tinmay ishlaysiz. Ertalab erta turib, kechqurun kech yotasiz. Lekin biznes bir xil darajada — na o'sadi, na yiqiladi. Siz charchagansiz, lekin natija yo'q. Amerikalik psixolog Maksvell Maltz o'zining "Psycho-Cybernetics" kitobida shu haqda yozadi: har bir inson ichida o'zi haqida chizgan bir "rasm" bor. Inson ongsiz ravishda o'z natijalarini shu ichki rasmga moslab boradi. Agar siz o'zingizni ichingizda "shu darajadagi odam"man deb bilsangiz — tashqi harakatlaringiz qanchalik ko'p bo'lmasin, natija shu chegaradan oshmaydi. Ya'ni: biznesingiz sizning tashqi harakatingiz darajasida emas, ichingizdagi o'z-o'zingiz haqidagi tasavvuringiz darajasida o'sadi. Ko'proq ishlash yechim emas — chunki muammo mehnatda emas, chegarada. Shu sababli men doim aytaman: biznes faqat egasi o'sgancha o'sadi. Va bu o'sish uch yo'nalishda bo'ladi — aqliy, jismoniy, ruhiy. Agar bu uchalasida ham to'xtab qolsangiz, biznesingiz ham to'xtaydi — qanchalik ko'p ishlamang. Demak, keyingi safar "nega o'smayapman" desangiz — birinchi savol shu bo'lsin: men ichimda o'zimni qaysi darajada ko'ryapman? Agar shu holat sizga tanish bo'lsa — demak vaqt keldi. O'zingizni yangi darajada tasavvur qilishni, va shunga mos yashashni o'rganish payti keldi. Bunday mavzularni kanalimda muntazam ochib beraman, sizni kutib qolaman.
Открыть в Telegram