Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi. Yangi oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda xalqaro tajribaga murojaat qilindi. Boshlangʻich sinf darsliklari Finlyandiya taʼlim alyansi sertifikatsiyasidan oʻtgan, 5-7-sinflarning matematika, fizika, kimyo va biologiya darsliklari Singapur darsliklari asosida ishlab chiqildi. Yangi yondashuvda oʻquvchining har bir sinf yakunida nimani bilishi va bajara olishi aniq belgilanadi. 2027-yilga qadar jami 1 ming 342 nomdagi darslik va oʻquv-metodik materialni tayyorlash rejalashtirilgan. Darsliklarda tanqidiy fikrlash, muloqot, hamkorlik va ijodkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar oʻrin olmoqda. Bola tayyor javobni eslab qolish bilan cheklanmay, savol berishi, maʼlumotni tahlil qilishi, oʻz fikrini asoslashi va birgalikda yechim topishi koʻzda tutilgan. Ekologik savodxonlikka oid 300 dan ortiq mavzu suvni tejash, tabiatni asrash va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Moliyaviy savodxonlik boʻyicha pulni hisoblash, tejash, jamgʻarish hamda xaridni rejalashtirish, raqamli savodxonlik boʻyicha esa internetdan foydali va xavfsiz foydalanish masalalari qamrab olingan. Shuningdek, yangi taʼlim mazmuniga mos, aniq mezonlarga asoslangan baholash tizimi 5 mingta maktabda joriy etildi. Bu oʻquvchining faqat maʼlumotni yodlaganini emas, balki uni tushunishi va qoʻllay olishini ham baholashga qaratilgan. 👉 @xushnudbek 👈
Open in Telegram
Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va…
Views55,741−55%vs avg
Forwards137
Reactions—
Comments—
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 20,562 |
| 1 h | 55,741 |
- After 1 hour55,741
- Total to date55,741
Links and mentions
More from Xushnudbek.uz
- 01Views222KForwards926Reactions108Comments—
- 02Views204KForwards645Reactions26Comments—
- 03Views185KForwards721Reactions20Comments—
- 04Views164KForwards413Reactions9Comments—
- 05Views157KForwards47Reactions—Comments—