Uzum Avto yuklab olishlar soni bo‘yicha O‘zbekistonning top-10 ilovasi qatoriga kirdi Milliy ekotizim ilovasi avtomobil oldi-sotdisi kategoriyasida yetakchiga aylandi va eng ko‘p yuklab olinayotgan O‘zbekiston ilovalari qatoridan joy oldi. Sensor Tower tahliliy xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida Uzum Avto mamlakatdagi avtomobil oldi-sotdisiga mo‘ljallangan ilovalar orasida yuklab olishlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi va sentabr oyining dastlabki haftalarida ham o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Umuman olganda, ilova 600 000 martadan ortiq yuklab olingan, foydalanuvchilar esa 60 000 dan ziyod e’lon joylashtirgan. — Foydalanuvchilar Uzum Avtoni qulayligi va ishonchliligi uchun tanlamoqda. Buni ilovaning yuklab olishlar soni hamda ilovalar do‘konlaridagi baholari ham tasdiqlaydi: Google Play’da — 4,8, App Store’da esa — 4,9. Biz uchun yuklab olishlar soni bo‘yicha yetakchilar qatorida bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Bu ishonchni mustahkamlash, avtomobil oldi-sotdisini haqiqatan ham osonlashtiradigan va odamlarning odatlarini o‘zgartiradigan servis yaratish biz uchun muhim, — deydi Uzum Avto CEO’si Egor Abramets. Uzum Avto — Uzum ekotizimining avtomobil oldi-sotdisiga mo‘ljallangan servisi. 2026-yil iyun oyi oxirida ilova butun O‘zbekiston bo‘ylab foydalanish uchun ochildi. Hozirda platformada 50 dan ortiq brend avtomobillari taqdim etilgan. Servisning muhim afzalliklaridan biri — haqiqiy va tekshirilgan e’lonlar. Ular e’lon qilinishidan oldin sun’iy intellekt yordamida avtomatik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Open in Telegram
Uzum Avto yuklab olishlar soni bo‘yicha O‘zbekistonning top-10 ilovasi qatoriga kirdi
Views1−100%vs avg
Forwards0
Reactions—
Comments—
More from Sara Xabarlar - Tezkor Yangiliklar
- 01Views239KForwards6.62KReactions5Comments—
- 02Views208KForwards3.81KReactions83Comments—
- 03Views195KForwards3.83KReactions11Comments—
- 04Views190KForwards3.04KReactions5Comments—
- 05Views190KForwards3.73KReactions11Comments—